Mavzu: kimyoning asosiy tushuncha va qonunlari



Yüklə 373,33 Kb.
səhifə10/15
tarix07.01.2024
ölçüsü373,33 Kb.
#209259
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Amaliy

Propion kislota

Geptil kislota

I

> 1 soat

2 soat

II

3 sutka

32 sutka

III

10 sutka

Adsorbtsion muvozanat qaror topmagan

IV

30 sutka

> 31 sutka

Jadvalda keltirilgan adsorbent g’ovagining radiusi I- IV qadar kamayib borish tartibida joylashtirilgan.
Adsorbtsiya issiqligi. Fizikaviy adsorbtsiyada ham, xemosorbtsiyada ham issiqlik effekti kuzatiladi, ya`ni issiqlik chiqadi. Xemosorbtsiyada ajralib chiqqan issiqlik miqdori kimyoviy reaktsiyalarning issiqlik effektiga yaqin keladi. Fizikaviy adsorbtsiyada ajralib chiqqan issiqlik kalorimetrlar yordamida o`lchanadi, lekin bunda olingan natijalar taqribiy bo`ladi, chunki adsorbtsiya va demak, issiqlik chiqishi uzok vaqtga cho`ziladi. Adsorbtsiya issiqligi ikki xil bo`ladi:
1) 1gr adsorbentga gaz yoki bug’ yutilganda chiqqan umumiy issiqlik miqdori adsorbtsiyaning integral issiqligi deyiladi va ushbu formuladan topiladi. q =Q/m
bunda Q-ajralib chiqqan umumiy issiqlik miqdori (j), m-adsorbent massasi (G)
2)Adsorbentga ma`lum miqdorda modda yutilgandan keyin yana bir mol’ yutilganda ajralib chiqqan issiqlik adsorbtsiyaning differentsial issiqligi deyiladi, ya`ni q =dQ/dn
Adsorbtsiya issiqligini juda sezgir kalorimetrlarda o`lchash yoki adsorbtsiya izotermasidan aniqlash mumkin.
3. Qattiq jism sirtidagi adsorbilanish.
Qattiq jism ham xuddi suyuqlik kabi, sirt tortilishiga ega. SHuning uchun sirt taranglashishga ega bo`ladi. Lekin xozirgacha qattiq jismning sirt tarangligin aniq o`lchash usuli ma`lum emas.
Qattiq jism sirtida gazning adsorbilanishining miqdor jixatidan xarakterlash uchun yo gaz bosimining kamayishi, yoki adsorbent ogirligining ortishi o`lchanadi: chunki adsorbtsiya vaqtida adsorbentning og’irligi ortadi.
Qattiq jism sirtida suyuqliklarni adsorbilanishini esa eritmadagi moddaning boshlang’ich kontsentratsiyasi bilan adsorbtsion muvozanat vaqtida muvozanat kontsentratsiyasining ayirmasi orqali aniqlaniladi.
Adsorbentning sirt birligiga (1m2ga) yutilgan moddaning gramm-molekula(mol’) xisobidagi miqdori solishtirma adsorbilanish deyiladi.
Solishtirma adsorbtsiyani topish uchun adsorbtsion muvozanat vaqtida yutilgan modda miqdorini (mol’ xisobida) adsorbent sirtiga bo`lish kerak:

bu erda G- solishtirma adsorbtsiya, x- yutilgan modda miqdori, s-adsorbent sirti. Lekin qattiq g’ovak adsorbentlarning (ko`mir, silikagel’ va xokazolarning) sirtini o`lchash juda qiyin bo`lganligi uchun amalda solishtirma adsorbtsiyani topishda modda miqdori adsorbent massasiga bo`linadi:
G= x/m
Bu yerda x-yutilgan moddaning gramm xisobidagi massasi, m-adsorbentning gramm xisobida olingin massasi. Xar qanday adsorbent ma`lum (o`ziga xos) miqdordan ortiq moddani yuta olmaydi. Moddaning sirt birligiga (1sm2 yutilishi mumkin bo`lgan eng ko`p miqdori solishtirma adsorbtsiya deyilib, G bilan belgilanadi(14-rasm).
Qattiq jism sirtidagi adsorbilanishni tekshirish natijasida polyar adsorbentlar polyar modda yoki ionlarni, polyarmas adsorbentlar esa polyarmas moddalarni adsorbilashi aniqlandi.
Adsorbilanish maqsadlari uchun ko`mir maxsus ishlanadi, ya`ni aktivlantiriladi. Bunda ko`mirning teshiklaridagi xar xil smolalar yo`qotiladi va ko`mirni g’ovakligi oshiriladi. Ko`mir qanday sharoitda aktivlantirilishiga qarab yoki kislotalarni yoki asoslarni ko`prok adsorbilaydi. Masalan, 900°S da aktivlangan ko`mir kislotalarni 4000-450°S da aktivlangani esa asoslarni yaxshi adsorbilaydi. Buni N. A. Shilov aktivlangan ko`mir sirtida ya`ni asos yoki kislota xarakteriga ega bo`lgan oksidlarni xosil bo`lishidandir deb tushuntirgan. Adsorbent sifatida ko`mirdan tashqari silikagel’ ham ko`p ishlatiladi. U kislota xarakteriga ega bo`lgan adsorbentlar qatoriga kirib, asosan asoslarni adsorbilaydi.
Adsorbtsiya jarayoni kimyoviy texnologiyada katta rol’ o`ynaydi. Gaz aralashmalarini ajratib olishda ko`prok ko`mir va silikageldan foydalaniladi. Oziq-ovqat texnologiyasida esa xidlanib qolgan maxsulotlarni xiddan tozalashda aktivlangan ko`mirdan foydalaniladi.
Qattiq jism sirtida ketadigan adsorbtsiya ustida bir qancha tajriba natijalari yig’ilgan bo`lsa ham, lekin uning umumiy nazariyasi yo`q. Bunga sabab, bir qancha qiyinchiliklar bor:

  1. Adsorbilanish jarayonida qattiq jismga erigan modda va erituvchi molekulalari bir vaqtning o`zida yutiladi. eritmadan elektrolitlar ham adsorbilanishi mumkin. SHunga ko`ra adsorbtsiya molekulyar va ionli adsorbtsiya degan ikki sinfga bo`linadi. Ko`pincha moddalar adsorbentga tanlab yutiladi.

  2. Erituvchi molekulalari bilan erigan modda molekulalari bir biri bilan bog’lanishi mumkin. Ana shu qiyinchiliklar natijasida qattiq jism sirtidagi adsorbtsiya murakkab xisoblanadi.

Qattiq jism sirtiga moddaning butun molekula xolida yutilishini molekulyar adsorbtsiya deyiladi va unda uch xol kuzatiladi:

  1. Erigan modda erituvchiga nisbatan ko`p yutilsa musbat adsorbtsiya sodir bo`ladi.

  2. Erituvchi erigan moddaga nisbatan ko`p yutilsa manfiy adsorbtsiya deyiladi.

  3. Adsorbtsiya sodir bo`lmasligi ham mumkin. Agar erigan modda adsorbent va eritmaning butun xajmida kontsentratsiyasi bir xil bo`lsa.

Yutilgan modda miqdorini aniqlashning bir qancha usullari bor:
1) Titrometrik
2) Interferometrik
3) Kalorimetrik
4) Sirt tarangligini aniqlash (sirt aktiv moddalar uchun)
5) Viskozimetrik yoki refraktometrik (polimer moddalar uchun) usulari.
Adsorbtsiyani xarakterlash uchun adsorbtsiya izotermalaridan foydalaniladi. Adsorbtsiya birligi mol’/sm2(mmol’/sm2) yoki mol’/m2 da ifodalanib xarakterlash mumkin.

  1. Adsorbtsiya miqdori G-ning temperaturaga bog’liqligi - G= f(T)ni bosim o`zgarmas bo`lganda (R = const) izobara, agar kontsentratsiya o`zgarmasa (S= const) izopik adsorbtsiya deyiladi.

  2. Muvozanat kontsentratsiyasi yoki bosimini temperaturaga bog’liqligi - S=f(T) va R=f(T), agar adsorbtsiyalangan adsorbtiv (modda) miqdori o`zgarmas bo`lganda (Gqconst) izostera adsorbtsiya deyiladi.

  3. Adsorbtsiya miqdori G-ning muvozanat kontsentratsiyasi yoki bosimga bog’liqligi - G= f(C) yoki G= f(P), agar temperatura doimiy bo`lganda. (T= const) adsorbtsiya izotermasi deyiladi.

Ko`rilgan adsorbtsiya turlaridan izoterma adsorbtsiyasi nazariy va amaliy jixatdan katta ahamiyatga ega, shuning uchun adsorbtsiyani xarakterlashda, shu bog’liqlikdan foydalanamiz.
Adsorbtsiyani xarakterlashda faqat adsorbtsiya izotermasidan foydalanmasdan tenglamalardan ham foydalanish mumkin.


Nazorat savollari:

  1. Adsorbtsiya, absorbtsiya, sorbtsiya, fizik-kimyoviy adsorbtsiya tushunchalariga ta`rif bering?

  2. Adsorbentga yutilgan modda miqdorini qanday usullar bilan aniqlanadi?

  3. Adsorbilanish muvozanati nimadan iborat?

  4. Adsorbtsiyaning integral va differentsial issiqligi nimadan iborat?

  5. Adsorbent qanday modda, ularni qanday sinflarga bo`lish mumkin?

  6. Molyar va solishtirma adsorbilanish nima?


Yüklə 373,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin