Маvzu: sotsiolingvistikada lingvistik tushunchalar



Yüklə 1,04 Mb.
səhifə1/4
tarix27.05.2022
ölçüsü1,04 Mb.
#59731
  1   2   3   4
6 маъруза

МАVZU:

SOTSIOLINGVISTIKADA LINGVISTIK

TUSHUNCHALAR

N.Bekmuxamedova

Reja:

1. Til me’yori

2. Nutqiy muloqot

3. Nutqiy muomala

4. Nutq akti

Tayanch so‘z va tushunchalar:

me’yor til me’yori

adabiy til nutqiy muloqot

nutqiy muloqotning holati nutqiy muloqot qoidalari

nutqiy muomala kommunikativ vaziyat

so‘zlovchi, tinglovchi nutq akti,

bilvosita nutq akti.

 

1. Til me’yori

Biror bir jamiyatda, muayyan bir davrda lisoniy vositalarni tanlash, belgilash va ulardan foydalanish qonuniyatlari me’yor (norma)ni ifodalaydi. Me’yor (norma) - kishi nutqida nutq vositalaridan tartibli ravishda qo‘llanish majmuyi.

Me’yor tushunchasi adabiy til tushunchasi bilan chambarchars bog‘liq. Ko‘pincha adabiy tilga me’yorlashgan til ham deyiladi. Me’yor nimaning to‘g‘ri yoki nimaning noto‘g‘riligini aniqlaydi. U “qonuniy” til vositalari va ifoda usullarini tavsiya qiladi, til odatlari va an’analariga zid bo‘lgan usullarni inkor qiladi. Masalan, olib berdi (oberdi).

Me’yorlar tarixan o‘zgaruvchan bo‘ladi, biroq ular asta-sekin o‘zgaradi. Rivojlangan adabiy tillarda me’yor uzoq yillar davomida o‘zining turg‘unligini saqlaydi .

Me’yorlar tarixan o‘zgaruvchan bo‘ladi, biroq ular asta-sekin o‘zgaradi. Rivojlangan adabiy tillarda me’yor uzoq yillar davomida o‘zining turg‘unligini saqlaydi .

P. fon Polens me’yor deganda, metatil kommunikatsiyasi natijasida “me’yoriy”, “to‘g‘ri” deb baholanadigan, til tizimi imkoniyatlarining bir qismini tushunadi. Biroq real turmushda til me’yori tilni qo‘llash bilan to‘ldiriladi, ya’ni til egasi nutqida qo‘llanmaydigan, me’yorga va me’yoriy shakllarga mos kelmaydigan tilni qo‘llash hodisalari ham mavjud. Bu o‘rinda me’yor “elak” vazifasini o‘taydi, ya’ni u xalq nutqidagi barcha yorqin, sof, aniq ifodalarni saralab, adabiy til qo‘llanishiga kiritadi, noaniq, mujmal, o‘tkinchi ifodalarni qoldiradi


Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin