Mavzu: Qadimgi Misr madaniyati Reja



Yüklə 65,5 Kb.
səhifə6/6
tarix19.12.2023
ölçüsü65,5 Kb.
#186517
1   2   3   4   5   6
Qadimgi Misr madaniyati

5. Ilmiy bilimlar. Misr madaniyatida fan yetakchi o`rin tutadi. U asosan matematika, astronomiya, tibbiyot yo`nalishlarida rivojlandi. Misr kalendari osmon jismlari va Nil daryosining mavsumiy o`zgarishi asosida tuzilib, yil uch mavsum, har mavsum to`rt oyga bo`lingan. Har oy uch o`n kunlik dekadani tashkil etgan. Yilda 36 dekada bo`lgan. Oxirgi oyga 5 kun qo`shilib, kalendar va astronomik yil (365 kun) tenglashtirilgan. Sutka 24 soatga bo`linib, yozda kunduz soatlari uzoq, qishda qisqa bo`lgan. Misrliklar yulduzlarning aniq kattaligini o`lchaganlar. Suv va quyosh soatlarini kashf qilganlar. Ular 10 lik tizimga yaqin hisobni yaratdilar. Ular qo`shish, ayirish, bo`lish va ko`paytirishni bilganlar. Misrliklarning bu yutuqlarini yunon-rim madaniyati o`zlashtirdi.
Misr jarrohlari butun Old Osiyoga mashhur bo`lganlar. Bizgacha 10 tibbiyot papirusi yetib kelgan. Tabiblar 100 ga yaqin kasalliklarni davolash usullarini bilganlar. Qon aylanishi va yurak faoliyati to`g`risida bilimga ega bo`lganlar. Misrliklar ilk bor tish protezini qo`yganlar. Qadimgi Misrning tibbiyot retseptlari, magiya mantlaridan o`rta asrlarda arablar va Yevropa tibbiyoti foydalangan. Misrliklar qadimgi so`z ensiklopediyalarini tuzganlar.
Tayanch iboralar: Ra, Ptax, Amon, Osiris, Isida, Xatxor, Sia, Maat, kanopa, Sebek, Tot-pavian, Mut, Xonsu, Ka, Ba, ostrakon, ilohiy so`z, demotik til, kopt tili, piktografiya, piramida, Petubastis, Sinuxet hikoyasi, Xafra, Soxmet-sher, astronomik yil, kalendar, suv va quyosh soatlari.

Mustahkamlash uchun savollar:



  1. Qadimgi Misrdagi diniy e'tiqodlar haqida ma'lumot bеring.

  2. Misrda ta'lim tizimi va uning rivojlanish holatini qo‘shimcha manbalar asosida tahlil eting.

  3. Misr madaniyatini jahon madaniyatida tutgan o‘rniga qiyosiy baho bеring.

  4. Qadimgi Misr adabiyoti yodgorliklari.

  5. Qadimgi Misr dini.

  6. Qadimgi Misr madaniyati.

  7. Qadimgi Misr me’morchilik san’ati.




1 Worlds Together,Worlds Apart.W.W. Norton.& COMPANY.New York. 2011, р.63.

2 Worlds Together,Worlds Apart.W.W. Norton.& COMPANY.New York. 2011, р.64.

Yüklə 65,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin