Mavzu Kirish



Yüklə 249 Kb.
səhifə7/13
tarix25.10.2023
ölçüsü249 Kb.
#161259
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
1 ABDULXANOVA RUXSORA

Qayta kuchlanish metodi. U cheksiz ko’lamni og’irlashtirib borgan holda (maksimaldan 40-70% foiz) «oxirgi kuchgacha» mashq qilishni ko’zda tutadi. Gandbolchining kuchi yoki o’z vaznini kamaytirmoqchi bo’lganda ham qo’llasa bo’ladi. Mashq 8-12 marta bajariladi.
Bevosita o’yinlarda egilish uchun harakatlar uchraydi shuning uchun egilishni mustahkamlash lozim bo’ladi; mashq 8-12 marta bajariladi.
Bu bilan gandbolda u orqali ko’p natijalarga erishiladi .
Dinamik kuchlanish metodi. Tezkor kuchlilik qobiliyatlarni rivojlantirish mahsadida qo’llaniladi. Uning mazmuni, harakat texnikasining asosiy tezligini saqlagan xolda og’irlikni engillashtirish hisobiga bajarishdan iborat.
Izotermik kuzatish metodi. U ma’lum holatda statik yo’nalishdan foydalanishni ko’zda tutadi; (to’g’ri ilib olib ushlab turish va mashqlar ) 8 sekundgacha davom etadigan bunday mashqlardan 5-10 martagacha takrorlash bilan foydalaniladi .
Kuchni rivojlantirish uchun umumrivojlantiruvchi va maxsus mashqlar.
Umumrivojlantiruvchi mashqlarga quyidagilar kiradi.
-shtanga bilan mashq qilishlar, tosh bilan mashqlar bajarish, arqonda ko’tarilishlar, halqadagi mashqlar, sherik bilan mashq (sherigini ko’tarish), sherik bilan egilish, sherik bilan burilish, sherik bilan sakrash va boshqalar.
Maxsus mashqlarga quyidagilar kiradi.
-Gandbol tehnikasining ayrim elementlarni bajarishda (har hil uzatishlar, qabul qilish, sherigi bilan bo’ladigan harakatlar);
-topshiriq bo’yicha mashqlar.
Gandbolchilarning sport formasini takomillashtirishda omillar o’rtasida maxsus chidamlilik alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki musobaqa qoidasi bilan o’tkazish charchashga qaramasdan tehnik harakatlarni bajarish kerak.
Gandbolchining chidamliligi musobaqa jarayonida ma’lum shiddatda samarali ishlash qobiliyatidir.
Mashg’ulotning ko’p davom etishi toliqish bilan chegaralanadi.
Shuning uchun ham chidamlilik organizmni charchashga qarshi turish qobiliyati va yuksalishdan keyin shu qobiliyatni yana qaytib tiklash bilan harakterlanadi. Chidamlilikda barcha jismoniy sifatlar va sportga tayyorgarlikning hamma tomoni (tehnik sifatlar va g’oyaviy – irodaviy )o’z ifodasini topadi.
Yurak-qon tomir va nafas olish tizimlarida katta o’zgarishlar ro’y beradi.
Misol uchun nafas olish tezlashib chuqurligi ortib, yurak urishi bir daqiqada 220 zarbagacha etadi, maksimal ancha oshib, minimal (AB) pasayadi, qonning stirkulyar aylanma zahira chiqishi hisobiga ancha ortadi (jigardan, boshqa organlarda), tayyorgarlik tizimi va ichki sekrestiya organlari ham katta yuklanish bilan ishlaydi.
Gandbolchi bunday o’zgarishlar sharoitida mashg’ulotni davom etirib, ortib borayotgan charchashga qarshi turadi, ayni vaqtda barcha organlar va tizimlar shu sharoitda yanada harakatchan va shiddatli ishlashga o’tadi.
Mashg’ulot o’yin jarayonida organizmning (yuzini) belgilari bo’yicha charchash aniqlanadi.
1.Tomir urish sur’atini sekinlashish.
2.Maksimal AB ning ma’lum darajada pasayishi.
3.Dam olishda, nafas olishda uni ushlab turish va vaqtini aniqlash.
4.Organizmning yuksalishidan keyingi kuchni qayta tiklash jarayonida gormatonik reakstiya tipni ko’tarilishi.
Quyidagilar umumiy jismoniy tayyorgarlikni tarbiyalash manbai bo’lib hisoblanadi. Sport o’yinlari turlarida o’rtacha sur’atda o’rta masofaga yugurish, suzish, krosslar va boshqalar. Gandbolchi o’zining butun mashqlar faoliyatida umumiy jismoniy tayyorgarlikni tarbiyalash va uni saqlab turish bilan shug’ullanadi.
Gandbolda umumiy jismoniy tayyorgarlikni tarbiyalash uchun quyidagi metodlardan foydalaniladi.

Yüklə 249 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin