Mavzu: O'zbekiston qishloq xo'jaligi geografiyasi agro sanoat majmuasi Agrosanoat majmuasi (asm)


Mavzu: O'zbekistonda urbanizatsiya jarayonlarining rivojlanishi



Yüklə 209 Kb.
səhifə22/22
tarix03.04.2023
ölçüsü209 Kb.
#92799
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
O\'zbekiston geografiyasiююююю

Mavzu: O'zbekistonda urbanizatsiya jarayonlarining rivojlanishi
Urbanizatsiyaning o‘ziga xos ijobiy va salbiy xususiyatlari borligi barchaga ma’lum. Lekin bu — alohida mavzu. Shunisi aniqki, urbanizatsiyaning qay darajada ijobiy yoki salbiy ahamiyatga ega bo‘lishi uning davlat tomonidan tartibga solinishi yoki solinmasligi bilan bog‘liq.
Soddaroq qilib aytganda, agar urbanizatsiya jarayonlari yetarlicha tartibga solinmasa shaharlar aholisining soni va u yerda mavjud infratuzilma, uy-joy, ish o‘rinlari soni o‘rtasida katta tafovut paydo bo‘ladi. Bu esa, shaharning umumiy qiyofasini ayanchli ahvolga olib kelishi bilan bir qatorda juda ko‘plab ijtimoiy va iqtisodiy muammolar, masalan, ishsizlik, narx-navoning ortishi, uy-joy tanqisligi, ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalarining yetishmasligi kabilarni keltirib chiqaradi.
Prezidentning “Urbanizatsiya jarayonlarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni aynan ana shu muammolarning paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik, urbanizatsiya darajasini har tomonlama puxta o‘ylab, aql bilan tartibga solish uchun qabul qilindi.
Yangi tashkil etilgan Urbanizatsiya agentligining asosiy vazifasi ham aynan shu jarayonlarni tartibga solishdan shundan iborat bo‘ladi.
Yerni xususiylashtirishdan maqsad nima?
Prezidentning “Urbanizatsiya jarayonlarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonining yana bir muhim ahamiyati shundaki, 2019- yil 1-iyuldan boshlab jismoniy va yuridik shaxslarga o‘zlariga tegishli uy-joylar, bino va inshootlar egallab turgan yer uchastkalarini xususiylashtirish huquqi beriladi.
Yer uchastkalariga nisbatan xususiy mulk biz uchun mutlaqo yangi tushuncha emas. Amaldagi Yer kodeksida ham savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari xususiylashtirilayotganda ular egallagan yer uchastlari bilan birgalikda xususiylashtirish mumkinligi, shuningdek xorijiy diplomatik vakolatxonalar mamlakatimizda yer uchastkalarini xususiy mulk sifatida sotib olishlari mumkinligi nazarda tutilgan.
Lekin qabul qilingan farmonning ko‘lami juda keng. Bunda barcha yuridik va jismoniy shaxslarga o‘zlari egallagan yer uchastlarini xususiylashtirish huquqi beriladi.
Yerlarni xususiylashtirishdan maqsad nima? Shuni aytish kerakki, bundan ko‘zlangan eng asosiy maqsad ayrim tahlilchilar tushunib-tushunmay aytayotganlaridek davlat byudjetini qo‘shimcha daromad bilan to‘ldirish emas.
Birinchi navbatda bu islohot odamlarni mulkdor qilishga qaratilgan. Ya’ni fuqarolar va tashkilotlar o‘zlari egalik qilyotgan yoki foydalanayotgan yer uchastkasini davlatdan muayyan nominal qiymatda xarid qilgan holda, bozor narxida undan bir necha barobar qimmat mol-mulkka ega bo‘ladi. Xususiylashtirilgan yerlar fuqarolik oborotiga kirishi natijasida esa, uning narxi borgan sari ortib boraveradi. Natijasida fuqarolar qo‘lidagi mol-mulkning qiymati, o‘z navbatida ularning iqtisodiy holati ortib boraveradi.
Yerga nisbatan xususiy mulkni joriy etishdan ko‘zlangan keyingi maqsad mulk huquqini to‘liq kafolatlashdan iborat. Yer uchastkasi mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgandan keyin uning o‘zi ham, uni ustida joylashgan bino ham to‘liq daxlsiz bo‘ladi. Bu investorlar uchun eng muhim kafolat hisoblanadi.
Urbanizatsiyani boshqarish va yerlarni xususiylashtirish o‘rtasida qanday bog‘liqlik bor?
Har ikki islohot (urbanizatsiyani boshqarishga o‘tish va yer uchastkalarini xususiylashtirish) alohida olganda juda katta va mustaqil, shu bilan birga, bir-biri bilan chambarchas bog‘liq islohot hisoblanadi.
Yüklə 209 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin