Mavzu: korxonani boshqarish


Boshqaruv qarorlari quyidagi belgilar bo`yicha tasniflanadi



Yüklə 176,19 Kb.
səhifə2/4
tarix28.11.2022
ölçüsü176,19 Kb.
#71060
1   2   3   4
4 мавзу-янги

Boshqaruv qarorlari quyidagi belgilar bo`yicha tasniflanadi:

  • kompetentlik va mas`uliyat bo`yicha - yakka tarzda yoki kollegial (jamoa) boshqaruv qarorlari;
  • mazmuni bo`yicha - ilmiy-texnik, iqtisodiy, tashkiliy, ijtimoiy boshqaruv qarorlari;
  • xarakteri bo`yicha - operativ-taqsimlovchi, xo`jalik-raxbarlik va me`yoriy boshqaruv qarorlari;
  • ta`sir ko`rsatish darajasi bo`yicha - bir va ko`p darajali boshqaruv qarorlari;
  • ta`sir ko`rsatish yo`nalishi bo`yicha - ichki va tashqi;
  • ta`sir ko`rsatish miqyosi bo`yicha - xususiy va umumiy (majmuaviy);
  • ta`sir ko`rsatish davri bo`yicha - bir martalik va ko`p martalik.

Zamonaviy fan va menedjment amaliyoti korxonalarni boshqarishning quyidagi tamoyillarini eng asosiylari sifatida qabul qiladi:

Ilmiylik

Amalda bu tamoyil, avvalo jamiyat rivojlanishining ob`ektiv qonunlari va fan-texnika yutuqlaridan xabardor bo`lishni talab qiladi. Uning yordami bilan ishlab chiqarish va boshqaruvning zaruriy mutanosibligi ta`minlanadi, boshqaruv qarorlaridagi xatolar kamaytiriladi, og’irlik markazi eng katta sifat va miqdor yutuqlariga erishishga o`tkaziladi.


tamoyili ilmiylik tamoyilining davomi bo`lish bilan birga, o`zining mustaqil ahamiyatiga ham ega. U boshqarilayotgan tizimning vertikal va gorizontal yo`nalishlari bo`yicha barcha xususiyatlarini qamrab olishni ko`zda tutadi. Tizimlilik va majmuaviylilik tamoyili boshqaruv usullarining tarqoqlikdagi tamoyillariga hamda bir daqiqalik foyda va ehtiros tufayli yuzaga keluvchi qarorlarga qarshi qo`yiladi. U ishlab chiqarishning bir maromda amalga oshirilishini ta`minlashga xizmat qiladi, ishlab chiqarish uchun qulay sharoit yaratadi.
Tizimlilik va majmuaviylilik

Yakka boshqaruv va kollegiallik

korxonani boshqarishning muhim tamoyillaridan biridir. Bu tamoyil, ayniqsa, aktsionerlik sharoitlarida faoliyat yurituvchi korxonalarda aniq ko`zga ko`rinadi.

YAkka boshqaruv har bir xo`jalik rahbari o`z vakolati doirasidagi masalalarni hal qilishda qonun tomonidan berilgan huquqlarga asosan bir o`zi (yakka tarzda) qaror qabul qilishini hamda korxona faoliyati uchun shaxsan javobgarligini anglatadi. Bundan tashqari, yakka boshqaruv xodim buyruqlarni faqat bitta bevosita (to`g’ridan-to`g’ri) boshliqdan olishi mumkin yoki shart bo`lgan hollarni ham anglatadi.


Kollegiallik
korxona jamoasining ishlab chiqarish bilan bog’liq bo`lgan qarorlarni qabul qilishdagi faol ishtirokida ifodalanadi. Ma`lum bir ma`noda, ayniqsa, boshqaruvning iroda bilan bog’liq bo`lgan usullarida kollegiallik yakka boshqaruv qarama-qarshilikni anglatadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida ushbu tamoyilning imkoniyatlari sezilarli ravishda kengaytirilgan.

Yüklə 176,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin