Hozir ta’lim tizimimizda o‘quvchilardagi ijodkorlik xususiyatini rivojlantirishga alohida talablar qo‘yilmoqda. Mamlakatimizda ijod maktablari, prezident maktablarini tashkil etishdan ko‘zlanayotgan asosiy maqsadlardan biri ham ijodkorlikni rivojlantirishdir. Shu talab va maqsadga mos ravishda psixologiya va pedagogika fanlarimizda ijodkorlikni rivojlantirish uslubiyati, texnologiyalarini rivojlantirishga alohida e’tibor berilishi kerak edi. Lekin hozircha psixolog va pedagoglarimizning faoliyatlarida bu masalani tezroq va atroflicha tadqiq etishga intilish sezilmayapti.
Ijodkorlikni shakllantirish va rivojlantirish bo‘yicha jahon psixologiya fanida mavjud xulosalarga ko‘z yugurtirsak, avvalo, ijodkorlik yana o‘sha ongostida shakllanishi va rivojlanishi ma’lum bo‘ladi. Ijod maktablarimizda ishlayotgan o‘qituvchi va murabbiylarda esa ongostining tuzilmasi va xususiyatlari haqidagi bilimlarni shakllantirish va rivojlantirishga e’tibor berilmayapti. Bizning fikrimizcha, bunday holat bu vazifani bajara oladigan psixologlarning kamligi bilan bog‘liq bo‘lsa kerak.
Ijodkorlikning doimiy yo‘ldoshi bo‘lgan bir hodisa bor. Bu ilhom degan hodisadir. Agar o‘quvchilarda ijodkorlikni shakllantirish jarayonida ularda ilhom uyg‘otish muammosini hal qila olsak, oldimizga qo‘yilgan maqsadning yarmiga yetgan bo‘lar edik. Bu vazifani bajarish uchun ham ongostiga murojaat qilishimiz va u bilan ishlashimiz kerak bo‘ladi.
Abu Ali Ibn Sino. «Tib qonunlari asari». Toshkent – 1992 y.
G’oziev E.G’. «Tafakkur psixologiyasi» Toshkent – O’qituvchi – 1990y.
G’oziev E.G’. Psixologiya (Yosh davrlari psixologiyasi). T. 2002.
G’oziev E.G’. Tafakkur psixologiyasi. T., 1990.
G’oziev E.G’. Umumiy psixologiya. T., 2010.
G’oziev E.G’. Xotira isixologiyasi. T., 1994.
Davletshin M.G. «Psixologiya tarixi» dastur. T.-1996 y.
Davletshin M.G., To’ychieva S.M. Umumiy psixologiya. Toshkent. 2002.
Iskandarov B. «O’rta Osiyoda falsafiy va ijtimoiy-siyosiy fikrlarning shakllanishi va rivojlanishi tarixidan lavhalar.» Toshkent. «O’zbekiston». –1993 y.
Karimova V. Psixologiya.O’quv qo’llanma,- T.: A. Qodiriy nomli xalq merosi nashriyoti. 2002.
Karimova V., Akramova F. Psixologiya. Mahruzalar matni. T., 2002. 12.Karimova V.M. Ijtimoiy psixologiya asoslari. - T.: O’qituvchi. 1994. 13.Nishonova Z.T. «Psixologiya tarixi» T-2002 y.
14.Petrovskiy «Umumiy psixologiya» Toshkent – «O’qituvchi» – 1992 y. 15.Xayrullaev M.M. O’zbekistonda ijtimoiy-falsafiy fikrlar
tarixidan lavhalar». Toshkent -1995 y.
Internet saytlari
htt’://www.’sychology-online.net