Mavzu: Qayinnamolar qabilasi. Qayindoshlar oilasi: tavsifi, vakillari



Yüklə 26,27 Kb.
səhifə2/4
tarix25.12.2023
ölçüsü26,27 Kb.
#195852
1   2   3   4
2 5456635385541048268

Sistematikasi
Boʻlim. Magnoliyatoifa (gulli, yopiq urug'li) o'simliklar (Magnoliophyta yoki Angyospermae)
Magnoliaceae yoki Gullaydigan yoki Angiospermlar
Ajdod (sinf). Magnoliyasimonlar (ikki urug'pallalilar) (Magnoliopsida yoki Dicotyledones)
Magnoliaceae yoki ikki pallali
Ajdodcha (sinf) - Temir o'rgimchaklar (Hamamelididae) - Gamamelisovye
Qabila. Qayinnamolar (Corylales) - Берёзовые
Oila. Betulaceae S.F.Gray – qayinlar
Turkum. Qayin (Betula L.) - Берёза Bu turkumning vakillari daraxt va buta o'simliklardir. Ularning tanasi va shoxlarining po'stlog'i silliq, oq va jigarrangda bo'lib, yupqa po'st tashlab turadi. Tanasining tubidagi po'stlog'i boʻyiga ingichka yoriladi, rangi qorayadi. Kurtak va barglari navbat bilan joylashadi. Barglari oddiy tuzilgan bandli, tez to'kiladigan yonbargchalari bor, kuzda to'kilib ketadi. Barg plastinkasi butun, yumaloq va lanset shaklida, cheti tishchali, patsimon tomirli. Ular bir uyli, ayrim jinsli daraxt. Changchi gullari kuzda hosil bo'ladi, ular silindrsimon kuchala bo'lib, shoxining uchida bittadan joylashadi. Qayin 40 yoshgacha yaxshi o'sadi, so'ng o'sishi susayadi. U 100-120 yil yashaydi. Turkumning 100 dan ortiq turi bo'lib, ularning ko'pchiligi MDH da uchraydi. Ular tundra mintaqasidan dasht mintaqasigacha tarqalib, kata-katta o'rmonzorlar hosil qiladi. Qayinning yog'ochi qattiq bo'lib, mexanikaviy xususiyatiga koʻra emanning yog'ochidan qolishmaydi. Yog'ochining tevaragi oq-sariq yoki oq qizg'ish rangda, mexanikaviy xususiyatlari yuqori, qattiq, bukiluvchan, bir xil tuzilgan. Undan faner, miltiq qo'ndog'i tayyorlanadi, bochka, va boshqalar yasaladi. Undan pista ko'mir tayyorlanadi va o'tin sifatida foydalaniladi. U koʻkalamzorlashtirishda koʻp ekiladi, chunki chiroyli daraxt.Oʻrmon ihota qatorlarida ham ekiladi. Oʻzbekistonda ikkita qayin turi tarqalgan.
Tur. Oq qayin, so’galli qayin (Betula verrucosa Ehrh). Qayin turkumiga kiruvchi 10-20 mabalandlikdagi daraxt. Barglari oddiy deyarli rombik shaklda. Meva yongʻoqdir. Aprel oyidagullaydi, oktabrda meva beradi. U Toshkent viloyatidagi tog vodiylarida va togyonbagʻirlarida oʻsadi.

Yüklə 26,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin