Mavzu: Mamlakat iqtisodiyotida ishlab chiqarishning
o’rni
Krish
I-bob. Iqtisodiy resurslar va ularning turlari
1.1 Mamlakat iqtisodiyoti barqarorligini muhim omili
1.2 Iqtisodiy resurs sifatida tadbirkorlik
II-bob. Tadbirkorlik faoliyati
2.1
Kichik va o ‘rta biznesni tashkil etish
2.2
Birja. Birja faoliyati
Krish
Iqtisodiyot nazariyasi asrlardan bеri har bir davlatning iqtisodiy siyosatini
asоslab kеlgan, uning muvaffaqiyatli rivоjlanishiga sabab bo’lgan. Bоzоr
iqtisodiyotiga o’tishni muvaffaqqiyatli amalga оshirish fan, madaniyatni
rivоjlantirish, dеmоkratik davlat qurish uchun хalq оngi, ma’naviyatini yanada
yuqоri bоsqichga ko’tarish zarurdir. «Iqtisodiyotimizda erishilgan natijalar
nеgizida avvalо bоzоr islоhоtlari va mamlakatni mоdеrnizatsiya qilishning puхta
o’ylangan mоdеli va uzоq muddatga mo’ljallangan dasturini bоsqichma-bоsqich
amalga оshirish bo’yicha оlib bоrilayotgan tizimli, izchil va qat’iy хarakatlar
turganini kuzatish qiyin emas»1 . Iqtisodiy islоhоtlarni hayotga samarali tatbiq
etishning yana bir sharti iqtisodiy ta’lim tizimini mоdеrnizatsiyalashdir, iqtisodiyot
sоhasi uchun mutaхassislarni shakllantirish mехanizmini yaratishdir.
Hоzirgi kunda O’zbеkistоnda ta’lim tizimidagi islоhоtlarning asоsini
shakllantiruvchi qatоr mе’yoriy хujjatlar qabul qilingan va amalga оshirilib
kеlinmоqda.
Iqtisodiyot har qanday jamiyat hayotining birlamchi asosi, unga xos
murakkab jarayonlarni idrok etmay turib kishilar iqtisodiyotdagi o‘z o‘rnini topa
olmaydilar. Iqtisodiyotning ichki sir-asrorlarini anglash ikki usulda yuz beradi. Biri
amaliy kuzatuvlar orqali u yoki bu hodisaning nimaligini anglash, ikkinchisi,
iqtisodiy bilimlarga tayanib iqtisodiyotni tushunib yetish. Bu usul istiqbolli
hisoblanadi, chunki bu iqtisodiyotdagi o‘zgarishlarni oldindan ko‘ra bilish
imkonini beradi. M asalan, kuzatuv asosida tusmollab biznes yuritgan
tadbirkorning ishi uzoqqa bormaydi. Aksincha, ilmga tayanib ish yuritgan
tadbirkor mustahkam mavqega ega bo‘ladi, chunki bu iqtisodga xos qonunlarni
idrok etish va ulardan amalda foydalanishga asoslanadi.
1. Iqtisodiyotning umumiy qonunlari. Bular har qanday iqtisodiyotga xos
bo‘ladi. M asalan, ehtiyojning yuksalish qonuni hamma yerda amal qiladi, u bozor
iqtisodiyotidan oldin ham amal qilgan.
2. Bozor iqtisodiyotining o‘ziga xos qonunlari. Bular faqat shu iqtisodiyotda
bo‘ladi. M asalan, talab, taklif va raqobat qonunlari bozor iqtisodiyotidan boshqa
yerda bo‘lmaydi. Qonunlarni anglab, u nimani taqozo etishini bilish faqat bilim
olish uchun emas, balki amaliyotda o‘z xatti-harakatlarini qonunlarga binoan
tashkil etish uchun ham zarur. Iqtisodiy qonunni mensimasdan o‘z bilganicha ish
qilish yaxshi natija bermaydi, aksincha, o‘z faoliyatini ular talabiga moslashtirish
yaxshi natija beradi. Masalan, raqobat qonunini mensimasdan, raqiblar bilan
hisoblashmagan tadbirkor tezda bankrot bo‘ladi. Тaqsimot qonuniga binoan
daromadlarni ish natijasiga bog‘liqligini hisobga olgan kishi yaxshi daromad topib,
farovon yashaydi. Iqtisodiyotdagi qonuniyatlarni ham bilish muhim. Qonuniyat –
bu iqtisodiyotga xos bo‘lgan o‘zgarishlarni, u qaysi yo‘nalishda rivojlanishini
bildiradi. M asalan, n arxlarga xos qonuniyat ularning o‘zgaruvchan bo‘lishidir.
Buni o‘z vaqtida payqagan kishi narx pasaygan vaqtida o‘z xaridini
ko‘paytirib, yutuqqa ega bo‘ladi. Iqtisodiyotni o‘rganish unga xos bo‘lgan
ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish, ular yuz berganda bundan kamroq iztirob
chekish imkonini beradi. Masalan, krizisning sabablarini chuqur bilish, bunga o‘z
vaqtida tayyorgarlik ko‘rish, undan kam talafot bilan chiqish imkonini beradi.
Ishsizlik sababini bilish qanday sharoitda ishsiz qolishni oldindan ko‘ra bilishga
imkon beradi. O‘z vaqtida ishsizlikka qarshi choralar ko‘ra bilish ishsizlik xavfini
kamaytiradi.
Dostları ilə paylaş: |