Mavzu: Ko’p tabaqali freymli modellar yaratish



Yüklə 70,81 Kb.
səhifə1/4
tarix10.11.2022
ölçüsü70,81 Kb.
#68328
  1   2   3   4
2-Amaliy ish.Rashidov A




Mavzu: Ko’p tabaqali freymli modellar yaratish



Ishning maqsadi: Intellektual tizimlarda bilimlarni taqdim etishda freymli modellarni qoʼllashni va koʼp tabaqali freymli modellarni yaratishni oʼrganish.


Nazariy qism:

Freymlar nazariyasini, bilimlarni freymlar bilan tasvirlash gʼoyasini va "freym" terminini 1975-yilda M.Minskiy degan olim taklif qilgan. "Freym" soʼzi ingliz tilidan olingan boʼlib, paycha, panjara, ichki skelet kabi mazmunlarda ishlatiladi. Freymlar nazariyasini mohiyati quyidagicha. Inson yangi holatga tushib qolgan paytda, u oʼzining xotirasidagi freymlar deb nomlanuvchi asosiy sutrukturasiga murojaat qiladi. Yaʼni bunday holatda toʼgʼri yechimni qabul qilish uchun namunalar qilish kerakligini eslaydi.

Freym bu oldin olingan bilimlarni eslash demakdir. Freym soʼzi grekcha soʼzdan olingan boʼlib, deraza degan maʼnoni bildiradi. Boshqa turdagi modellardan farqli ravishda fremei modellarda axborot birliklarning qatiiy sutrukturasi qayd qilinadi. Bu yerda slotning qiymasi (sutrukturasi) boʼlishi mumkin. Slotning qiymati sifatida

freymni tasvirlashda ichkima - ichki tamoyilini amalga oshirishga imkon beradi freymni aniqlashtirishda unga va slotlarga aniq nom beradi va slotlarni toʼldirish sodir boʼladi.

Freym bu - oldin eslab qolingan bilimlarni tasvirlash birligi. Bu birliklarning detallari davr va talab taqozosi bilan oʼzgarishi mumkin. Freymmaʼlumotlar tuzilishini eslaydi uning yordamida, masalan, sizning xonangizdagi holatni tasvirlash mimkin. Har bir Freym har xil axborotlar bilan toʼldirishi mumkin. Аgar oqibat kutilgan natijani bermasa, bu axborot - qurilayotgan freymning qoʼllanish usullariga aloqador boʼlishi mumkin. Freym koʼp jihatdan oʼzining tuzilishiga koʼra semantik tarmoqqa oʼxshash boʼladi. Freym ierarxik tuzilgan tugun va munosabat (aloqa)lar tarmogʼidir. Bu yerda yuqori tugunlar umumiy tushunchalarni ifodalasa, pastki tugunlar esa bu tushunchalarni xususiy hollaridir. Semantik tarmoqlardan farqli oʼlaroq freym sistemalarda har bir tugundagi tarmoqlar tushunchasi atributlar toʼplami ( Masalan, ism, rang, oʼlcham, shakl ) va bu atributlarning qiymatlari (Masalan, Rustam, koʼk, kichkina, dumaloq) bilan beriladi. Аtributlarni esa slotlar(tirqishlar) deyiladi. S.Potilam freym ichida axborotning aniq joyini koʼrsatadi.


Yüklə 70,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin