Mavzu: Molekulalarning elektron-tebranma-aylanma holatlari



Yüklə 1,24 Mb.
tarix23.02.2022
ölçüsü1,24 Mb.
#52986
14-Mavzu

Mavzu:Molekulalarning elektron-tebranma-aylanma holatlari.

Tuzuvchi:M.Usmonova

Reja

  • Molekulalarning optik sohadagi energetik pog‘onalari.
  • Molekulaning to‘lik energiyasi uning elektron, tebranma va aylanma harakat energiyalarining yig‘indisi ekanligi.
  • Molekulalarning aylanma xarakati. Aylanma xarakat qilayotgan ikki atomli molekulani klassik mexanika asosida qattik rotator sifatida tushuntirish.
  • Aylanma xarakat spektri va aylanma energetik pog‘onalar sistemasi.
  • Aylanma xarakat qilayotgan ko‘p atomli molekulalarning xarakat miqdori momenti va kinetik energiyasini klassik mexanika asosida ifodalash.

To’lqin nima?

To’lqin-tebranishning muhitda tarqalish jaroyoni.Bunda energiya uzatiladi.

To’lqinga tegishli fizik kattaliklar

  • To’lqin amplitudasi- To’lqinni muvozanat vaziyatidan qancha og’ishi
  • To’lqinning tebranish davri(T) –bir marta to’liq tebranishga sarflangan vaqt
  • To’lqin chastotasi (ƒ)-1sekundagi tebranishlar soni. ƒ =1/T
  • To’lqin uzunligi(λ) –bir tebranish davri(vaqti) davomida to’lqinning qanday masofaga siljishi

5.To’lqin plusi-1ta to’lqin to’lqin plusi deyiladi

6. To’lqin tezligi (C)

1)C= λ/T; 2) C= λ · ƒ;

To’lqin uzunligi kamaysa, to’lqin chastotasi ortadi.

To’lqin turlari

Toʻlqinlarning tarqalish jarayonida energiya fazoning bir nuqtasidan ikkinchi nuqtasiga uzatiladi, lekin zarralari koʻchmaydi. Turli xil mexanik, issiqlik, elektromagnit holat oʻzgarishlariga turli xil toʻlqinlar mos keladi.

Elastik toʻlqin

  • Elastik toʻlqin
  • Sirtiy toʻlqin
  • Elektromagnit toʻlqin
  • 1.Elastik to’lqin-deformatsiyalarni gaz, suyuqlik va qattiq jismlarda tarqalishi elastik toʻlqin deyiladi. Tovush toʻlqini va Yer qobigʻidan seysmik toʻlqin elastik toʻlqinning xususiy holi hisoblanadi.

    2.Sirtiy toʻlqinlar-Ikki muhit chegarasi sirti boʻylab tarqaluvchi toʻlqinlardir.

Elektromagnit to'lqin nima?

Elektro-magnit maydoning davriy ravishda o’zgarib turib tarqalishga elektromagnit to’lqin deyiladi.

Elektromagnit to'lqin turlari

  • Radio to'lqinlar;
  • Infraqizil radiatsiya, boshqacha aytganda, issiqlik;
  • Ko'rinadigan yorug'lik va rang;
  • Ultrabinafsha nur;
  • X-nurlari;
  • (Radiatsiya, shu jumladan) gamma nurlanish.

Infraqizil spektroskopiya. Agar kimyoviy moddaga IK nur bilan ta’sir qilinsa, nurning bir qismi moddaga yutiladi. Yutilgan nur energiyasi kimyoviy moddadagi bog’ning cho’zilishga sabab bo’ladi.

IQ spektrda faqat dipol momentini o’zgartiruvchi tebranishlargina signal hosil qiladi.

IQ spektrda faqat dipol momentini o’zgartiruvchi tebranishlargina signal hosil qiladi.

IQS funksiyonal guruhlarni taqsimlanishi.

IQ spektroskopiyadan foydalanish yo’llari

1.tebranish chastotalarining tahlili bilan noma’lum modda tuzilishini isbotlash;

2. spektrda keragidan ortiqcha tebranish chastotalari mavjud bo’lgan hollarda modda tozaligi haqida xulosa berish;

3. spektrdagi ”barmoq izlari” sohasini ko’rib, alohida yangi modda-larni identifikaisiyalash

Valent va deformasion tebranishlar farqini bilasizmi?

  • 1. Valent (stretching – inglizcha cho’zilish, garmonik harakat) tebranishlar. Molekuladagi normal tebranishlar natijasida kimyoviy bog’larning uzunligi o’zgaradi va bu xildagi tebranishlar n (nyu) harfi bilan ifodalanadi. Ular simmetrik (ns) yoki antisimmetrik (nas) tebranish chastotalariga bo’linadi.
  • 2. Deformatsion (bending – burilish, bukilish) tebranishlar. Modda molekulasidagi tebranishlar oqibatida valent bog’lari orasidagi burchaklar o’zgarganda deformatsion tebranishlar qayd etiladi. Molekuladagi deformatsion tebranishlar bir tekislikda sodir bo’lsa, d (delta) va bu tebranishlar bir tekislik chegarasidan chiqsa, p (pi) harflari bilan belgilanadi.

Valent tebranishlar qanday sodir bo’ladi?

Atomlar orasidagi masofa cho’zilishi yoki qisqarishi mumkin. Molekula atomlari orasidagi harakatlar bir xil bo’lsa, (bog’ uzuligining qisqarishi yoki cho’zilishi) simmetrik, agar har xil bo’lsa, antisimmetrik tebranishlar deyiladi.

Deformatsion tebranishlar qanday sodir bo’ladi

Deformatsion tebranishlarda bir atom bilan bog’langan qo’shni 2- atom bog’lari orasidagi burchak o’zgaradi, yoki bir guruh atomlar molekulaning qolgan qismiga nisbatan harakatlanadi, ammo bunda shu atomlar orasidagi masofa o’zgarmasdan qoladi. Bu xildagi tebranishlar aylanma (twisting – inglizcha burilish, o`ralish), mayatniksimon (roching – tebranish) va torsion (torsion – burama), qaychisimon (seissoring – qaychi bilan kesish), yelpig’ichsimon (wassing – yelpish) deyiladi.


Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin