Mavzu: Kesarcha kesish



Yüklə 51,37 Kb.
tarix23.05.2023
ölçüsü51,37 Kb.
#120306
kesarcha kesish

Mavzu:Kesarcha kesish Shodmonqulov Shohsulton

Tugʻruq – bu tabiiy jarayon boʻlib, ayol organizmi har tomonlama bu holatga moslashgandir. Ammo, ayrim holatlarda tugʻruq jarayoni ayol yoki homila hayotiga xavf tugʻdirishi mumkin. Bunday vaziyatlarda tugʻruq operativ yoʻl bilan amalga oshiriladi yaʼni – kesarcha kesish amaliyoti oʻtkaziladi.

Kesarcha kesish amaliyoti rejali yoki shoshilinch oʻtkazilishi mumkin. Rejali kesarcha kesish amaliyoti homiladorlikni rejalashtirish vaqtida yoki homiladorlik davom etayotgan vaqtda belgilab qoʻyiladi. Shoshilinch kesarcha kesish esa tugʻruq vaqtida yoki homila hayotiga xavf tugʻilganda (homila gipoksiyasi, yoʻldoshning koʻchishi) belgilanadi va amalga oshiriladi. Kesarcha kesishga koʻrsatmalar nisbiy va absolyut boʻlishi mumkin. Absolyut koʻrsatmalar hech qanday shubhalarsiz operatsiya jarayoni oʻtkazilishi va bu shifokor tomonidan qatʼiy belgilanadi. Kesarcha kesish amaliyoti rejali yoki shoshilinch oʻtkazilishi mumkin. Rejali kesarcha kesish amaliyoti homiladorlikni rejalashtirish vaqtida yoki homiladorlik davom etayotgan vaqtda belgilab qoʻyiladi. Shoshilinch kesarcha kesish esa tugʻruq vaqtida yoki homila hayotiga xavf tugʻilganda (homila gipoksiyasi, yoʻldoshning koʻchishi) belgilanadi va amalga oshiriladi. Kesarcha kesishga koʻrsatmalar nisbiy va absolyut boʻlishi mumkin. Absolyut koʻrsatmalar hech qanday shubhalarsiz operatsiya jarayoni oʻtkazilishi va bu shifokor tomonidan qatʼiy belgilanadi.

Homilador ayolda tor chanoq boʻlsa. Ayol chanogʻining anatomik tor tuzilishi natijasida tabiiy yoʻl bilan tugʻruq amalga oshishining imkoni boʻlmaydi. Homilaning tugʻruq yoʻllaridan oʻtishida qiyinchiliklar kelib chiqadi. Bu holat homiladorlikni rejalashtirish vaqtida belgilanadi va ayol, uning oilasi bundan ogohlantiriladi, operatsiya jarayoniga ayol oʻzini tayyorlab borishi tushuntiriladi;

Bachadon yorilish ehtimoli boʻlsa. Bu koʻrsatma bachadon avvalgi operativ amaliyot natijasida chandiqlar qolgan holatda amalga oshiriladi, masalan avvalgi tugʻruq ham kesarcha kesish yoʻli bilan amalga oshirilgan boʻlsa keyingi tugʻruq ham jarroh yoʻli bilan amalga oshishi kerak, aks holda bachadonda qolgan chandiq yirtilishi mumkin.

Yoʻldoshning muddatidan avval koʻchishi. Yoʻldoshning tugʻruq jarayoni boshlanishidan avval koʻchishi homilani kislorod va ozuqa moddalari yetishmasligiga sabab boʻladi. Bunday holat ham kesarcha kesishga absolyut koʻrsatma hisoblanadi.

Bunday vaziyatda tabiiy yoʻl bilan tugʻish imkoniyati ham bor ammo homila yoki ona uchun xavf tugʻilish ehtimoli boʻladi. Nisbiy koʻrsatmalarga quyidagilar kiradi: Onaning koʻrish oʻtkirligida muammolar boʻlsa (tugʻruq vaqtida kuchanish koʻrish oʻtkirligiga salbiy taʼsir koʻrsatadi);


Yüklə 51,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin