Mavzu: Oila jamoasini jipslashtirish metodikasi. Reja: I. Kirish. II. Asosiy qism. I bob. Oila jamiyatning asosiy bo`g`inlaridan biridir



Yüklə 32,5 Kb.
səhifə2/10
tarix20.11.2023
ölçüsü32,5 Kb.
#162764
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
kurs ishi

Kurs ishining maqsadi: O‘zbekistonda so‘nggi davrlarda oilani qo‘llab-quvvatlash, xotin-qizlarga ijtimoiy ko‘maklar xizmatlarini tashkil qilish, xususan ular bandligini ta’minlash, ular imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish hamda oilaviy turmush, uning pastubalandi, oila iqtisodiyoti, oila psixologiyasi bo‘yicha zamonaviy bilim, ko‘nikma va malakalar bilan ularni qurollantirish dolzarb va davlat siyosati darajasidagi vazifaga aylantirish.
Kurs ishining obyekti: Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash borasida davlat hujjatlari ishlab chiqilib, tasdiqlangan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-fevraldagi “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-5325-sonli Farmoni ijrosini ta`minlash.
Kurs ishining predmeti: Jamiyat bo`g`ini bo`lgan oilani mustahkamlash va jipslashtiruvchi onillarni amalga oshirish.
Kurs ishining vazifalari: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-3808-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-iyuldagi “Ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashtirish, shuningdek, oilaviy-maishiy zo‘rlik ishlatishning oldini olish tizimini takomillashtirish.
O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-sentabrdagi “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi 561-son qonuni, 2019-yil 2-sentabrda “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi 562-son qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-fevraldagi “Jamiyatda ijtimoiyma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llabquvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5938-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-4602-son Qarori. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi huzuridagi “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini tashkil 6 etish to‘g‘risida”gi 367-son qarori asosida aholiga psixologik xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yishga erishishni nazarda tutadi. Mazkur o‘quv kursi tinglovichlarni mamlakatimizning oila, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlardan xabardorlik darajasini va oila psixologiyasi, shaxs yosh davrlari, shaxslararo munosabatlar psixologiyasiga oid bilimlarini oshirish hamda xotin-qizlarni mazkur bilimlarini amaliyotga tatbiq etish kompetentligini shakllantirishga xizmat qiladi.
Bu esa oilada shaxsning turli hayot bosqichlaridagi ruhiy psixologik holatlarini diagnostika qilishga, atrof-muhitdagi odamlar bilan sog‘lom ruhiy munosabat o‘rnatishga, inqiroz holatlar oldini olishga, oilada uchrashi mumkin bo‘lgan turli psixologik muammolarni anglash va ularning yechimlarini topish malakasiga hayot uslubi va shaxs tiplari haqidagi bilimlarni shakllanishiga xizmat qiladi. Shu bilan birga oiladagi nizolar va ularning turlari, er-xotin, qaynonakelin, ota-ona va farzand orasidagi oilaviy nizolarni bartaraf etishning psixologik usullari, muloqot kompetentligini, oilada shaxs ijtimoiylashuvini ta’minlashga qaratilgan trening mashg‘ulotlarini tashkil etish bugungi kunda eng dolzarb vazifalardan biridi.

Yüklə 32,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin