Mavzu: O'rta yoshdagi bolalar uchun harakatli o'yinlarni tashkil qilish. Egiluvchanlikni rivojlantiruvchi harakatli o'yinlar


Egiluvchanlikni tarbiyalovchi o’yinlar



Yüklə 105,5 Kb.
səhifə5/6
tarix02.01.2022
ölçüsü105,5 Kb.
#38652
1   2   3   4   5   6
Mavzu: O'rta yoshdagi bolalar uchun harakatli o'yinlarni tashkil

3.Egiluvchanlikni tarbiyalovchi o’yinlar.
Egiluvchanlik shug’ullanuvchilarning yoshiga va jinsiga bog’liq. Faol egiluvchanlik 10-14 yoshda, sust egiluvchanlik 9-10 yoshda kuzatiladi. Egiluvchanlik o’sishining turli bosqichlari bor.

Qizlarda 14-15 va 16-17 yoshda egiluvchanlik o’sishining yuqori sur`atlari belgilangan, o’g’il bolalarda esa 9-10, 13-14 va 15-16 yoshdir. 13-15 yosh turli bo’g’imlarning harakatchanligi rivojlanadigan paytdir.

Egiluvchanlikni rivojlantirish ustida ishlash kichik va maktab yoshidagi bolalarda kattalarga nisbatan oson kechadi. 12-20 yoshdan keyin harakat amplitudasi kamayadi va yosh o’zgargan sari tayanch-harakat apparati rivojlanishi qiyinroq bo’ladi.

Qizlarda o’g’il bolalarga nisbatan 20-30% yuqori bo’ladi. Bu farq erkaklarda va ayollarda ham kuzatiladi.

Egiluvchanlik organizm holatida tashqi sharoitda (ko’p vaqtda atrof-muhit harorati) etarlicha katta oraliqda tez o’zgaradi.

Egiluvchanlikning pasayishi ertalab uyqudan keyin kuzatiladi va u asta-sekin kuchayib, kunduzi yuqori nuqtasini egallaydi, lekin kechga borib, yana pasayadi.

Egiluvchanlikning eng ko’p o’sishi 12.00 -17.00 bo’lgan vaqt oralig’ida kuzatiladi. Badan qizdirish, uqalash, isituvchi muolajalar (issiq vanna, qaynoq dush) harakat amplitudasini ko’taradi. Bo’g’imlardagi harakatning pasayishi ovqat egandan keyin mushaklarning sovib qolishidan hosil bo’ladi.

Mushaklarning charchab qolish darajasi egiluvchanlikka har xil ta`sir qiladi: faol egiluvchanlik kamayadi va sust egiluvchanlik ko’payadi. Hayajonlanish yuqori bo’lgan paytda (musobaqa vaqtida) harakat amplitudasi o’sadi. Egiluvchanlik qaysidir manoda genetik omillarga ham bog’liq. Shunday odamlar borki, ularning bo’g’imlaridagi harakatchanlik tug’ma chegaralangan bo’ladi, boshqalarida esa buning yuqoriligi kuzatiladi. Bu esa egiluvchanlik muhim bo’lgan sport turlari uchun bolalarni tanlashga yordam beradi.

Egiluvchanlik bo’g’imlar harakatchanligi darajasini ko’rsatadi. Harakatchanlikning miqdoriy ifodasi – harakatlar amplitudasi. Egiluvchanlik uloqtirishlarda, ayrim sakrash turlarida, gimnastik hamda akrobatik mashqlarda, yangi harakat shakllarini yanada samarali egallashda shiddat natijalarining ko’tarilishiga ko’maklashadi.

Kichik maktab yoshida egiluvchanlikni shakllantirish uchun qulay sharoit mavjud. Bu, eng avvalo, tayanch-harakat apparatining morfologik xususiyatlariga bog’liq va mushaklarning yuqori cho’ziluvchanligi, umurtqa pog’onasining harakatchanligi demakdir. 7-10 yoshli bolalarda egiluvchanlikning rivojlanish sur`atlari tabiiy ravishda juda yuqori ekanligi kuzatiladi. 11-13 yoshli qizlarda va 13-15 yoshli o’g’il bolalarda faol egiluvchanlik maksimal kattaliklarga erishadi.

7 dan 10 yoshgacha bo’lgan davr harakatlar epchilligining rivojlanish sur`atlari yuqoriligi bilan tavsiflanadi. Bunga MAT ning (markaziy asab tizimi) moslashuvchanligi, harakat analizatorining shiddatli takomillashuvi yordam beradi, u xususan, harakatning makoniy hamda vaqt xususiyatlarida ifodalanadi.

Maktabdagi jismoniy tarbiya darsida yuzaga kelgan o’yin vaziyatiga qarab faoliyatni qo’qqisdan o’zgartirishni talab qiladigan o’yinlarni qo’llash, turli anjomlar bilan mashqlar bajarish, shuningdek, tananing alohida qismlari bilan muvofiqlashgan harakatlarni bajarish kabi murakkablashtirilgan topshiriqlar berish epchillik sifatining takomillashuviga yordam beradi

O’smirlik davrida egiluvchanlikni takomillashtirish uchun cho’zilishga oid maxsus mashqlar, to’la amplitudali va sherik bilan bajariladigan mashqlar ko’p qo’llaniladi. Bu yoshda ma`lum sport turiga xos jismoniy mashqlar egiluvchanlikni tarbiyalashning asosiy vositalari sanaladi.

Juda erta go’daklik davridanoq to’g’ri qad-qomatni tarbiyalashga katta ahamiyat berish kerak. Fiziologik jihatdan to’g’ri qomat nafas olish, qon aylanish, ovqat hazm qilish tizimlari, tayanch-harakat apparatining eng maqbul faoliyatini ta`minlaydi. To’g’ri qomat harakatlar muvofiqligini engillashtiradi. Ko’pgina sport mashqlarini (masalan, gimnastikada) noto’g’ri rivojlangan qomat bilan bajarib bo’lmaydi.

To’g’ri qomatni shakllantirish uchun uning buzilishi oldini oladigan choralarni qo’llash zarur. Bular qatoriga, eng avvalo, bir turli, uzoq muddat saqlab turiladigan vaziyatlarga barham berish, bir qo’lda yuk ko’tarmaslik, yumshoq o’rinda uxlamaslik kabilar kiradi.

Bolalarga egiluvchanlikni tarbiyalash uchun «Tizza оstida ro’mоlcha», «Tayoqni


davraga irg’itish», «To’siqdan sakrab o’tish», «Tоsh o’yin» kabi o’yinlar tavsiya
etiladi. Masalan, biz 11-12 yoshli o’quvchilar uchun qiziqarli va egiluvchanlik
sifatini samarali ravishda оshiradigan «Tоsh o’yin» o’yinini tavsiya etamiz.
28
O’yinda ishtirоk etuvchilar dоira bo’ylab turadilar. Ularning har biri, bir
o’yinchidan tashqari, qo’llariga beshtadan tоshcha ushlab оladi.



Yüklə 105,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin