Mavzu: mantiq bilish nazariyasining tadqiqot obekti


Tushunchalarni ta’riflash (definitsiya)



Yüklə 319,72 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix13.03.2023
ölçüsü319,72 Kb.
#87631
1   2   3   4   5
Tushunchalarni ta’riflash (definitsiya)
Ta‘riflash (yoki definitsiya) tushunchaning mazmunini ochib beradigan mantiqiy amaldir. Ta‘rif 
aniqlanuvchi va aniqlovchi qismlardan tashkil topadi. Aniqlanuvchi qismni mazmuni ochib 
berilishi lozim bo‗lgan tushuncha, aniqlovchi qismni esa, aniqlanuvchi tushunchaning 
mazmunini ochib beruvchi tushunchalar tashkil etadi. Masalan, «mantiq to‗g‗ri tafakkur shakllari 
va qonunlarini o‗rganuvchi falsafiy fandir» degan ta‘rifda «Mantiq» aniqlanuvchi qismni, 
qolganlari esa aniqlovchi qismni hosil qiladi. Ta‘riflash bilishda quyidagi asosiy vazifalarni hal 
qilishda yordam beradi: 1) tushunchada aks etuvchi predmetning muhim belgilarini ko‗rsatadi;
2) tushunchani ifoda qiluvchi so‗zning (terminning) ma‘nosini ochib beradi; 3) termin hosil 
qilishga imkon beradi. Yuqoridagi vazifalardan qaysi birining hal qilinishiga qarab nominal va 
real ta‘riflar farq qilinadi.
Nominal ta‘riflar yordamida predmetni tasvirlovchi murakkab ifodalar yangi termin bilan 
almashtiriladi hamda uning ma‘nosi aniqlanadi. Masalan, «Mantiq grekcha «logos» so‗zidan 
olingan bo‗lib, tushuncha, fikr, so‗z, qonuniyat kabi ma‘nolarga ega», desak, mantiq 
tushunchasiga nominal ta‘rif bergan bo‗lamiz. «Til belgilarini o‗rganuvchi fan semiotikadir», 
degan ta‘rif ham nominal ta‘rifga misoldir.
Real ta‘rifda predmetning muhim belgisi aniqlanadi. Masalan, «Atom – moddaning yadro va 
elektronlardan tashkil topgan zarrachasi», degan ta‘rif real ta‘rifdir.


Real ta‘rif aniq va noaniq ko‗rinishlarda bo‗lishi mumkin. Aniq real ta‘rif predmetlarning muhim 
belgilarini to‗g‗ridan-to‗g‗ri ko‗rsatib beradi. Noaniq real ta‘rifda esa tushunchaning mazmuni 
yordamchi vositalar orqali ochib beriladi. Masalan, o‗qigan parchamizda notanish terminlar 
uchrab qolganda, uning ma‘nosini lug‗atdan foydalanmasdan, boshqa so‗zlarning ma‘nosiga 
qarab aniqlashimiz mumkin.
Aniq real ta‘rifning ikkita asosiy turi mavjud: 1) yaqin jinsi va tur belgisini ko‗rsatish orqali 
ta‘riflash; 2) genetik ta‘rif.
Yaqin jinsi va tur belgisini ko‗rsatish orqali ta‘riflash real ta‘rifning eng ko‗p ishlatiladigan turi 
bo‗lib, u ikkita bosqichdan tashkil topadi. Birinchi bosqichda aniqlanuvchi tushunchaning yaqin 
jinsi topiladi. Shu tariqa uning mazmuni qisman ochib beriladi. Ikkinchi bosqichda aniqlanuvchi 
tushunchaning shu jinsga kiruvchi boshqa tur tushunchalardan farqi aniqlanadi, ya‘ni uning tur 
belgisi ko‗rsatiladi. Shu tariqa mazkur tushuncha mazmunining qolgan qismi ochib beriladi. 
Masalan, bizning oldimizda «metafora» tushunchasining mazmunini aniqlash vazifasi turibdi
deylik. Bunda, avval aniqlanuvchi tushunchaning yaqin jinsi topiladi: u «so‗z» tushunchasidir. 
«Metafora so‗zdir» deyish bilan «so‗z» tushunchasi mazmunida fikr qilinadigan muhim 
belgilarning metaforaga ham tegishli ekanligini ko‗rsatamiz, ya‘ni «metafora» tushunchasi 
mazmunini tashkil etuvchi umumiy belgilarni aniqlaymiz. Ko‗chirma ma‘noda ishlatilishi esa, 
metafora sifatida ishlatilayotgan so‗zning tur belgisi, ya‘ni individual belgisi hisoblanadi. Bu tur 
belgini yaqin jinsga qo‗shib «Metafora ko‗chirma ma‘noda ishlatiladigan so‗zdir», degan to‗la 
ta‘rif hosil qilamiz. Shu tariqa eng qisqa yo‗l bilan, ya‘ni yaqin jinsi va tur belgisini ko‗rsatish 
bilan tushunchaning mazmunini aniqlaymiz.
Genetik ta‘rifda aniqlanuvchi tushunchaning mazmuni u ifodalagan predmetning kelib chiqishini 
ko‗rsatish orqali ochib beriladi. Masalan, «Oksid metallarning kislorod bilan reaksiyaga 
kirishishi natijasida hosil bo‗lgan kimyoviy birikmadir», degan ta‘rif genetik ta‘rifga misoldir. 
Bu ta‘rifning mantiqiy tarkibi yaqin jinsi va tur belgisini ko‗rsatish orqali ta‘riflash bilan bir 
xildir.
Ta‘riflash ma‘lum qoidalarga rioya qilishni talab etadi. Ular quyidagilardan iborat:
a) ta‘rif teng hajmli bo‗lishi kerak, ya‘ni aniqlanuvchi tushuncha hajmi bilan aniqlovchi 
tushunchalar hajmlari yig‗indisi teng bo‗lishi kerak. Bu qoida buzilsa, ta‘rif yo haddan tashqari 
keng, yo haddan tashqari tor bo‗lib qoladi. Masalan, «Mantiq tafakkurni o‗rganuvchi fandir» – 
haddan tashqari keng, «Mantiq isbotlash tarkibini o‗rganuvchi fandir» – haddan tashqari tor 
ta‘rifdir;
b) ta‘rif aniq bo‗lishi kerak. Buning uchun obrazli iboralar, mazmuni noaniq so‗zlar 
ishlatilmasligi lozim. Masalan, «Xayol – uchqur ot», «Davlat dunyoviy ruhning siyosiy jihatdan 
namoyon bo‗lishidir» (Gegel) degan ta‘riflarda bu qoida talablari buzilgan. Ularda chuqur ma‘no 
bo‗lsa-da, tushunchaning mazmuni aniq ochib berilgan emas;
v) ta‘rif aylana shaklida bo‗lib qolmasligi kerak. Ta‘rif berishda aniqlovchi tushunchaning 
mazmunini aniqlash uchun aniqlanuvchi tushunchaning o‗ziga murojaat etilsa, ta‘rifda aylana 
hosil bo‗ladi. Masalan, «Mantiq to‗g‗ri fikrlash haqidagi fandir», deyilganda ta‘rifda aylana 
vujudga keladi. Chunki «To‗g‗ri fikrlash nima?» degan savolga, «U mantiq qonun-qoidalariga 
rioya qilingan holda fikrlashdir», deb javob berishga to‗g‗ri keladi, ya‘ni «mantiq» 
tushunchasiga murojaat qilinadi.
Tavtologiya ham shu qoidaning buzilishi natijasida sodir bo‗ladi. Bunda aniqlanuvchi 
tushunchadan uning mazmunini ochish uchun foydalanilgan bo‗ladi. Masalan, «Tamagir 
tamagirlik qiluvchi kishidir», desak, tavtologiyaga yo‗l qo‗ygan bo‗lamiz.
g) Ta‘rif iloji boricha inkor shaklida bo‗lmasligi kerak. Aks holda predmetga xos bo‗lgan belgi 
o‗rniga unda yo‗q bo‗lgan belgi ko‗rsatiladi. Masalan, «Ong moddiy emas», degan ta‘rif «ong» 
tushunchasining mazmunini yaxshi ochib bera olmaydi.
Ta‘riflashga o‗xshash mantiqiy usullar
Bilish jarayonida ta‘riflashga o‗xshash usullar ham ishlatiladi. Ulardan tushunchani 
ta‘riflashning yuqorida biz ko‗rib chiqqan turlarini qo‗llash mumkin bo‗lmay qolganda yoki 
unga zaruriyat bo‗lmaganda foydalaniladi:


a) ta‘riflashga o‗xshash usullardan biri tushunchani unga qarama-qarshi bo‗lgan tushuncha orqali 
ta‘riflashdir. Bu usul bilan odatda kategoriyalar mazmuni ochib beriladi. Masalan, «Ong 
materiyaning miyamizdagi in‘ikosidir»;
v) tasvirlashda tushunchaning mazmuni u aks ettiruvchi predmetning ba‘zi tashqi belgilarini 
ko‗rsatish orqali aniqlanadi. Badiiy asarlarda tabiat manzaralarini, personajlarning portretlarini 
chizish, sodir bo‗lgan birorta voqeaning bayon etilishi tasvirlashga misol bo‗ladi;
s) tavsiflash yordamida predmetning ba‘zi bir munosabatdagi muhim tur belgilari ko‗rsatiladi. 
Bunga misol qilib birorta shaxsga berilgan tavsifnomani ko‗rsatish mumkin.
Tafovutlash, ostensiv ta‘riflash kabi usullar ham mavjuddir. Ta‘riflash bilishda katta ahamiyatga 
egadir. U qisqa holda predmet haqida yaxlit fikr, tasavvur hosil qilishga imkon beradi. Lekin 
predmet haqida fikr yuritganda u bilan cheklanib qolish mumkin emas. U, albatta, bilish 
jarayonida boshqa bilimlar yordamida konkretlashtirilishi, chuqurlashtirilishi zarur. Ana 
shundagina tushuncha ifoda etuvchi predmet haqidagi tasavvur aniq, to‗laroq bo‗ladi.
Sinflar va kichik sinflar.
Tushunchaning hajmida ma‘lum bir umumiy belgiga ega bo‗lgan predmetlar to‗plami–sinf aks 
etadi. Sinfni tashkil etuvchi predmetlar sinfning elementlari deb ataladi.Sinf elementlari 
cheklangan va cheksiz,noaniq yoki bo‗sh bo‗ladi.Sinf faqat bir elementdan ham tashkil topishi 
mumkin.
Sinflar bilan mantiqiy amallarni bajarganda sinf elementlari haqida aytilganda fikr umuman 
sinfga taaluqli deb ko‗rsatilsa va aksincha sinfga xos belgi uning elementlariga ko‗chirilsa 
mantiqiy xatoga yo‗l qo‗yiladi.
Matematik mantiqda sinf tushunchasi to‗plam deb ataladi. Sinflar (to‗plamlar) kichik sinflar 
(kichik to‗plam)ni o‗z ichiga olishi mumkin. Masalan; kvadratlar to‗rtburchaklar to‗plamiga 
kiruvchi kichik to‗plamdir.

Yüklə 319,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin