faoliyatning o‗zi, bola uchun motiv o‗rnini bosadi. Yana bir oddiy misol:
qo‗lingizda kitob bor. Siz hali uni o‗qishni boshlamadingiz. Lekin o‗qish istagi
bor, shu istakning ortida esa, o‗sha mazmunni bilish va uning tagiga yetish
extiyoji turadi. Rus olimi R. Nemov shaxsdagi motivatsion sohani quyidagicha
tasavvur qiladi.
Umuman, har qanday shaxsdagi mavjud ehtiyojlarni ikki
guruhga bo‗lish mumkin:
Biologik ehtiyojlar
-bu-fiziologik(tashnalik, ochlik, uyqu), jinsiy, moslashuv
extiyojlari.
Ijtimoiy ehtiyojlar
-bu-mehnat qilish, bilish, estetik va axloqiy-ma‘naviy
extiyojlar.
Ehtiyojlarni biologik hamda ijtimoiy turlarga bo‗lganimiz bilan shu narsani
unutmasligimiz lozimki, shaxsdagi har qanday extiyojlar ham ijtimoiylashgan
bo‗ladi, ya‘ni, ular o‗sha jamiyat va muhitdagi kadriyatlar, madaniy normalar va
insonlararo munosabatlar xarakteriga bog‗liq bo‗ladi. Masalan, eng tabiiy va
tushunarli hisoblangan bizning yemishga-ovqatga bo‗lgan extiyojimizni olsak, u
ham konkret muhitga qarab turlicha harakatlarni keltirib chiqaradi. Yana misol
uchun, tUy marosimlari yoki juda t o‗qin dasturxon atrofida o‗tirgan odam nima
uchun shunchalik ko‗p ovqat istehmol qilib yuborganini bilmay qoladi. Agar bu
tabiat qo‗yni yoki paxta dalasidagi xashar bo‗lsa-chi, bir burda issik non ham
butun tanaga rohat bahsh etuvchi malham bo‗lib, ochlikni bilintirmaydi.
Kamtarona dasturxondan ovqat yeb o‗rgangan kishi oz-oz yeyishga o‗rgansa,
yoshligidan normadan ortiq yeb o‗rgangan odam vrach oldiga borib, o‗zi uchun
ozdiruvchi dori-darmon so‗rasa so‗raydiki, lekin uyda o‗zi yemishini nazorat
qilishi kerakligini bilmaydi. Demak, bu ham madaniyatga, etikaga, oila muhitiga
bevosita bog‗liq narsa ekan-da.
Umuman shaxs ijtimoiy xulqi motivi haqida gap ketganda, uning ikki tomoni
yoki elementi ajratiladi:
Dostları ilə paylaş: