Mavzu: O'zbekiston Respublikasi moliya tizimini rivojlantirishda fond bozorning o'rni Reja Kirish


O‘zbekiston Respublikasi moliya tizimida fond bozorning tutgan o'rni



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə2/5
tarix20.09.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#145578
1   2   3   4   5
O\'zbekiston Respublikasi moliya tizimini rivojlantirishda fond bozorning1

1. O‘zbekiston Respublikasi moliya tizimida fond bozorning tutgan o'rni
Moliya bozori - bu monetizatsiyalashgan real investitsion bazisga ekvivalent moliyaviy instrumenter bilan bog'liq tashkillashgan iqtisodiy - xuquqiy mexanizm bilan ta'minlangan munosabatlarni maqsadli amalga oshiruvchi, iqtisodiyot sub'ektlari uchun zaruriy bozor sharoitlarini yaratib beruvchi majmua sifatida namoyon bo'luvchi tizim.
"Moliya bozori - pul kapitalining harakatlanishi bilan bog'liq iqtisodiy munosabatlar va institutlar majmuidir".
"Moliya bozori - moliyaviy vositalardan foydalangan holda moliyaviy bitimlarni amalga oshirish sohasi".
"Moliya bozori - ortiqcha mablag'larga ega odamlardagi pul mablag'larini pul mablag'lari yetishmayotganlarga o'tkazib berishga xizmat qiluvchi bozor".
Moliyaviy resurslarni jalb qilishda foydalanuvchi usullarni asoslashda nazariy va amaliy yondashuvlarni tahlil qilish mahalliy, milliy va jaxon kapital bozorlariga nisbatan quyidagi xulosalarni chiqarish imkonini berdi:
- birinchi navbatda, moliyaviy resurslarni jalb qilish usullari moliyaviy menejmentning maqsadlariga mos ravishda farqlanadi;
- ikkinchidan, moliyaviy resurslarni jalb qilish usullari kapital bozorining segmentlari va turlari bo'yicha o'z xususiyatlariga ega;
- uchinchidan, moliyaviy resurslarni jalb qilish usullari moliyaviy vositalar asosida aniqlanadi;
- to'rtinchidan, moliyaviy resurslarni jalb qilish usullari quyidagi parametrlar: moliyaviy resurslarni jalb qilish maqsadlari, hajmi va shartlari, kompaniyaning tashkiliy va iqtisodiy xususiyatlariga bog'liq.
Moliyaviy resurslarni jalb qilish jarayonida foydalaniluvchi moliyaviy instrumentlarning o'ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda iqtisodiyotning korporativ sektorida kapital bozori segmentlarining o'zaro munosabatlari shakllanadi. O'z navbatida, segmentlar o'zaro ta'sirining xususiyatlari va darajasini tahlil qilish qimmatli qog'ozlar bozori va kredit bozorining (kuchli, o'rta, zaif) uch turdagi o'zaro bog'liqligini aniqlash va tavsiflash imkonini beradi.
Lekin har qanday bozorni u yoki bu belgi asosida tasniflanishining mazmuni uning tovari hususiyatlari bilan bog'liq holda amaliy ahamiyati bilan belgilanishini hisobga olsak hamda, agar ko'rilayotgan bozor turlaridagi tovarlarni hususiyati, kelib chiqishi va ularning bozor muomalasini bir-biri bilan taqqoslaydigan bo'lsak, albatta sezilarli farq namoyon bo'ladi. Masalan, ishlab chiqariladigan tovarlar muomalasi uchun ularga hos bo'lgan bozor zarur, qimmatli qog'ozlar uchun esa faqat moliya bozori, pul (valyuta) va kreditlar uchun - mos ravishda pul bozori va kreditlar bozori bo'lishi kerak va h.k. Bunda real tovar, moliya instrumentlaridan farqli, bir yoki bir necha marotaba oldi-sotti bo'ladi, qimmatli qog'ozlar esa cheklanmagan martta oldi-sotti bo'lishi mumkin. Umuman olganda tovar kimningdir tomonidan ishlab
chiqariladi, moliyaviy instrument (jumladan qimmatli qog'oz) esa muomalaga chiqariladi.

1.1 rasm Fond bozori rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar
Moliya bozori har qanday mamlakatning umumiy bozorini tarkibiy, ammo, asosiy va alohida qismidir. Lekin, moliya bozorining asosi real tovarlar bozoridir. Bunda moliya bozori real iqtisodiyot va tovar bozorining ustqurmasi sifatida namoyon bo'lishi bilan birga tovar bozori va iqtisodiyotni moliyaviy ta'minlaydi va muvofiqlashtiradi, umuman iqtisodiyotning ob'ektiv holatini ifodalaydi va rivojlanishini belgilaydi.
O'zbekistonda qimmatli qog'ozlar bozorining iqtisodiyotdagi ahamiyatini yanada oshirish maqsadga muvofiqdir. Bu borada O'zbekiston Respublikasi Przidentining topshirig'iga asosan
"2020-2025-yillarda fond bozorini rivojlantirish strategiyasi" ishlab chiqish borasida mas'ul davlat organi va tashkilotlari tomonidan muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, uyushgan qimmatli qog'ozlar bozorining qimmatli qog'ozlar bozoridagi umumiy savdo hajmidagi ulushi sezilarli darajada past ekanligini hisobga olsak, uyushgan qimmatli qog'ozlar bozorini institutitsional va infratuzilmaviy jihatdan yanada rivojlantirish, fond birjasi listing talablarini qayta ko'rib chiqish, fond birjasi va elektron savdo tizimlaridagi komission yig'imlar tarifini engillashtirish, xususiylashtirish jarayonlarida AJlaridagi davlat ulushining fond birjalaridagi erkin savdosini tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Moliya bozorini samarali tashkil etish kapital bozorining tuzilmasi, fond birjasi hamda markaziy depozitariyning funktsiyalari, birja savdolari texnologiyasi, listing xususiyatlari, korporativ boshqaruv asoslari, investorlar bilan munosabatlar, marketing vositalari, loyihani boshqarish bo'yicha xorij tajribasi va amaliyotiga jiddiy e'tibor qaratish, shuningdek, bu boradagi muammolarni hal etish bilan chambarchas bog'liqdir. 4
Tahlillar ko'rsatishicha, barcha rivojlanayotgan mamlakatlarda kuzatilayotgan o'xshash jihatlardan biri likvidlilikning etishmasligidir. Vaholanki, likvidlilik har qanday iqtisodiyot taraqqiyotida hal qiluvchi omil bo'lib, bunda bir-biri bilan bog'liq shunday jarayon kuzatiladiki, chet ellik sarmoyador kompaniya likvidli bo'lsa, unga investitsiya jalb qiladi, ayni paytda korxonaga sarmoya kiritmay turib, likvidlilikni oshirish mushkul. Aynan shu o'zaro bog'liqlikni ta'minlash yoki boshqarish professional yondashuvni talab etadi.
Moliya bozorini samarali tashkil etish va boshqarishda tartibga solish jarayoni juda muhim, ammo u haddan tashqari qat'iylashtirilmasligi zarur. Ushbu bozor rivojlanishi uchun uning ishtirokchilari ko'lamini kengaytirish va bu jarayon listing talabiga javob bermaydigan korxonalar hisobiga amalga oshirilmasligi darkor.
Birjada emitentlar ortib, ular tomonidan obligatsiya va aktsiyalar muomalaga chiqarilsa va daromadli bo'lsa, ularni sotib olishga qiziqish kuchayadi. Natijada YalM hajmida banklar va birja ulushlarining balanslashuvi ta'minlanadi. Shuningdek, moliya bozori rivojida aholi o'rtasida moliyaviy madaniyatni oshirish ham o'ziga xos rol o'ynaydi. Masalan, Vengriyada 2003-yilda bu borada katta islohotni amalga oshirishga kirishilgan, hozirga kelib bu mamlakatda moliyaviy madaniyatni shakllantirish masalasi maktab darsliklaridan o'rin olgan.
J
ahon kapital bozorida kuzatilayotgan muhim jihatlaridan yana biri bu, xorijiy investor qaysidir mamlakatga sarmoya kiritmoqchi bo'lsa, uning mahalliy qonun-qoidalarga moslashuvi qiyin kechadi.
1.2 rasm Fond bozori
Xalqaro standartlarga muvofiq mavjud milliy qonunchilik esa chet ellik sarmoyadorga qulay sharoit yaratadi. Jahon talablariga tayanilgan holda hayotga tatbiq etiladigan xuddi shunday hujjatlar qatoriga korporativ boshqaruv kodeksini kiritish mumkin. Shu bois, ishtirokchilarga korporativ boshqaruv tamoyillarining huquqiy asoslari, uni tatbiq etishning o'ziga xos xususiyatlari, shuningdek, AJlarda direktorlar kengashi, unda mustaqil a'zolarning o'rni ham alohida ega. U yerda rivojlangan mamlakatlardagi singari aktsiyalar bilan oldi-sotdini amalga oshirish uchun masofadan turib brokerlik hisob raqami ochish yo'lga qo'yilgan ekan. Bu xorijiy investorlar uchun juda katta qulaylik va bozor ishtirokchilari sonini oshirishda zarur omillardan biri hisoblanadi. Bizda esa bu jarayon hali yo'lga qo'yilmagan va mavjud qonunchilikka o'zgartirish kiritmasdan turib, uni amalga oshirish imkonsizdir.
Korporativ harakatlarga xizmat ko'rsatish asosida: kapital bozori ishtirokchilarining vaqt va moliyaviy xarajatlarini kamaytirish; kapital bozori ishtirokchilari o'zaro hisob-kitoblaridagi xatarni kamaytirish; daromadlar to'lovi va moliyaviy instrumentlarni so'ndirishning markazlashtirilgan tizimini joriy etish; Markaziy depozitariyni O'zbekiston kapital bozorida yagona hisob-kitob tashkiloti sifatida rivojlantirishga erishiladi.


Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin