Mavzu: Qayindoshlar oilasi. Qayin turkumi. Reja


Oq qayin 2.2. Qandag’och turkumi



Yüklə 306,71 Kb.
səhifə2/4
tarix07.01.2024
ölçüsü306,71 Kb.
#208978
1   2   3   4
7-mavzu Qayindoshlar

Oq qayin


2.2. Qandag’och turkumi
Qandag‘och turkumi — Alnus
Turkumning vakillari daraxt yoki buta o‘simliklaridir. Barglari oddiy tuzilgan, navbat bilan joylashadi. Kurtaklari 2—3 ta tangacha bilan o‘ralgan bo‘lib, bandchali. Ular barg chiqarishdan oldin gullaydi. Guli ayrim jinsli, bir uyli, yig‘ilib to‘pgul hosil qiladi. Erkak gullari silindrsimon kuchala hosil qiladi, ular kuzda novdaning yuqori qismida rivojlanadi. Urg‘ochi gullari boshoq hosil qilib, kuzda novdaning tubida rivojlanadi. .hamol vositasida changlanadi. Urg‘ochi gulining boshog‘i kuzda, yetilish oldidan qubbacha shakliga kiradi va shu holatda yetilgan mevalari bilan bahorgacha saqlanadi. Mart-aprel oyi boshida qubbachalar yorilib, mevasi to‘kilib ketadi va ular shamol vositasida tarqaladi. Daryo bo‘ylarida o‘sadigan turlarning mevasi toshqin vaqtida suvga tushib, tarqalishi mumkin.
Mevasi mayda, bo‘yi 2—3 mm.li, bir urug‘li yassi yong‘oqcha, qanotcha va uchki tomonida qurib qolgan ustunchaning qoldig‘i bor.
Yong‘og‘i to‘kilib ketsa-da, qubbachalari daraxtda ko‘p vaqt saqlanib turadi, to‘kilgan urug‘lari qulay sharoitda unib chiqadi. Daraxt tez o‘sadi, birinchi yil o‘q ildiz, so‘ngra yon ildizlar chiqa- radi. Ildizda tuganaklar hosil bo‘lib, ularda atmosfera azotini to‘plovchi mikroorganizmlar rivojlanadi. Bu tuganaklar dukkakli o‘simliklar ildizidagiga nisbatan ancha ko‘p bo‘ladi. Ulardagi mikroorganizmlar yerning strukturasini yaxshilashda katta aha- miyatga ega. Daraxtlari to‘nkasidan ko‘karadi, ildizidan bachki- laydi. Yog‘ochi oq rangli, arralab qo‘yilgan yog‘ochi bir qancha vaqtdan so‘ng qizil-qo‘ng‘ir rangga kiradi. Uning yog‘ochidan faner, mebel va turli idish-asboblar ishlab chiqariladi. Po‘stlog‘i- dan esa bo‘yoq va oshlovchi moddalar olinadi. Bu turkumning 30 ta turi bor, ular shimoliy yarimsharda tarqalgan. MDHda yov- voyi holda 12 turi uchraydi. Botanika bog‘ida 12 turi o‘stiriladi.
Qora qandag‘och (A. glutinosa) bo‘yi 30 m.ga yetadigan daraxt, tanasining po‘stlog‘i to‘q qo‘ng‘ir rangda, katta yoshida po‘stlog‘i yoriladi. .hox-shabbasi tuxumsimon. Yosh novdasi yelimli, silliq, ba'zan qirrali va tukli. Kurtagining bo‘yi 8 mm, yelimli, bandchali. Barglari yumaloq yoki teskari tuxumsimon, uchki tomoni to‘m- toq yoki kesik, cheti yirik tishchali. Novda barglari yaltirab turadi, malla rang so‘gallari bor.
Qora qandag‘och aprel oyining boshlarida barg yozish bilan bir vaqtda gullaydi, mevasi kuzda — oktabr oyida yetiladi. Qubbalari 3—5 tadan zich bo‘lib, uzun bandchalarda joylashadi. Yong‘oq- chasi mayda, qo‘ng‘ir-qizil rangda bo‘ladi. Urug‘ tayyorlash uchun uning qubbalarini ochilib ketmasdan oktabr-noyabrdan mart- gacha yig‘ib olish zarur. Urug‘i tez unib chiqadi. U to‘nkasidan ko‘karadi va ildizidan bachkilaydi, 130 yilgacha yashaydi. MDHning shimoliy hududlarida, G‘arbiy .ibirda, janubiy dasht zonasida daryo qirg‘oqlarida o‘sadi. Qrim va Kavkazda uchraydi, Kichik Osiyoda va .himoliy Afrikada ham o‘sadi.
Qora qandag‘och nam va serunum tuproqli yerlarda yaxshi o‘sadi. U daryo sohillarida o‘rmonzorlar hosil qiladi. .uv toshqiniga chidamli, soyasevar daraxt. Yog‘ochi duradgorlikda katta ahamiyatga ega. Po‘stlog‘ida oshlovchi va bo‘yoq moddalar bor. Barglaridan tibbiyotda ishlatiladigan dori olinadi. Uni ko‘kalamzorlashtirish uchun ekish tavsiya etiladi.



Yüklə 306,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin