Mavzu: Meda osti bezi shirasining tarkibi va sekretsiya jarayoning kashf etilishi odam medasining sekretor funksiyasini o’rganish metodlari. Reja



Yüklə 121,08 Kb.
səhifə3/6
tarix02.05.2023
ölçüsü121,08 Kb.
#106241
1   2   3   4   5   6
Mavzu

Vagotonin. Bu gormon adashgan nervlar neyronlarining faolligini oshirib, nerv sistemasi parasimpatik boiimi qo'zg'aluvchanligini kuchaytiradi.
Sentropnein. Bu gormon nafas markazi neyronlarini stimullab, bron-xlarni kengaytiradi; bronxial astma davosi uchun ishlatiladi.
BUYRAK USTI BEZLARI
Buyrak usti bezlari ikki dona (o'ng va chap) bo'lib, tegishli buyrak-ning ustki qutbida joylashgan. O'ng tomondagi bez shaklan uchbur-chakka o'xshasa, chap tomondagisi yarim oyga o'xshaydi. Buyrak usti bezlari yupqa fibroz parda bilan qoplangan, har bir buyrak usti bezi­ning massasi o'rtacha 5—8 g ni tashkil etadi.
Buyrak usti bezlari tashqi po'stloq qavati va ichki miya qavatidan tashkil topgan, bu qavatlari tuzilishi va funksiyalari jihatidan alohida-alohida ichki sekretsiya bezlari bo'lib, har xil gormonlarni ishlab chiqaradi. Buyrak usti bezlarini olib tashlash hayvonni o'limga olib keladi.
Miya qavatining tuzilishi va funksiyalari. Buyrak usti bezlarining miya moddasi xromaffin hujayralardan tuzilgan, ularning bunday deb atalishiga sabab shuki, bu hujayralar kaliy bixromat bilan sariq jigarrang tusga bo'yaladi. Xromaffin hujayralar tananing boshqa qismlarida: aorta ravog'ida, uyqu arteriyalarining tarmoqlanadigan joyida, simpatik nerv sistemasining ba'zi gangliyalarida ham uchraydi. Mana shu hujayralarning hammasi adrenalin sistema degan sistemaga kiradi, chunki adrenalin gormonini ishlab chiqaradi, adrenalin gormoni noradrenalin bilan birgalikda katexolaminlar guruhiga kiradi.
Buyrak usti bezlarining miya qatlamida adrenalin gormoni va adrenalin biosintezining bevosita o'tmishdoshi bo'lmish noradrenalin hosil bo'ladi. Nerv sistemasi simpatik bo'limining qo'zg'alishi organizmning talaygina funksiyalariga qay tariqa ta'sir ko'rsatadigan boisa, adrenalin ham o'sha funksiyalarga xuddi shunday yo'nalishda ta'sir ko'rsatadi.
Adrenalin ta'siri ostida yurak qisqarishlari kuchayib, tezlashadi, yurak muskulining qo'zg'aluvchanligi oshadi. Adrenalin badan terisi, qorin organlari va tinch turgan skelet muskullari tomirlari (arteriolalari) ning torayishiga sabab bo'ladi. Adrenalinning yurak va miya tomirlariga ko'rsatadigan ta'siri buning aksicha — adrenalin shu tomirlarni kengaytiradi. Adrenalin ishlab turgan muskullar tomirlarini kengaytirishi mumkin. U ko'ndalang-targ'il muskullarning ish qobiliyatini, ayniqsa ular charchab qolgan bo'lsa, kuchaytirishga yordam beradi. Adrenalin ta'siri ostida me'da va ichakning motor funksiyasi susayadi. O't yo'llari bilan siydik chiqarish yo'llari, bachadon va qinning silliq muskullari, shuningdek ko'z qorachig'ini kengaytiradigan muskullar, aksincha, qisqaradi. Qovuq va o't pufagi muskullari bo'shashadi. Adrenalin bronxlar va bronxiolalar muskullarining qisqarishiga sabab bo'ladi, shuning uchun bronxial astma bilan og'rigan kasallarga davo qilishda undan foydalaniladi.
Adrenalin moddalar almashinuvi, ayniqsa uglevodlar almashinuvi darajasiga ta'sir ko'rsatadi. U jigarda glikogenning glukozagacha parchalanishini kuchaytiradi, glukoza qonga o'tib, energiyaga ehtiyoj ortib turgan mahalda energetik material tariqasida sarflanadi. Muskullarda ham zaxira glikogenning glukozaga aylanishi va keyinchalik oksidlanishi kuchayadi. Adrenalin ta'siri ostida retseptorlar qo'zg'aluvchanligi, jumladan ko'z to'r pardasi, eshituv va vestibular apparatining qo'zg'aluvchanligi kuchayadi. Shunday qilib, adrenalin organizmning holatini tezdan o'zgartirib, ish qobiliyatini kuchaytirishga qaratishi mumkin. Noradrenalin ta'siri umuman adrenalinnikiga o'xshaydi-yu, lekin ba'zi sistemalarga ko'rsatadigan ta'sirida o'ziga xos xususiyatlari bo'ladi.
Buyrak usti bezlarining miya qavatida adrenalin va noradrenalin hosil bo'lishini simpatik nerv sistemasi idora etib boradi (Cheboksarov M. P., 1910). Qorin nervi tarkibida o'tuvchi simpatik nervlarning qo'zg'alishi yoki gipotalamusdagi ma'lum zonalarning ta'sirlanishi shu gormonlar hosil bo'lishini kuchaytiradi. Zo'r his-hayajonlar (qo'rquv, g'azab vaqtida, sport musobaqalari paytida, kishi qattiq quvonganida) qonga adrenalin o'tishi ko'payadi. Bu — miya oliy bo'limlarining markazlari adrenalin hosil bo'lishiga ta'sir ko'rsatib turishidan dalolat beradi.
Buyrak usti bezlari po'stlog'ining funksiyasi. Buyrak usti bezlari po'stlog'ida uchta zona: tashqi — koptokchasimon, o'rta — dastasimon va ichki — torsimonzonalar tafovut qilinadi. Buyrak usti bezlarining po'stlog'i xolesterin va askorbinat kislotaga boy.
Buyrak usti bezlari po'stlog'idan bir talay kortikosteroidlar (xoleste­rin unumlari) ajratib olingan, lekin ularning ba'zilarigina faoldir. Po'stloq qavatining gormonlari organizmdagi turli-tuman jarayonlarga ta'sir ko'rsatib turadi. Buyrak usti bezlarining po'stlog'i olib tashlanadigan bo'lsa, muskullar tez charchab qoladi. Oqsillar, yog'lar va uglevodlar almashinuvi buziladi. Organizmdan suv chiqib turishi ancha kamayadiki, bu chiqadigan siydik kamayib qolishiga va buyraklarda kaliy ionlarining ko'plab qayta so'rilib ketishiga olib boradi; natriy ionlari, aksincha, qayta so'rilmay qoladi. Organizmning zararli ta'sirlarga ko'rsatadigan qarshiligi pasayib ketadi. Buyrak usti bezlarining miya qavati emas, balki xuddi shu po'stloq qavatini olib tashlash o'limga tez sabab bo'lishi aniqlangan.
Odamda buyrak usti bezlari po'stloq moddasi yetishmay qolganida Addison yoki bronza kasalligi paydo bo'ladi. Bu kasallikda badan terisi bronza rangiga kirib, bemor ozib ketadi, qon bosimi pasayadi, gipoglikemiya boshlanadi, yurak muskulining qisqarish funksiyasi pasayib qoladi, odam saiga charchaydigan bo'lib, infeksiyalarga moyilligi ortadi. Bu kasallik ko'pincha o'lim bilan tugaydi. Bu kasallikka buyrak usti bezlari po'stlog'ining gormonlari bilan davo qilib borilganida umrni uzaytirish mumkin.
Buyrak usti bezlarida gormon ishlab chiqaruvchi o'smalar paydo bo'lganida shu bezlar po'stlog'i funksiyasi kuchayib ketadi, ya'ni ular­ning giperfunksiyasi kuzatiladi. Mazkur holda po'stloq gormonlarining ishlanib chiqishi kuchayadi va sifat jihatidan o'zgarishi mumkin. Asosan, erkak va ayol jinsiy gormonlari ishlanib chiqib turadi, bu hoi erkaklaming vaqtidan ilgari balog'atga yetishiga yeki ayollarda erkaklarga xos ikkilamchi jinsiy belgilar paydo bo'lishiga (ovoz yo'qonlashib, soqol-mo'ylov o'sishiga) olib keladi.
Buyrak usti bezlarining po'stlog'i uch guruh gormonlar ishlab chiqaradi:
1) mineralokortikoidlar, bularga aldosteron va 11-dezoksikortikosteron kiradi;
2) glukokortikoidlar, bularga gidrokortizonkortizon va kortikosteron kiradi;
3) jinsiy gormonlar: androgenlarestrogenlarprogesteron.
Koptokchasimon zonasida hosil bo'ladigan mineralokortikoidlar mi-nerallar almashinuvini idora etishda qatnashadi. Ularning eng faoli — aldosteron buyraklarda natriy bilan xlor reabsorbsiyasini kuchaytiradi va kaliy reabsorbsiyasini susaytiradi. Qon va to'qimalarda natriy to'planib qolishi organizmda suv turib qolishiga olib boradi. Mineralkortikoidlar yetishmovchiligi natriy bilan xlor reabsorbsiyasi kamayishiga olib keladi. Organizm hayot bilan sig'isha olmaydigan darajada, bir talay natriy yo'qotadi. Bu holda mineral kortikoidlarni organizmga yuborishgina hayotni saqlab qolishi mumkin.
Glukokortikoidlar dastasimon zonasida hosil bo'ladi va uglevodlar, oqsillar hamda yog'lar almashinuvini idora etib boradi. Bularning eng faoli gidrokortizondir. Glukokortikoidlar jigarda oqsillar bilan yog'lardan qand hosil bo'lishi hisobiga qand miqdorini oshiradi, yog' depolaridan yog' safarbar etilishini kuchaytiradi, bu gormonlar ta'siri ostida ba'zi organlarda oqsilning parchalanish jarayonlari sintezi ustidan zo'r kela boshlaydi.
Glukokortikoidlar sekretsiyasining yetishmasligi organizmning zararli ta'sirlarga va patologik jarayonlarga qarshiligini susaytirib qo'yadi. Bu holda kasalliklar, jumladan infeksion kasalliklar og'ir o'tadi va o'limga olib kelishi mumkin. Glukokortikoidlarning muhim rol o'ynashi buyraklar funksiyasini me'yoriy holda saqlab borishida namoyon bo'ladi — bu gormonlar koptokchadagi filtratsiya tezligini oshiradi. Glukokortikoidlar yallig'lanish jarayonlarini, allergik reak-siyalarni susaytirib qo'yadi va shu sababdan ular yallig'lanishga qarshi gormonlar deb ataladi. Glukokortikoidlar organizming zo'r ta'sir (stressor)larga qarshiligini kuchaytiradi. Ular organizmni atrofdagi muhitning noqulay ta'sirlariga moslashtiradi va shu sababdan adaptiv gormonlar deb ataladi.
Glukokortikoidlar ta'siri ostida organizm nospetsifik qarshiligining kuchayishi mexanizmi murakkab va yetarlicha o'rganilgan emas. Moddalar almashinuvining o'zgarib qolishi hammadan katta ahamiyatga ega. Bir qancha kasalliklarga davo qilish uchun glukokortikoidlar (gidrokorti-zon, kortizon va ularning talaygina sintetik unumlari) klinikada katta ahamiyatga ega bo'lib qoldi.
Buyrak usti bezlari po'stlog'ining jinsiy gormonlari — androgenlar va estrogenlar katta yoshli odamda oz miqdorda hosil bo'ladi va ularning  roli katta emas. Faqat bolalik va qarilik chog'ida bular bir qadar ahamiyatga ega bo'ladi. Jinsiy gormonlarning xossalari «Ko'payish» boiimida ko'zdan kechirib chiqilgan.
GIPOFIZ
Gipofiz yoki miyaning pastki ortig'i massasi 0,4—0,6 g atrofida keladigan, oval shaklli, kichkina bezdir. Bu bez oraliq miyada joylash-gan va bosh skeletidagi turk egari chuqurchasida yotadi. Voronka yordamida gipofiz gipotalamus bilan mahkam bog'langan. Gipofiz oldingi, oraliq va orqa boiaklardan tashkil topgan, shu bo'laklarning har biri ichki sekretsiya bezidir. Orqa bo'lagi uni gipotalamus bilan bogiab turadigan nerv tolalari tarmoqlari bilan moi-koi ta'minlangan. Shu boiagini neyrogipofiz deyiladi. Oldingi, sof sekretor bo'lagi adenogipofiz deb ataladi.
Oldingi bo'Iagining gonnonlari. Oldingi bo'lagi bir nechta gormon-larni: somatotrop, tireotrop, gonadotrop, adrenokortikotrop gormon-larni ishlab chiqaradi.

Yüklə 121,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin