Ish jarayonlari vaqti
|
Faoliyatning mazmuni
|
Oʼqituvchi
|
Talaba
|
Tayyorlov bosqichi
|
Mavzuni, vaziyat mazmunini aniqlaydi, informatsion taʼminotga tayyorgarlik koʼradi, “keys - stadi”ni rasmiylashtiradi, keysni koʼpaytirish muammosini hal etadi. Mustaqil ravishda tayyorgarlik koʼrishni, tavsiya etilgan adabiyotlarni oʼqib oʼrganishni tavsiya etadi
|
Tinglaydilar
|
I-bosqich. Mavzuga kirish
(10 daqiqa)
|
Oʼquv mashgʼuloti mavzusi, maqsadi, vazifalari va oʼquv faoliyati natijalarini aytadi, dolzarbligi va ahamiyatiga toʼxtalib oʼtadi.
|
Tinglaydilar
|
Mavzu boʼyicha taʼlim oluvchilar bilimlarini faollashtirish maqsadida blits – soʼrov oʼtkazadi (1-ilova)
|
Savollarga javob beriladi
|
“Keys - stadi” vazifasini aniqlaydi. Аmaliy mashgʼulotning ish tartibi va natijalarni baholash mezonlari bilan tanishtiradi. Keys mazmuni bilan yanada yaqinroq tanishib chiqishlari uchun talabalarga materiallarni tarqatib chiqadi
|
Tinglaydilar
|
II-bosqich. Аsosiy
(70 daqiqa)
|
2.1. Keysda bor boʼlgan materiallarni muhokama qilishni tashkillashtiradi, diqqatni keys bilan ishlash qoidalariga, muammoni yechish algoritmiga va vazifani aniqlashtirishga qaratadi
|
Muhokama qiladilar
|
2.2. Mustaqil ravishda uyda yozib kelingan vaziyat tahlilini oʼtkazishni taklif qiladi
|
Vaziyatni mustaqil ravishda tahlil qiladilar
|
2.3.Talabalarni 3 ta kichik guruhlarga ajratadi. Mavzu boʼyicha tayyorlangan topshiriqlarni “Muammoli vaziyat” uslubidan foydalanilgan holda tarqatadi
|
Guruhlarga ajraladi, yozib oladilar, topshiriqlar ustida ishlaydilar
|
2.4. Kichik guruhlarda keys bilan yakka tartibda bajarilgan ishlar natijalarini muhokama qilishni tashkillashtiradi. Guruhlarga topshiriqlarni bajarish uchun yordam beradi, qoʼshimcha maʼlumotlardan foydalanishga imkon yaratadi. Diqqatlarini kutiladigan natijaga jalb qiladi
|
Faol qatnashadilar
|
2.5. Har bir guruh topshiriqlarni vatman-qogʼozlarga tushirib, taqdimotini oʼtkazishda yordam beradi, izoh beradi, bilimlarini umumlashtiradi, xulosalarga alohida eʼtibor beradi. Topshiriqlarning bajarilishi qay darajada toʼgʼri ekanligini diqqat bilan tinglaydi
|
Jamoa boʼlib bajarilgan ishning taqdimotini oʼtkazadilar, baxs-munozara yuritadilar, qoʼ-shimchalar qiladilar, baholaydilar, xulosa chiqaradilar
|
2.6. Talabalarning taqdimotda koʼrsatilgan fikrlarini umumlashtiradi
|
Tinglaydilar
|
III-bosqich.
Yakuniy
(10 daqiqa)
|
3.1. Ish yakunlarini chiqaradi. Bugungi mavzu dolzarb ekanligiga toʼxtalib oʼtadi. Faol talabalarni baholash mezonlari orqali ragʼbatlantiradi
|
Eshitadi.
Аniqlaydi
|
3.2. Tavsiya etilgan muammo yechimlariga izoh beradi. Yana bir bor “Keys - stadi”ning ahamiyatiga atroflicha toʼxtalib oʼtadi
|
Tinglaydilar
|