Mavzu: Suv tejovchi texnalogiyalar (tomchilatib sugʻorish) Reja: Kirish


Tomchilatib sug‘orishning о‘simliklarning о‘sishi va rivojlanishiga, o‘simliklarning biomassa va oziq-ovqat organlarining shakllanishiga ta’siri



Yüklə 251,8 Kb.
səhifə2/7
tarix24.10.2023
ölçüsü251,8 Kb.
#160759
1   2   3   4   5   6   7
307 guruh Umarov Javohirbekni Ishlab chiqarish amalyoti buyich

1. Tomchilatib sug‘orishning о‘simliklarning о‘sishi va rivojlanishiga, o‘simliklarning biomassa va oziq-ovqat organlarining shakllanishiga ta’siri
Tarvuz kо‘pchilik sabzavot ekinlariga qaraganda suvga kamroq talabchandir. Lekin ularning bu xususiyati namni kam sarflashi bilan emas, balki tuproq namini о‘ziga yaxshiroq olishi bilan bog‘liqdir. Tarvuz ham anchagina suv sarflaydi. Masalan, bir gektar yerdagi tarvuz о‘simligi bir kecha-kunduzda vegetasiyasining generativ davrigacha о‘rtacha 14,6-17,3, g‘unchalash va gullash fazasida 15,1-21,0, mevalash fazasida 7,4-19,4 m3 suv sarflaydi. Poliz ekinlari suvni kо‘p sarflaydigan bо‘lgani uchun sug‘orib turishni talab etadi.
Tarvuz yetishtirishda ularni necha marta sug‘orish kerakligi, beriladigan suv miqdori va sug‘orish normalari yetishtirilayotgan ekinning turi bilan naviga, iqlim sharoitlariga, tuproqning mexanik tarkibi, suv-fizik xossalariga, boshqa bir qancha omillarga bog‘liqdir.
Tarvuzning ertapishar navlari kechpishar navlariga qaraganda suvga kamroq talabgor bо‘ladi. Barcha о‘simliklar kabi tarvuz ham gullash va mevalash fazasida tuproq namligiga hammadan kо‘p talabchan bо‘ladi. Mana shu davrda nam yetishmay qolishi biologik jarayonlarining buzilishiga, oqibatda gullar va tugilgan mevalarning tо‘kilib ketishiga olib keladi.
Ortiqcha namlikka kо‘proq sezgir bо‘ladigan tarvuzni kichik normalar bilan (gektariga 600-700 m3), nam kо‘pligiga yaxshiroq bardosh beradigan tarvuz ekinini esa birmuncha kattarok normalar bilan (gektariga 800-1000 m3) sug‘orish kerak. Sug‘orish vaqtida о‘simliklar ildiz bо‘g‘zining suv bosishiga mutlaqo yо‘l qо‘yib bо‘lmaydi. Chunki bunda о‘simliklar ildizi chirib, nobud bо‘lib ketadi. Ildiz bо‘yinchasining suv bosishi fuzarioz sо‘lish kasalligining kо‘payib ketishiga ham sabab bо‘ladi, degan ma’lumotlar bor.
О‘zbekiston sharoitida tarvuz asosan sug‘orib yetishtiriladi. Buning uchun suv oqadigan ariqlar urug‘ ekish bilan bir vaqtda 22-24 sm chuqurlikda qirqiladi. Ariqlarni bunday chuqurlikda olish о‘simlik ildizi atrofida namni kо‘proq tо‘planishiga imkoniyat yaratadi. Natijada о‘simlik yaxshi rivojlanib, palagi kasalliklardan saqlanadi. Shuning uchun, tarvuz о‘suv davrida о‘simlik ildizi joylashgan tuproq qatlami doimo nam, о‘simlik palagi yoyilib yotadigan qatlami quruq bо‘lishi kerak. Tuproq namligining yuqori bо‘lishi о‘simliklarga salbiy ta’sir kо‘rsatadi. Tarvuz uchun tuproq namligi quyidagicha bо‘lishi kerak: tuproqning sug‘orishdan oldingi namligi tuproq dala nam sig‘imi bо‘yicha 60-65-60 %, yoki 65-70-75 bо‘lishi kerak. Tuproqning bunday namligiga gektariga 600-700 m3 miqdorida 3-4 marta sug‘orish bilan erishiladi. Bu sug‘orish sxemasi 0-2-1 yoki 1-2-1 hisobida belgilanib, gullash fazasidan oldin-0, qiyg‘os gullash fazasida-2, meva tugish davrida-1 marotaba sug‘orish demakdir. Tuproqni 60 sm chuqurligigacha nam borishi uchun yuqorida aytilgan normadagi suv bilan tekis joylarda 2 kun, nishab joylarda esa 3 kun sug‘orish kerak.
Hozirgi kunda dunyo miqyosida poliz ekinlarini yetishtirishda qо‘llaniladigan yangi sug‘orish usullaridan biri bо‘lgan tomchilatib sug‘orish texnologiyasi jadal tarzda rivojlanmoqda va qishloq xо‘jaligida keng tadqiq qilinmoqda. Shu jumladan, bizning tajribamiz ham tomchilatib sug‘orish texnologiyalari negizida olib borilmoqda. Bunda biz tajriba variantlarimizdan kelib chiqqan holda sug‘orish meyorlarini belgilab oldik va amalga oshirdik.
О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 25-oktabrda «Qishloq xо‘jaligida suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishni rag‘batlantirish mexanizmlarini kengaytirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida» PQ-4499-sonli qaroriga muvofiq 11,4 ming ga meva, 4,9 ming ga uzum va 2,4 ming ga sabzavot va boshqa ekinlarni 2020-yilda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini qо‘llash kо‘zda tutilgan.
Tomchilatib sug‘orishning afzalliklarini Toshkent davlat agrar universiteti tajriba xо‘jaligida tomchilatib sug‘orishni qо‘llash samarasini о‘rganish bо‘yicha 2020-2021 yillarda olib borilgan tadqiqotlarimiz doirasida olingan natijalar ham tasdiqladi. Ushbu tadqiqotlar natijalaridan namunalar jadvalda keltirilgan.

Yüklə 251,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin