Mavzu: O'zbekiston Respublikasi moliya tizimini rivojlantirishda fond bozorning o'rni Reja Kirish


O‘zbekiston Respublikasi fond bozori faoliyatining amaldagi holati tahlili



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə3/5
tarix20.09.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#145578
1   2   3   4   5
O\'zbekiston Respublikasi moliya tizimini rivojlantirishda fond bozorning1

2. O‘zbekiston Respublikasi fond bozori faoliyatining amaldagi holati tahlili
Ma'lumki, har qanday mamlakatning iqtisodiy holati unda mavjud bo'lgan va amal qilayotgan turli xil moliyaviy institutlar faoliyatiga bog'liq. Birjalar, banklar, sug'urta kompaniyalari, pensiya fondlari - bularning hammasi turli toifadagi xaridorlar va sotuvchilar o'rtasidagi pul-kredit va qarz, tovar, yuqori likvid qimmatli qog'ozlar va shu kabilarning oldi-sotdisida vositachi (dallol) sifatida yuzaga chiquvchi muassasalardir.
Moliyaviy vositalar (bank kapitalini, uning likvidligini, bozorning kapitallashuv darajasini oshirishga xizmat qiluvchi sifatida) moliyaviy resurslarni investorlardan iste'molchilarga tomon va aksincha yo'nalishda harakat qilishini ta'minlovchi vositalar hisoblanadi.
"Moliyaviy vositalar yordamidagi resurslar harakati quyidagi omillarga bog'liq", deb keltiriladi Sh.Sh.Shoxa'zamiyning ishlanmalarida:
- moliyaviy vositalarning daromadlilik va risklilik darajasi;
- moliyaviy vositalarni soliqqa tortish shart-sharoitlari;
- moliyaviy vositalarning real bazis bilan ta'minlanganligi va shu asosda iqtisodiyot va moliya bozorining ekvivalentligi;
- rivojlanishning tanlangan modeli;
- makro-mikroiqtisodiy barqarorlik;
- moliyaviy vositalar bozoriga ta'sir etuvchi boshqa omillar.
Shuningdek, I.L.Butikovning fikricha: "Bugungi kun nuqtai nazari bilan qaraganda, banklar va dillerlarning qimmatli qog'ozlar bo'yicha bo'linishida uchta asosiy sababni ko'rish mumkin. Birinchidan, qimmatli qog'ozlarni joylashtirishni kafolatlash bo'yicha banklarni biznesga kiritish o'ta xatarli (risk) tuyuladi. Ikkinchidan, ahvol tashvishli bo'lib, anderrayter sifatida banklarning roli to'g'ridan-to'g'ri manfaatlar to'qnashuvida tashvishli holatga olib keladi. Uchinchidan esa, tashvishli hol asosan moliya sohasidagi kontsentratsiyaning o'sib borayotganligini aks ettiradi".
Fond bozorlarini rivojlantirishning o'ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, ularning samaradorligini oshirishda tijorat banklarining noan'anaviy instrumentlarini keng joriy etish muhim o'rin egallaydi. Xususan, "avvalo mamlakatimizda fond bozorlarini rivojlanishtirish, bozorlarni yuqori likvidli qimmatli qog'ozlarning noan'anaviy instrumentlarini keng joriy etish orqali ... tijorat banklarining kapitallashuvi va bozor kapitallashuvining xalqaro miqyosda mavqeini oshirish uchun o'rnatilgan me'yorlarga tenglashtirish, jahondagi yirik xalqaro moliya-kredit institutlari bilan teng raqobat darajasiga chiqish imkoniyatlarini kengaytirish uchun o'zlarining yuqori likvid an'anaviy obligatsiyalarini muomalaga chiqarish lozim".
Shuningdek, R.Xojimatovning fikricha, mamlakatimizda iqtisodiy barqarorlikni ta'minlash va banklarning likvidligini oshirish uchun fond bozorlariga tijorat banklarining yuqori likvid an'anaviy obligatsiyalarining xalqaro bozorlarga integratsiyasini rivojlantirish lozim. Mamlakatimizda makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash uchun, Markaziy bank transmission kanallarining samarasini inflyatsion targetlashga o'tish orqali oshirish maqsadida uning mustaqilligini oshirish nihoyatda muhim hisoblanadi.
Xalqaro kapital bozori rivojlanishining zamonaviy tendentsiyalarini o'rgangan Qulmatov Ch. va To'ychiyev N.larning fikricha, "xalqaro kapital bozori moliyaviy globallashuv jarayoni mahsuli bo'lib, industrial mamlakatlarning umumjahon miqyosida iqtisodiy samaradorligini keskin oshirdi. Lekin, bu jarayon rivojlanayotgan mamlakatlar rivojiga ijobiy ta'sirdan ko'ra ko'proq salbiy ta'sir ko'rsatishi hozirda barchaga ayon bo'lib qoldi. Buning sababi rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyoti industrial davlatlar iqtisodiyotiga ko'proq bog'liqdir".
Iqtisodiy adabiyotlarda fond bozori va qimmatli qog'ozlar bozori bir xil mazmundagi tushunchalar sifatida talqin etilgan. Shu sababli avvalo ushbu tushunchalarning turli davrlarda tadqiqot olib borgan iqtisodchi-olimlarning ilmiy ishlarida yoritilishini o'rganish maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz.
Kapital bozorining iqtisodiy mohiyati, zaruriyati, tasniflanishi hamda uning mamlakatdagi iqtisodiy o'sishni ta'minlashdagi o'rni haqida ko'plab iqtisodchilar ilmiy tadqiqotlar olib borishgan. Sohaning etakchi olimlaridan U.Azizovning fikricha, kapital bozori aholining bo'sh turgan mablag'lari iqtisodiyot tarmoqlariga jalb qilinishida, xorijiy to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalar oqimi ko'payishida muhim ahamiyat kasb etadi. O'z navbatida, fond bozori moliya bozorining tarkibiy qismi sifatida kredit bozori bilan raqobatga kirishishi kapital bozorida o'ziga xos raqobat muhitini yuzaga keltiradi. Bundan esa iqtisodiyot, qolaversa, farovonlik oshishi hisobiga aholi yutadi. Yana bir yetakchi iqtisodchi olim professor S.Elmirzayevga ko'ra, pul bozorida naqd pul, qisqa muddatli to'lov vositalari, bir yilgacha bo'lgan qisqa muddatli jamg'armalar muomalasi tashkil etiladi. Kapital bozorida esa "uzun pullar" muomalasi tashkil etilib, unda asosan aktsiyalar va obligatsiyalar amal qiladi. Muomala muddati esa bir yildan ortiq bo'ladi. Kapital bozorining pul bozoridan asosiy farqli jihati uzoq muddatli investitsiyalardan foydalanilishi bilan izohlanadi. Boshqa bir iqtisodchi X.Xasanov esa kapital bozorining iqtisodiy mohiyatini aniqlashning asosiy mezoni sifatida bozor ishtirokchilari o'rtasida kapitalni qayta taqsimlash va kapitalni jamg'armalardan investitsiyalarga transformatsiya qilish bilan bog'liq funksiyalarning o'zaro bog'liqligi deb hisoblaydi.
Zamonaviy iqtisodchilar N.I.Berzon, E.A.Buyanov kapital bozorini ishlab chiqarish omillari umumiy bozorining ajralmas qismi sifatida izoh berishgan. Ular buni tushunish uchun "kapital" toifasining mazmunini aniqlash kerak deb hisoblaydi. Ya'ni, kapital - bu pul, ish haqi to'lovlari, ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun investitsiyalar ekanligi qabul qilingan. Rossiya Federatsiyasida xizmat ko'rsatgan fan arbobi professor G.N.Beloglazovaga ko'ra, "Kapital bozori - bu uzoq pullar, ya'ni bir yildan ortiq muddatga ega bo'lgan mablag'lar muomalada bo'lgan moliya bozorining bir qismidir".
Shuning uchun kapital bozoriga qaysidir ma'noda "pul va fond aktivlari bilan oldi-sotdi operatsiyalari o'tkaziladigan iqtisodiy makon" deb ta'rif bersak ham o'rinli hisoblanadi".5 A.Shomirov Kapital bozori tuzilmasini quyidagicha ifodalaydi:
Mamlakat iqtisodiyotida kapital bozori segmentlari samarali faoliyat olib borishi uchun ma'lum bir shart-sharoitlar yaratilgan bo'lishi kerak. Kapital bozorining eng katta segmenti valyuta bozoridir, chunki u juda ko'p sonli operatsiyalarni amalga oshiradi. Valyuta segmenti tashqi savdo operatsiyalariga xizmat qiladi va bu yerda valyuta kursining o'zgarishidan daromad oladigan eng spekulyativ operatsiyalar amalga oshiriladi.
Kapital bozorining ikkinchi yirik segmenti sug'urta xizmatlari bozoridir. Daromadning katta qismi sug'urtalovchilarning badallari hisobiga olinadi. Ushbu turdagi xizmatlarni taqdim etuvchi kompaniyalar turli o'lchamlarda bo'lishi mumkin, ammo eng katta ishtirokchilar transmilliy kompaniyalardir. Bu ishlab chiqarish sektori, shuningdek, uy xo'jaligi sektori manfaatlariga xizmat qiladi.
Kapital bozorining yana bir muhim segmenti fond bozoridir. Zero, qimmatli qog'ozlar bozori moliyalashtirishning eng muhim manbalaridan biri bo'lib, odatda
iqtisodiyotning barometri sifatida tan olinadi. U har xil turdagi qimmatli qog'ozlar, shuningdek derivativlar - fyuchers va optsionlar bilan savdo qiladi. Ushbu segment omonatchilarni yanada faol investitsiya faoliyatiga undaydi va eng muhimi, mablag'larni qayta taqsimlash imkonini beradi. Real sektor vakillari ko'pincha qo'shimcha moliyaviy daromad olish maqsadida moliyaviy aktivlarining bir qismini qimmatli qog'ozlarda saqlaydilar. Bundan tashqari, ular turli vaqt oralig'ida risklar va daromadlarni taqsimlash imkonini beruvchi investitsiya portfellaridan foydalanadilar.
Tahlil va natijalar
Dunyo bo'ylab fond bozori faoliyatiga hukumatning aralashuv siyosati doimiy ta'sir ko'rsatadi. 2020-yilning birinchi yarmida jahon mamlakatlari COVID-19 pandemiyasini e'lon qilganidan so'ng, fond bozorlari oldingi global moliyaviy inqirozlar (masalan, 1930-, 1987- va 2008-yillar) va Ispan grippi, SARS va Ebola pandemiyasi davridagi darajalarga nisbatan ham misli ko'rilmagan yuqori volatillik(o'zgaruvchanlik)ni qayd etdi.
Qimmatli qog'ozlar moliya bozorida amal qiladigan moliyaviy instrumentlarning boshqa turlaridan farqli o'laroq eng katta va alohida bozoriga ega bo'lgan guruhini tashkil etganligi munosabati bilan uni o'rganish alohida yondashuvni talab etadi.
Qimmatli qog'ozlar iqtisodiyotda o'z ahamiyati, o'rni va funksiyalarini allaqachon isbotlaganligiga qaramay, ularning mazmuni to'g'risida hanuzgacha qizg'in bahslar davom etmoqda. Qimmatli qog'ozlar bozorida bir paytning o'zida bozor aylanmasining ob'ekti hamda tomonlarga mulkiy va boshqa turdagi huquqlar bilan birga, majburiyatlarni ham berish xususiyatiga ega bo'lganligi bois, ularning iqtisodiy mohiyatini aniqlashda ushbu iqtisodiy hodisaning ham iqtisodiy, ham yuridik jihatlarini o'zida jamlovchi integratsiyalashgan yondashuv haqida fikr yuritish maqsadga muvofiq bo'ladi.
Iqtisodiy adabiyotlarda va so'zlashuvda qimmatli qog'ozlar bozori va fond bozori tushunchalari ko'plab uchraydi. Iqtisodchi E.Jukovning fikricha, "hozirgi paytda qimmatli qog'ozlarning iqtisodiyotni moliyalashtirishda ishtirok etuvchi uchta bozori mavjud: birjadan tashqari, fond (birja) va ko'cha bozori".
Yuqoridagi ta'riflardan kelib chiqqan holda, "fond bozori" va "qimmatli qog'ozlar bozori"ni bir xil mazmundagi tushunchalar sifatida qarashni o'rinli, deb hisoblaymiz. Bir vaqtning o'zida qimmatli qog'ozlar fond bozori (qimmatli qog'ozlar bozori)da harakatlanadi.
Fond bozori - qimmatli qog'ozlar emissiyasi va ularning oldi-sotdisi bilan shug'ullanadigan soha va qimmatli qog'ozlar muomalasi bo'yicha moliyaviy munosabatlar majmui bo'lib, uning asosiy vazifasi "jamg'arma-investitsiya" mexanizmini ishga tushirish, kengaytirilgan takror ishlab chiqarishga va texnika taraqqiyotiga zarur bo'lgan moliyaviy mablag'larni to'plash va taqsimlash, yuridik va jismoniy shaxslarning sarmoyalarini jalb qilish, ularni yanada ko'paytirish va
iqtisodiyot tarmoqlariga yo'naltirish orqali iqtisodiyotning modernizatsiyalashuvini ta'minlash kabilardan iborat . Shuningdek, fond bozori va unda faoliyat ko'rsatayotgan vositachilar moliyaviy tizimning tarkibiy qismi bo'lib, ortiqcha mablag'larni investorlardan iste'molchilarga qayta taqsimlash jarayonini tezlashtirishga imkoniyat beradi.
Fond bozorida bir paytning o'zida bozor aylanmasining ob'ekti hamda tomonlarga mulkiy va boshqa turdagi huquqlar bilan birga, majburiyatlarni ham berish xususiyatiga ega bo'lganligi bois, ularning iqtisodiy mohiyatini aniqlashda ushbu iqtisodiy hodisaning ham iqtisodiy, ham yuridik jihatlarini o'zida jamlovchi integratsiyalashgan yondashuv haqida fikr yuritish maqsadga muvofiq bo'ladi.
Fond bozorida bo'sh turgan pul mablag'larini to'plash, ularni ssuda kapitaliga aylantirish, so'ngra uni ishlab chiqarish jarayonlari ishtirokchilari (banklar, korxonalar, firmalar, shuningdek, mamlakat aholisi) o'rtasida taqsimlash munosabatlari: qimmatli qog'ozlar, korxonalarning aktsiyalari hamda davlat obligatsiyalari bilan oldi-sotdi operatsiyalari olib boriladi. Fond bozori pul kapitalining qayta taqsimlanishida ishtirok etadigan banklar, fond birjalari va boshqa moliya-kredit muassasalari majmuini o'z ichiga oladi. Kapital bozori pul bozori bilan birga iqtisodiyotning tarmoqlari va hukumat uchun tashqi kapital manbai hisoblanadi, ssuda kapitaliga talab va taklifni shakllantiradi.
Kapital bozori kompaniyalar va davlatning qisqa muddatli qimmatli qog'ozlari bilan ham shug'ullanadi. Kapital bozori qimmatli qog'ozlarni sotuvchilar va sotib oluvchilar, ixtisoslashgan fond brokerlari, savdo va tijorat banklari, markaziy bank, pensiya fondlari, sug'urta kompaniyalari, investitsiya kompaniyalari, sanoat korxonalari, xorijiy investorlar, korxonalar, tashkilotlar ishtirok etadilar. Manbalar va kiritilgan sohalariga qarab xalqaro va milliy kapital bozorlari bor (valyuta bozori, birja).
Kapital bozori ikki asosiy vazifani bajaradi:
a) birlamchi bozor yoki yangi emissiya bozori, bunda investitsiya va boshqa maqsadlar uchun zarur bo'ladigan kapital yangi aktsiya, obligatsiya va boshqa qimmatli qog'ozlarni chiqarish hisobiga shakllantiriladi;
b) ikkilamchi bozor, bunda mavjud qimmatli qog'ozlar bilan operatsiyalar olib boriladi. Ikkilamchi bozor qimmatli qog'ozlarni sotuvchilardan xaridorlar qo'liga o'tishni engillashtiradi. Kapital bozori mamlakat moliya tizimida muhim o'rin egallab, aholining jamg'arilgan mablag'larini investitsiyalarga va investitsiyalarni qimmatli qog'ozlar portfeliga aylantirish mexanizmi bo'lib xizmat qiladi. O'zbekistonda 200 dan ortiq brokerlik idoralariga ega bo'lgan "Toshkent" fond birjasi 1994 yildan boshlab qimmatli qog'ozlar savdosi bilan shug'ullanadi.
Kapital bozori (qimmatli qog'ozlar bozori) moliya tizimining asosiy bo'g'ini sifatida uning barqarorligini ta'minlash, mamlakat raqobatbardoshligini oshirishga ta'sir ko'rsatuvchi muhim omil hisoblanadi. Shu bois rivojlangan mamlakatlarda undan iqtisodiyotga investitsiya jalb qilishning asosiy vositalaridan biri sifatida keng foydalaniladi. Negaki, kapital bozori rivojlanmasa, raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirish hamda investitsiyaviy faollikni oshirish borasidagi barcha harakatlar besamar ketadi. Shu ma'noda, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi "Kapital bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-6207-son Farmoni bilan mamlakatimizda kapital bozorini rivojlantirish yuzasidan aniq vazifalar belgilab berilganligi kapital bozorini taraqqiy ettirish borasida muhim qadam bo'ldi, deyish mumkin.
Har qanday biznes subyekti, u xoh jismoniy, xoh yuridik shaxs bo'lsin, o'zining biron tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun aksariyat holatlarda qo'shimcha moliyaviy resurslarga ehtiyoj sezadi. Bizga ma'lumki, bugungi kunda ko'pgina ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarni moliyalashtirish manbasi sifatida davlat tomonidan beriladigan mablag'lar yoki tijorat banklarining kreditlari asosiy dastak vazifasini bajarib kelmoqda. Shuning uchun ham moliyaviy bozorni taraqqiy ettirish bo'yicha hukumatimiz oldida turgan asosiy vazifalardan biri kapital bozorini rivojlantirish, qaysidir ma'noda uni bozor iqtisodiyotining samarali elementiga aylantirish va harakatga keltirish masalasi hisoblanadi. Bu borada amalga oshirilishi belgilangan ishlarning normativ-huquqiy asosi sifatida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining
2021-yil 13-apreldagi "Kapital bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-6207-sonli Farmoni hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining
2022-yil 17-yanvardagi "Kapital bozorini qo'llab-quvvatlashning samarali mexanizmlarini joriy etishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"dagi PQ-90-son Qarorlarini keltirib o'tish o'rinli. Ushbu me'yoriy hujjatlarda kapital bozorini rivojlantirishning asosiy yo'nalishlari belgilab berilgan bo'lib, ular quyidagilar:
- kapital bozorining raqobatbardoshligini oshirish va uning kapitallashuvini 2023-yil yakuniga qadar 45 trln. so'mga yetkazish, bank tomonidan kreditlashga muqobil bo'lgan samarali moliyalashtirish mexanizmini yaratish;
- xalqaro moliya bozorlari bilan faol integratsiyalashuv, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish va xorijda muvaffaqiyatli sinovdan o'tgan ilg'or yondashuvlarni qo'llash orqali barcha toifadagi investorlar uchun kapital bozorining qulayligini oshirish;
- kapital bozorining uyg'un faoliyati va uning barcha segmentlari rivojlanishini ta'minlash orqali 2023-yil yakuniga qadar respublika va hududiy investitsiya dasturlari doirasida loyihalarning qimmatli qog'ozlar chiqarish orqali moliyalashtirilgan qismini 5 foizga yetkazish;
- sohaga ilg'or xalqaro amaliyotni joriy qilish, ortiqcha to'siqlar va cheklovlarni bartaraf etish orqali fond bozorida rivojlanish maqsadlariga yo'naltirilgan investitsiyalarni faol moliyalashtirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish;
- xalqaro mezonlar va tajribalarni joriy qilgan holda, kapital bozorini tartibga solishning yaxlitligini va tizimli tavakkalchiliklarning oldini olishni ta'minlovchi qonunchilik bazasini yaratish;
- kapital bozorini zamonaviy talablarga javob beradigan kadrlar bilan ta'minlash tizimini rivojlantirish, istiqbolli, shu jumladan xorijiy mutaxassislarni jalb qilish uchun jozibador shart-sharoitlarni yaratish;
- kapital bozori uchun soha mutaxassislarini tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirishni tizimli yo'lga qo'yish;
- minoritar investorlar, kapital bozorining boshqa ishtirokchilari hamda aholi keng qatlamlarining bilimlari, ko'nikmalari va moliyaviy savodxonligini oshirishni qo'llab-quvvatlash dasturlari doirasida 2023-yil yakuniga qadar 40 ming nafar aholini qamrab olish.


Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin