Mavzu: O’zbekistonda havo namligi, bug’lanish, yog’inlarning yillik taqsimlanishi



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə1/7
tarix21.06.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#133381
  1   2   3   4   5   6   7
Mavzu O’zbekistonda havo namligi, bug’lanish, yog’inlarning yil


Mavzu: O’zbekistonda havo namligi, bug’lanish, yog’inlarning yillik taqsimlanishi.
Reja:
Kirish.
Asosiy qismi.

  1. O’zbekistonda havo namligi.

  2. O’zbekistonda yog’inlar, yil fasllari haqida tushuncha.

  3. O’zbekistonda yog’inlarning yillik taqsimlanishi.

  4. O’zbekistonning iqlim o’zgarishi.

Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.

1.O’zbekistonda havo namligi.
O’zbekiston kontinental iqlimga ega, uzoq davom etadigan jazirama issiq va quruq yoz bilan tavsiflanadi. O’zbekistonning iqlimi uning geografik o’rni va u bilan bog’liq holda quyosh radiasiyasi, atmosfera sirkulyasiyasi, relyefi, yer yuzasining holati, iqlimga kishilar xo’jalik faoliyatining ta’siri natijasida tashkil topadi. Chunki Kohira O’rta dengizga yaqin bo’lganligi tufayli bulutli kunlar Toshkent va Termizga nisbatan ko’p bo’ladi. Binobarin, O’zbekiston quyoshli o’lka deb bejiz aytilmagan. O’zbekistonda yozda (iyun—avgust oylarida) Quyosh nur soshib turadigan davri nur soshishi mumkin bo’lgan davrning 84—95% ni, qishda (dekabr—fevral) esa 40—50% ni tashkil etadi. O’zbekistonning tog’li qismida quyoshning nur soshib turish davri tekislikka nisbatan 600—700 soat kam bo’ladi: tog’larning 2000 m balandlik qismida quyosh yiliga o’rtasha 2300—2500 soat nur soshib turadi. Buning asosiy sababi tog’ yonbag’ri bo’ylab ko’tarilgan sari bulutli kunlarning ortib borishi, tog’ yonbag’rining quyoshga nisbatan holati (ekspozisiyasi)dir. O’zbekistonda quyosh ufqdan baland bo’lganligi, bulutsiz kunlarning ko’pligi (Toshkentda bir yilda 90 kun, Termizda esa 57 kun bulutli bo’ladi) oqibatida quyosh uzoq vaqt nur soshib turganligi tufayli uning hududiga kup yoruqlik energiyasi (issiqliq) tushadi. Respublikamiz shimoliy qismida xar sm2 yuzaga yiliga 136—140 kilokaloriya issiklik, ya’ni radiasiya tushsa, janubiy qismiga 160 kilokaloriya issik,lik tushadi. Yalpi quyosh radiasiyasining miqdori yil buyi bir xil taqsimlanmagan. Eng ko’p quyosh radiasiyasi yoz oylariga (qish oylariga nisbatan 5 marta ko’p) to`g’ri keladi. Hatto O’zbekistonning janubida iyulda radiasiya balansi 20 kkal/sm2ga yetadi. Bunga sabab yozda quyosh ufqdan balandda turib, uzoq vaqt yoritib, isitib turishidir. Aksinsha, qishda quyosh nuri yotiq tushadi, bulutli kunlar ko’p bo’lganligidan kam yoritadi, qor koplamining mavjudligi tufayli al’bedo katta bo’ladi. Natijada qishda, xususan yanvarda yalpi radiasiya miqdori O’zbekistonning markaziy va janubiy qismida musbat bo’lib, bir sm2 yuzaga 0,1—1,0 kkal.ni tashkil etadi. Lekin respublikaimizning eng shimoli-g’arbiy qismida (Ustyurtda) ba’zi yillarda qishda radiasiya balansi manfiy bo’lishi mumkin. O’zbekiston iqlimining vujudga kelishida atmosfera sirkulyasiyasining (havo massalarining almashinib turishi) xam ahamiyati katta. Respublika xududiga yil bo’yi ushta quyidagi asosiy havo massalari ta’sir etib turadi. Arktika, mu’tadil (qutbiy) va tropik. O’zbekiston hududida atmosfera sirkulyasiyasining o’zgarib turish xususiyatlari haqida yaxshi tasavvurga ega bo’lish maqsadida yilning issiq (yoz) va sovuq (qish) fasliga bo’lib tavsif beramiz. Qishda O’zbekiston hududi kuproq arktika va mu’tadil (qutbiy) havo massalari ta’sirida bo’lib, ular shimoli-g’arbdan, shimoldan va shimoli-sharqdan kirib keladi. Ma’lumki, O’rta Osiyo, jumladan O’zbekiston qishda Sibir antisiklonidan vujudga kelgan yuqori bosimli barometrik o’qdan janubda joylashgan. Natijada o’sha yuqori bosimli barometrik o’qdan, ya’ni shimolisharqdan O’zbekiston hududiga havo massasi kirib keladi. Bu havo massasi antisiklon xususiyatga ega bo’lganligi tufayli O’zbekistonga kirib kelgash, xavo oshiq lekin keshalari quruq sovuq, kunduzi esa quyosh nuri ta’sirida bir oz isiy boshlaydi, yog’in deyarli yog’maydi. Bunday ob-xavo ush kunga, ba’zan esa besh-etti kungasha davom etishi mumkin. Bunday ob-xavo qish kunlarining 28% ni tashkil etadi. Natijada O’zbekistonga boshqa regionlardan kelgan unsha kushli bo’lmagan havo massalari ham o’sha Sibir antisiklonidan vujudga kelgan (mu’tadil Sibir-qutbiy) havo massasi ta’sirida o’zining xususiyatini o’zgartirib Turon (mahalliy kontinental) havo massasini hosil qiladi. Qishda O’zbekiston hududiga ba’zan iliq tropik havo massalari Eron-Afg’oniston tomondan kirib keladi. Natijada, O’rta Osiyoning janubiy qismida mu’tadil mintaqa sovuq havosini: Eron va Afronistondan kirib kelgan iliq tropik havosidan ajratib turuvshi qutb fronti vujudga keladi. Front shizig’i atrofida ob-havo bekaror bo’lib, siklonlar harakati kushayib, Kaspiy dengizining janubiy va Kopetdog’ bilan Parapamiz tog’larining oralig’idagi Tajang va Murg’ob vodiylari orqali Turkistonga kirib keladihxamda shimolisharq tomonga qarab harakat qiladi, okibatda Qozog’iston hududida u kushsizlanib qoladi. Siklonlar o’zi bilan issiq tropik havo massasini olib kelganligi tufayli ular qoplab olgan joylarda havo ilib (harorat 15—20° gasha ko’tariladi), bulutlar kupayib, yog’inlar yog’adi. Bunday ob-xavo qish kunlarining 25%ni tashkil qiladi Qishda siklonlar sharqda va shimoli-sharqqa harakat qiladi, natijada O’zbekistonga shimoli-g’arbdan, shimoldan va g’arbdan mo’tadil va Arktika havo massalari kirib keladi.

O‘zbekiston iqlimi uchun xos xususiyatlardan biri hududining qurg‘oqchilligidir. Qurg‘oqchilik joyning yog‘in-sochin bilan kam ta’minlanganligiga ko‘proq bog‘liqdir. Bu esa o‘z navbatida havoning qanchalik namligi bilan belgilanadi.
Havodagi suv miqdorini ko‘rsatuvchi mutlaq namlik O‘zbekistonda yozda qishdagiga nisbatan ko‘proq. U qishda respublikamiz shimolida 3 — 4 mb, janubida 5 —6 mb bo‘lsa, yozda Amudaryo deltasida 16 — 25 mb ni, Qizilqumda 10 mb ni tashkil etadi. Balandga ko‘tarilganda ham havoning sovushi hisobiga uning mutlaq namligi kamayib boradi.
O‘zbekistonda yoz oylarida havoning nisbiy namligi ancha kam, 30 —50% ga teng. Lekin qishda haroratning pasayishi va yog‘ingarchilik ko‘p bo‘lishi natijasida tekisliklarda va tog‘ oldilarida 65 — 80 % ni tashkil etadi.Tog‘larda nisbiy namlik kamroq, 50 — 60 % atrofida bo‘ladi. Nisbiy namlik 30 % dan kam bo‘lgan kun qurg‘oqchil kun hisoblanadi. O‘zbekistonning tekislik cho‘l zonasida shunday kunlar 200taga etadi, tog‘ oldilarida 120 — 180 kundan oshmaydi.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin