Mavzu: Suv tejovchi texnalogiyalar (tomchilatib sugʻorish) Reja: Kirish


Tomchilatib sug‘orish texnologiyasidan foydalangan holda tarvuz ekinini sug‘orishning maqbul rejimlarini о‘rganish



Yüklə 251,8 Kb.
səhifə4/7
tarix24.10.2023
ölçüsü251,8 Kb.
#160759
1   2   3   4   5   6   7
307 guruh Umarov Javohirbekni Ishlab chiqarish amalyoti buyich

2. Tomchilatib sug‘orish texnologiyasidan foydalangan holda tarvuz ekinini sug‘orishning maqbul rejimlarini о‘rganish
Kо‘pgina olimlar sug‘orish poliz ekinlarining normal о‘sishini ta’minlashini va eng yaxshi biokimyoviy kо‘rsatkichlarga ega bо‘lgan yuqori, tо‘liq hosildorlikni shakllantirishga yordam berishini isbotladilar. Bugungi kunda iqlimning qurg‘oqchilikka qarab о‘zgarishi sharoitida suv resurslarining cheklanganligi, sug‘oriladigan yerlarning irrigatsiya eroziyasi va ikkilamchi shо‘rlanishi jarayonlarining rivojlanishi tahdidi, suv-fizikaviy xususiyatlari va tuproq unumdorligining boshqa kо‘rsatkichlarining sezilarli darajada yomonlashishi muhim tо‘siqlardan biri hisoblanadi. Sug‘oriladigan polizchilikni barqaror rivojlantirish va ushbu tarmoqning rentabelligini oshishiga xizmat qiladi. Biz Toshkent viloyatining tuproq-iqlim sharoitini, madaniy poliz ekinlarining turlarini hisobga olgan holda tomchilatib va egatlab sug‘orish usullarini о‘rgandik.
2021 yilda о‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari madaniy poliz ekinlari, tarvuz navlari bо‘yicha sug‘orish rejimlari sezilarli darajada farqlanganligini kо‘rsatdi. Tadqiqotlarimizga kо‘ra, Toshkent viloyatining tuproq-iqlim sharoitiga kо‘ra tomchilatib sug‘orish texnologiyasi bilan, tuproq namligiga qarab, tarvuz ekinlarini sug‘orishning quyidagi rejimlarini belgilash mumkin: vegetatsiya boshida – 1- 2 soatgacha, о‘rta vegetatsiya davrida - 2- 3-4 soatgacha va vegetatsiya oxirida - 1,5 dan 2,5 soatgacha.
Tajribalar davomida maq’bul sug‘orish rejimini о‘rnatish uchun biz tuproq namligining parametrlarini о‘rgandik. Tuproqning namlanish darajasi о‘simliklarning namlik bilan ta’minlanishi uchun katta ahamiyatga ega emasligi aniqlandi. Ma’lumotlariga kо‘ra, ikki yillik tadqiqotlar davomida tomchilatib sug‘orishda tarvuz ekilgan maydonlarning tuproq namligiga quyidagicha ta’sir kо‘rsatganligi aniqlandi: tuproqni 1 soatda “Shirin” va “Sharq nemati” navlarida tuproq namlaganligi 9,2 sm ga yetdi; 2 soatdan keyin-16,5 sm; 3 soatdan keyin -21,3 sm; 4 soatdan keyin -26,2 sm; 5 soatdan keyin -31,0 sm; 6 soatdan keyin - 37,0 smga yetganligi ma’lum bо‘ldi. Huddi shunday ma’lumotlar tarvuzning “Dolbi F1” duragayida ham aniqlandi ( 3.3.3-jadvalga qarang).

Yüklə 251,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin