Mavzu: Kontsentratsion stollar va cho’ktirish mashinalari tuzilishi ishlash prinspi Reja


Cho‘ktirish mashinalarining asosiy parametrlari



Yüklə 40,47 Kb.
səhifə3/4
tarix03.06.2023
ölçüsü40,47 Kb.
#124341
1   2   3   4
xumoy17atr

Cho‘ktirish mashinalarining asosiy parametrlari
Cho‘ktirish samaradorligi cho‘ktirish mashinalarining konstruksion xususiyatlari va bir qator texnologik hamda gidrodinamik parametrlarga bog‘liq. Cho'ktirish mashinalarining asosiy parametrlari: solishtirma ishlab chiqarish quwati; porshen yoki diafragmaning tebranish chastotasi yoki yurishi; o'rindiqning turi, panjara osti suvining sarfi. 73 Cho‘ktirish mashinalarining solishtirma ishlab chiqarish quwati turli turdagi foydali qazilmani boyitishda keng chegarada o‘zgarib turadi. Masalan: ko‘mirni boyitishda 5 dan 30 t/m 2 soat gacha bo'lsa (mahsulot o‘lchamiga qarab), temirli va marganesli rudalarni boyitish 5 dan 15 t/m2 soat gacha, oltin va volframli rudalarni boyitish 5 dan 20 t/m 2 soat ni tashkil qiladi. Mahsulotning yirikligidan tashqari, cho‘ktirish mashinasining optimal solishtirma ishlab chiqarish quwatini tanlashga boyitilayotgan mahsulotning zichligi va fraksion tarkibi, cho'ktirish mashinasining konstruksion xususiyati va shuningdek, cho'ktirish mahsulotlari sifatiga qo‘yiladigan talablar ta’sir qiladi.
Cho‘ktirish mashinalarining ishlash tartibi
Solishtirma ishlab chiqarish quwati kamayib ketsa, qavatlangan mahsulot aralashib ketadi va bunda ham mahsulotning sifati yomonlashadi. Cho'ktirish mashinalarining quwati panjaraning lm kengligi yoki lm2 yuzasiga to‘g‘ri keladigan solishtirma ishlab chiqarish me’yoriga asosan aniqlanadi. Cho‘ktirish mashinalarining ishlab chiqarish quwatini quyidagi formula bo‘yicha hisoblash mumkin:
Q = 3,6HBvSd, t/soat.
bunda: # — mashina kamerasidagi mahsulot qatlamining balandligi, m; В — cho'ktirish kamerasining kengligi, m; v — mahsulotni kamerada o'rtacha bo‘ylama harakatlanish tezligi, m/sek; 8 — mahsulotning zichligi, kg/m; в — mahsulotning g‘ovaklanish darajasi, 0,5. Cho‘ktirish vaqtida suv oqimining tebranishlari amplitudasi va chastotasi mahsulotni zichligiga qarab qavatlanishi uchun g'ovaklanishi va muallaq holga o‘tishini muvaffaqiyatli ta’minlay olishi kerak. Diafragma yoki porshenning yurishi (ruda zarralari tebrana boshlashi uchun) quyidagi formula orqali aniqlanadi:
60/(2n)=/j/vst,
h - 30 vjn
bunda: n — diafragma yoki porshenning tebranishlar chastotasi; m in 1; vst — zarraning siqilib tushish oxirgi tezligi, m/s. Cho'ktirish uchun yaxshi shart-sharoit suv oqimining uncha katta bo‘lmagan chastotasi va kattaroq amplitudasida yaratiladi, chunki bu holda mahsulot muallaq holda uzoqroq turadi va uning tezroq qavatlanishi sodir boiadi. Tebranishlar chastotasi kamayib ketsa, cho‘ktirish beqaror bo‘lib qoladi va uning borishini yaxshilab kuzatish kerak boiadi. Minimal tebranishlar chastotasi quyidagi formuladan topiladi: n > 27,3 VJh. Amalda rudali mahsulotni cho‘ktirish usulida boyitishda tebranishlar chastotasi rudaning yirikligiga qarab 50 dan 300 m in1 gacha boiadi. Cho'ktirish mashinasidagi panjara o‘rindig‘ining turi ham cho‘ktirish jarayoniga ta’sir qiluvchi muhim omil hisoblanadi. Agar o'rindiqning balandligi yetarli boimasa, bu uning ba’zi joylarida yuqoriga ko‘tariluvchi suv oqimining uzilib, qavatlangan mahsulotning aralashib ketishiga olib keladi va aksincha, o‘rindiq juda qalin boisa mahsulot yetarli darajada g‘ovaklanmaydi va cho'ktirish buziladi. Mayda mahsulotni boyitishda sun’iy o'rindiq ishlatiladi. Sun’iy o'rindiq zarralarining o‘lchami panjara teshiklari oichamidan 3—4 marta katta boiishi kerak. Magnetit, ferrosilitsiy, sulfidlar va po‘lat, cho'yan zoldirlar klassifikatsiyalanmagan yoki mayda rudani cho‘ktirishda ishlatiladi, chunki mayda teshikli to‘rlar tez ishdan chiqadi va teshiklari yopilib qoladi. Sun’iy o‘rindiq yirik teshikli to‘r ishlatishga imkon beradi. Yirik mahsulotni cho‘ktirishda tabiiy o‘rindiq balandligi: h=(5-l0)d v ' max bunda: йтш — cho'ktirishga tushayotgan mahsulot tarkibidagi eng katta boiakning o'lchami. Sun’iy o'rindiqlarning qalinligi esa panjara osti mahsulotining chiqishiga qarab qabul qilinadi. Sun’iy o‘rindiqning balandligi qancha katta boisa, uning o‘tkazish qobiliyati shuncha kam bo‘ladi va buning aksicha, qancha kam boisa, shuncha ko‘p mahsulot o‘tkazadi. Shu ning uchun boy rudalarni cho‘ktirishda sun’iy o‘rindiq qalinligi kambag‘al rudalarni cho‘ktirishdagidan karn bo‘lishi kerak. Sun’iy o‘rindiq ustidagi mahsulotning balandligi boyitilayotgan ruda tarkibidagi eng katta zarra o‘lchamidan 20 marta ortiq bo'lishi kerak. Cho‘ktirish jarayonida suv sarfiga alohida ahamiyat berish kerak. Suv cho'ktirish mashinasiga ruda bilan va qo‘shimcha tarzda panjara ostiga beriladi. Panjara osti suvi cho'ktirish mashinasini boshqarishda muhim omil hisoblanadi. Panjara ostiga suv yuqoriga ko‘tariluvchi suv oqimi tezligini oshirish va pastga harakatlanadigan suv oqimi tezligini pasaytirish uchun beriladi. Bu bilan yuqoriga ko‘tariluvchi suv oqimi yordamida o‘rindiqni optimal g‘ovaklantirishga va pastga harakatlantiruvchi suv oqimi yordamida uni samarali qavatlanishiga sharoit yaratib beriladi. Pastga harakatlanuvchi suv oqimi tezligining kamayishi yengil zarralaming o‘rindiq yuqori qavatidan pastga surilishini ham kamaytiradi. Panjara osti suvining sarfi dastlabki mahsulotning xossasiga bog‘liq bo‘lib, o‘rtacha har tonna ruda uchun 2,5 m3 ni tashkil etadi. Cho'ktirish mashinasining normal ishlashini ta’minlovchi muhim shartlardan yana biri boyitilayotgan mahsulotni mashinaga sekin va bir tekis berish hisoblanadi.

Xulosa
Xulosa qilib aytganda foydali qazilmalarni boyitish qattiq foydali qazilmalarni konsentratsiya, ya’ni sifati dastlabki ruda sifatidan yuqori, xalq xo‘jaligida keyin ishlatish uchun qo‘yiladigan talablarga javob beruvchi mahsulot olish maqsadida qayta ishlovchi sanoat tarmog'i hisoblanadi. Foydali qazilma va boyitish mahsulotlarining sifati ulardagi qimmatbaho (foydali) komponent, qo'shimchalar, yo‘ldosh elementlaming miqdori, shuningdek, mahsulotning yirikligi va namligi bilan aniqlanadi



Yüklə 40,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin