Mavzu: Metallilik nazariyasi Bajardi: bbi -71 guruh talabasi



Yüklə 8,58 Kb.
səhifə1/4
tarix17.09.2023
ölçüsü8,58 Kb.
#144632
  1   2   3   4
Mavzu Metallilik nazariyasi Bajardi bbi -71 guruh talabasi-fayllar.org


Mavzu: Metallilik nazariyasi Bajardi: bbi -71 guruh talabasi

Mavzu:Metallilik nazariyasi

Bajardi: BBI -71 guruh talabasi

Jiyenbayeva Nurjamol

Pulning metallik nazariyasi

Pulning metallik nazariyasi kapitalning dastlabki davrida taraqqiy etdi. Moneta tarkibini buzish (monetaning og’irlik miqdorini kamaytirish)ga qarshi kurashda progressiv rol o’ynadi. Bu nazariyalar o’sha davr ruhi va tuzilayotgan burjuaziya ehtiyojlarini aks ettirib, merkantilistlar baquvvat metall pullari tarfdori bo’lib chiqdilar. Bu nazariya o’sha davr kapitalizmining eng rivojlangan davlati Angliyada maydonga keldi.

Metallik nazariyaning asoschilari

Metallik nazariyaning asoschilaridan biri U.Stefford (1554-1612y.) edi. U o’z qarashlarini o’zining Londonda 1581 yilda chop etilgan «Vatandoshlarimizning ba’zi odatiy arizalarining qisqartmasi» asarida bayon etdi. Bu oqim tarafdorlari Angliyada T.Men (1571-1641y.), D.Nors (1641-1691y.), Frantsiyada bu ta’limotni A.Monkreten (1575-1621y.), Italiyada F.Tamani (1728- 1787y.) va boshqalar rivojlantirdi. Ularning fikricha barqaror metall valyuta jamiyat iqtisodiy taraqqiyotining muhim shartlaridan biridir. Jamiyat a’zolarining jamg’arishga bo’lgan intilishi iqtisodchilarning boylikning manbaini o’rganishlariga sabab bo’ladi. Ular bu manbani savdodan izladilar. Ularning e’tirof etishlaricha aktiv savdo balansi mamlakatga oltin va kumushning kelishini ta’milaydi.

 Ilk metall nazariya tarafdorlarining asosiy kamchiliklari qo’yidagilardan iborat edi:


  • ilk metallchilar haqiqiy pullarni qiymat belgilari bilan almashtirish zarurligi maqsadga muvofiq kelishini tushunib etmadilar;

  • ilk metallchilar pulning jamiyat taraqqiyotida tovar muomalasi asosida yuzaga kelgan tarixiy kategoriya ekanligini tushunmadilar;

  • ular jamiyat boyligi deb qimmatbaho metallarni jamg’arishni tushundilar va «bunday boylik manbai savdodir» degan noo’rin fikrga keldilar.

Yüklə 8,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin