Mavzu: nefт va uni qayтa ishlash maхsuloтlari



Yüklə 34,96 Kb.
səhifə1/3
tarix02.12.2023
ölçüsü34,96 Kb.
#171075
  1   2   3
Neft maxsulotlarining kimyoviy tarkibi va xossalari.


Mavzu: «NEFТ va UNI QAYТA IShLASh MAХSULOТLARI


Mavzuga oid tayanch so’zlar:
Neft, uglevodorodlar, yonilg’ilar, kimyoviy tarkibi, oltingugurtli birikmalar, xaydash usuli, fraksiya, kreking, reforming, kislorodli birikmalar, azotli birikmalar, tozalash, gidrotozalash.

Reja:




  1. Neft xaqida umumiy ma’lumotlar.

  2. Neft maxsulotlarining kimeviy tarkibi

  3. Yonilg’ivamoylarningolinishixaqidatushuncha.

  4. Neft maxsulotlarini tozalash.



1.Neft xaqida umumiy ma’lumotlar.

Neft hamda gaz yer qobig’ining turli chuqurlikdagi qatlamlarida, turli - tuman g’ovak va boshqa tog’ jinslari orasida uglevodorod gazlari bilan birgalikda 1,2÷2 kilometr chuqurlikda yotadi. Yer qa’rida, asosan, qora rangli moysimon suyuqlik bo’lgan neft uchraydi. Neft so’zi forschayonib ketish, alangalanish ma’nosini anglatadi. Yer qa’rining cho’kindi qismida tarqalgan neft tashqi ko’rinishiga ko’ra o’ziga xos hidli quyuq moysimon suyuqlik bo’lib, turli tusdagi jigar rang ko’rinishga ega.


Neftning organik qoldiqlaridan hosil bo’lish mexanizmi ulardan kislorod bilan azotning yo’qolib, uglerod bilan vodorodning yig’ilishiga asoslanadi. Yer qa’rida neft hosil bo’lishi organik hayotning keng rivojlana boshlagan davri, ya’ni taxminan bundan 350÷400 million yil oldin boshlangan.
Neftning 4,5÷5 kilometrdan pastda bo’lganlari tarkibida yengil fraksiyalari oz miqdorda bo’lib, asosan, gazlar va gaz kondensatlari yig’ilgan bo’ladi. Bosim, harorat va ichki o’zgarishlar ta’sirida neft katta masofalarga siljishi mumkin. Odatda, Yer qa’ri-ning bir necha o’n metridan 5÷6 kilometrgacha chuqurlikda joylashadigan muhim foydali qazilmalardan hisoblanadi.
Neftning o’rtacha molekulyar massasi 220÷300 (ba’zan 450÷470 gacha ham yetadi) va neftning zichligi 770÷920kg/m3, bo’lib, 830 kg/m3 dan past bo’lgan turi yengil, 831÷860 kg/m3 atrofidagisi — o’rtacha va 860 kg/m3dan yuqorisi - og’ir neft deb yuritiladi. Neftning yonish issiqligi 43000÷45500 kDj/kg.
Neft tarkibida organik moddalar mavjudligi tufayli uni qaynash harorati bilan emas, balki suyuq uglevodorodlarning qaynash harorati bilan tavsiflanadi. Neft organik erituvchilarda eriydi, suvda erimaydi, ammo u bilan emulsiya hosil qilishi mumkin.
Har qanday tabiiy boylikni, shu jumladan neft va gaz manbalarini ham aniq bilish, chamalash va qanday geometrik shaklda joylashganligini o’rganish muhim ahamiyatga ega bo’lgan vazifadir. Zahiralarni aniq hisoblash konda olib borilgan izlash va qidirish natijalari asosida tayyorlanadi.
Respublikamizda neft va gaz sanoatining rivojlanishi ancha katta tarixga ega. 1870 - 1872 yillarda Farg’ona vodiysida 200 ga yaqin neft manbalari ma’lum edi.
Hozirgi kunda respublikamizda neftni qazib olish, neftni qayta ishlash va neft kimyo sanoatini rivojlantirishga katta e’tibor berilmoqda. O’zbekistonda neftni qayta ishlash 1885yildan boshlangan. O’zbekistonda neft zaxiralari Farg’ona vodiysida (Shimoliy So’x, Janubiy Olamushuk, Polvontosh, Sho’rsuv, Chimyon), Surxon vohasida («Xovdach», «Uchqizil», «Kokayti», «Qoshg’ar»), Qoraqalpog’istonda (Ust-Yurt), Shimoliy Muborakda va boshqa yerlarda joylashgan. Respublikamiz hududida Oltiariq (1906)va Farg’ona (1958) neftni qayta ishlash zavodlari, Muborak gazni qayta ishlash zavodi (1972), Sho’rton gaz kompleksi (oltingugurtdan tozalash qurilmalari bilan birga) (1980) va Buxoro neftni qayta ishlash zavodi (1997) qurilib ishga tushirildi.
Mustaqillikka erishilgandan beri respublikamizda neft va gaz sanoati rivojlanishiga alohida e’tibor berilib, yonilg’i ta’minoti mustaqilligiga erishildi.



Yüklə 34,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin