Mavzu: kasbiy psixologiya fanining asosiy tadqiqot metodlari



Yüklə 18,07 Kb.
tarix17.10.2023
ölçüsü18,07 Kb.
#156792
ekologiya tadqiqot metodlari


MAVZU: KASBIY PSIXOLOGIYA FANINING ASOSIY

TADQIQOT METODLARI
REJA:
1. Kasbiy psixologiyaning tadqiqot metodlari klassifikatsiyasi.
2. Kasbiy psixologiyaning tadqiqot metodlaridan foydalanishni shakllantirish
3. Genetik metodlar, praksimetrik metodlar, psixosamatik metodlar.
4. Eksperimental metodlar haqida tushincha. Professiografik tadqiqotlarni
o’tkazish.

1. Kasbiy psixologiyaning tadqiqot metodlari klassifikatsiyasi


Kasbiy psixologiya muhandislik sohasining ob’ektiv qonuniyatlarini o‘rganishda uning metodlaridan keng foydalanadi. Ushbu metodlar o‘zining maqsadi va yo‘nalishiga qarab tasniflanadi. Tadqiqot maqsadiga ko‘ra muhandislik psixologiyasi metodi quyidagi uch guruhga bo‘linadi. Ilmiy tadqiqot metodi. Ushbu metod yordamida shaxslarning huquq normalariga nisbatan munosabatining psixik qonuniyatlari o‘rganiladi, shuningdek, jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi amaliyot xodimlari uchun ilmiy jihatdan asoslangan tavsiyalar ishlab chiqiladi.
-anamnestik (biografik) metod;
-kuzatish va tabiiy eksperiment metodlar;
-shaxsning individual-psixologik xususiyatlarini o‘rganish-ning
instrumental (test, anketa va boshq.) metodlari.
Ushbu metodlarning qo‘llanishi individual-psixologik xususiyatlarni
o‘rgatadi. Psixolog-ekspert oldida har bir bosqichdagi psixologik determinantlar
(omillar)ni ajratish vazifasi turadi. Birinchi bosqichda o‘zini o‘zi anglash, o‘zini
o‘zi baholashning shakllanishi, haqiqiy hayotiy qadriyat va axloqiy-me’yoriy yo‘naltirishlarning rivojlanish xususiyatlarini tahlil qilish zarur. Ekspertizadan o‘tkazilayotgan shaxsning individual-tipologik xususiyatlarini tahlil qilish ham muhim o‘rin tutadi. Ikkinchi bosqichda ekspertizadan o‘tkaziluvchining qaror qabul qilishining o‘ziga xos tomonlari tadqiq etiladi.
Qaror qabul qilish sub’ektning shaxsiy jihatlari, xatti-harakat motivlarining ob’ektiv tashqi vaziyat bilan o‘zaro ta’sir jarayoni sifatida baholanadi.
Shunday qilib, psixolog-ekspert oldida turgan vazifalarning keng
qamrovligi va xilma-xilligini inobatga olgan holda, ekspertizadan
o‘tkaziluvchining shaxsini bir marta tekshirish emas, balki uning rivojlanish
jarayonini o‘rganish, turli sharoitlarda o‘zini namoyon etishini tahlil qilish zarur.
Hech bir psixologik metod shaxs haqida mutlaqo to‘g‘ri ma’lumot olinishini
kafolatlamaydi. Shaxsni samarali psixologik tadqiq etishning muhim tomoni –
standart va nostandart tadqiqotlar ma’lumotlarini, eksperimental va
noeksperimental metodlarni qo‘shish hisoblanadi.Kasbiy psixologiyaning
o‘ziga xos metodlariga muhandislik faoliyati ishini psixologik tahlil qilish kiradi.
Bu o‘rinda qaror qabul qilish muammosini tadqiq etish ayniqsa samarali
hisoblanadi .
So‘nggi yillarda psixodiagnostika o‘tkazishda kompyuterdan foydalanishga
qiziqish keskin oshdi. Avtomatlashtirilgan psixologik tizimlarning dastlabki
variantlari mamlakatimizda XX asrning 60-yillaridayoq ishlab chiqilgan edi.
Ammo ular, EHMlardan foydalanish qiyinligi va ularning qimmat turishi
sababli, ommaviy tarzda yoyilmadi. O‘tgan asrning 80-yillari o‘rtalaridan
boshlab esa kompyuter tizimlari test o‘tkazish amaliyotiga keng tatbiq etila
boshlandi.
Kompyuter- lashtirishdan avval psixologik test o‘tkazish uzoq davom
etadigan, bir xil tusdagi bir muncha murakkab ish bo‘lgan. Testdan o‘tayotgan
shaxs juda ko‘p savollarni o‘qir hamda maxsus jadvallarning katta qog‘ozlarini
to‘ldirar edi.

2. Kasbiy psixologiyaning tadqiqot metodlaridan foydalanishni shakllantirish


Kasbiy psixologiya fanining o’ziga xos ilmiy o’rganish metodlari mavjud. Psixologiya fanini ilmiy o’rganish metodlari («metod» yunoncha so’z bo’lib, «biror narsaga borish yo’li» degan ma’noni anglatadi) psixik jarayonlar, holatlar
va individual xususiyatlar to’g’risidagi bilimlarni egallashda qo’llaniladigan nazariy tadqiqotlar hamda amaliy harakat qilish usullari va ularning yig’indisidir.
Kasbiy psixologiya muxandislik psixologiya sohasining ob’ektiv
qonuniyatlarini o’rganishda uning metodlaridan keng foydalanadi. Ushbu
metodlar o’zining maqsadi va yo’nalishiga qarab tasniflanadi.Individual-psixologik xususiyatlarni o’rganishning instrumental metodlariga avvalo eksperiment metodining turli variantlari, shuningdek, har xil testlar o’tkazish, anketalar,
so’rovnomalar kiradi. Ularning mazmuni psixodiagnostikaga oid asosiy qo’llanmalarda berilgan.
Metodlarning ushbu guruhi insonning ayrim ruhiy xususiyatlarining doimiyligi yoki o’zgaruvchanligi darajasi, tuzilishini aniqlash uchun nihoyatda katta ahamiyatga ega. Biroq, psixologik metodlar yordamida olinadigan
materiallarda ayrim xatolar ham bo’lishi muqarrar. Ushbu xatolar inson shaxsini psixologik o’rganishning o’ziga xos «artefaktlari» hisoblanadi. U eksperiment tadqiqotining barcha bosqichlarida maxsus o’rganish va hisobga olishni talab qiladi. Kasbiy psixologiyaning o’rganish sohalariga, jumladan, tek- shirilayotgan shaxsning inson-texnika munosabatlari sharoitidagi holatlari kiradi. Shaxs
harakat qiladigan bu sharoitlar shaxsning odatdagi tadqiqot sharoitida yo aniqlash juda qiyin bo’lgan, yo umuman ko’rinmaydigan tomonlarini ko’rsatadi.
Shaxsning ong osti holatini chuqur va har tomonlama o’rganishga imkon beradigan psixoanaliz metodi kasbiy psixologiya uchun muhim hisoblanadi. Psixoanaliz xatti-harakat motivlari, murakkab nizolarning haqiqiy sabablarini tadqiq etish darajasini aniqlashda keng qo’llaniladi.
Anketa metodi. Bu metodga tadqiqotchini qiziqtiruvchi faktlar haqida bir qator materiallar olish uchun nisbatan ko’p sonli shaxslar guruhiga beriladigan savollarning bir xilligi xos. Materiallarga statistik ishlov beriladi va
tahlil qilinadi. Suhbat (intervyu) metodi. Ushbu yordamchi metod
tadqiqqotning eng boshida umumiy yo’nalish olish va ishchi farazlarni yaratish
maqsadida qo’llaniladi. Bu erkin, majburiy bo’lmagan suhbat.Suhbat (intervyu) anketa tadqiqotlaridan keyin ham qo’llanishi mumkin. Bunda anketa tadqiqotlari natijalari
suhbatlashish orqali chuqurroq o’rganiladi.
Suhbatga tayyorgarlik jarayonida savollarni berishga katta e’tibor qaratish lozim. Savollar qisqa, aniq va tushunarli bo’lishi kerak.
Qiyosiy metod («ko’ndalang kesim» metodi) turli guruhlarga mansub odamlarning yoshi, ma’lumoti, faoliyati va muloqotiga ko’ra taqqoslashdan iborat. Masalan, yoshi va jinsi bir xil bo’lgan odamlarning ikkita katta guruhi (talabalar va ishchilar) ilmiy ma’lumotlarga ega bo’lish uchun bir xil tajriba metodlari bilan tadqiq etiladi va olingan ma’lumotlar o’zaro solishtiriladi.
Longityud metodi («uzunchoq kesim» metodi) tanlangan sinaluvchilarni uzoq vaqt davomida qayta-qayta tekshirishdan iborat. Masalan, talabalarni oliygohda ta’lim olish vaqti davomida ko’plab marta tekshirish.
Inson psixikasini – ruhiyatini tadqiq qilish uchun uning hayoti, faoliyati, ijodiyoti to’g’risidagi og’zaki va yozma ma’lumotlar odamlarning tarjimai holi, kundaliklari, xatlari, esdaliklari muhim ahamiyatga ega. Shu bilan birga o’zgalar
tomonidan to’plangan tarjimai holga aloqador materiallar: esdaliklar, xatlar, rasmlar, tavsiflar, magnitofon ovozlari, foto lavhalar, xujjatli filmlar, videokamera
tasviri, taqrizlar, tanbehlar ham o’rganilayotgan shaxsni to’laroq tasavvur etishga
xizmat qiladi. Hatto shifokorning kasallik tarixi xujjati ham bolaning tug’ilganidan, ham to boshlang’ich ma’lumot olgunicha davr oralig’ida salomatlik
darajasi qanday bo’lganligi to’g’risidagi omillar bilan tanishish imkonini beradigan
material hisoblanadi.
Biografiya metodi inson psixikasini suhbat va tajriba
metodlari vositasida o’rganib bo’lmaydigan jihatlarini ochishda yordam bo’radi. Mazkur metod orqali, masalan, ijodiy xayol bilan bog’liq jarayonlar: sheriyat, musiqa, nafosat, tasviriy san’at, texnik ijodiyotning nozik turlari va shaxsning
ma’naviyat, qadriyat, qobiliyat, iqtidor, iste’dod salohiyat kabi fazilatlari
kuzatiladi. Inson ongining namoyon bo’lishi, rivojlanishi, o’ziga xos individual va
ijtimoiy xususiyatlari atoqli shaxslar bildirgan mulohazalarida, asarlarida o’z
ifodasini topadi. Allomalar to’g’risidagi ma’lumotlar zamondoshlari, izdoshlari, safdoshlarining ta’rifu – tavsiflari orqali avloddan – avlodga o’tadi. Xuddi shu
ijtimoiy uzluksiz natijasida ajdodlar bilan avlodlar o’rtasida vorislik hodisasi ijtimoiy psixologik voqelik vujudga keladi va ijtimoiy tarixiy taraqqiyotning uyg’unligini ta’minlaydi.
Sotsiometriya metodi
Bu tadqiqot metodiga AQShlik Djon Moreno asos solgan bo’lib, kichik
(birlamchi) guruh a’zolari o’rtasida emotsional, hissiy munosabatlarni bevosita
o’rganish va darajasini o’lchashda qo’llaniladi. Mazkur metod yordamida muayyan
guruhdagi har bir a’zoning o’zaro munosabatlarini aniqlash uchun uning
faoliyatida kim bilan ishtirok etishi so’raladi. Olingan ma’lumotlar matritsa, grafik,
sxema, jadval, diagramma shaklida ifodalanadi. Ulardagi miqdor ko’rsatkichlari
guruhdagi odamlarning shaxslararo munosabatlari mazmuni yuzasidan ma’lum bir
xulosa qiladi. Biroq ma’lumotlar guruhiy munosabatlarning tashqi ko’rinishini aks
ettiradi xolos.

Xulosa
Kasbiy psixologiya muhandislik sohasining ob’ektiv qonuniyatlarini o‘rganishda uning metodlaridan keng foydalanadi. Ushbu metodlar o‘zining maqsadi va yo‘nalishiga qarab tasniflanadi. Tadqiqot maqsadiga ko‘ra muhandislik psixologiyasi metodi quyidagi uch guruhga bo‘linadi. Ilmiy tadqiqot metodi. Ushbu metod yordamida shaxslarning huquq normalariga nisbatan munosabatining psixik qonuniyatlari o‘rganiladi, shuningdek, jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi amaliyot xodimlari uchun ilmiy jihatdan asoslangan tavsiyalar ishlab chiqiladi.


-anamnestik (biografik) metod;
-kuzatish va tabiiy eksperiment metodlar;
-shaxsning individual-psixologik xususiyatlarini o‘rganish-ning
instrumental (test, anketa va boshq.) metodlari.
Ushbu metodlarning qo‘llanishi individual-psixologik xususiyatlarni
o‘rgatadi. Psixolog-ekspert oldida har bir bosqichdagi psixologik determinantlar
(omillar)ni ajratish vazifasi turadi. Birinchi bosqichda o‘zini o‘zi anglash, o‘zini
o‘zi baholashning shakllanishi, haqiqiy hayotiy qadriyat va axloqiy-me’yoriy yo‘naltirishlarning rivojlanish xususiyatlarini tahlil qilish zarur. Ekspertizadan o‘tkazilayotgan shaxsning individual-tipologik xususiyatlarini tahlil qilish ham muhim o‘rin tutadi. Ikkinchi bosqichda ekspertizadan o‘tkaziluvchining qaror qabul qilishining o‘ziga xos tomonlari tadqiq etiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
1.Qodirov B.R., Qodirov I.B. “Kasbiy tashxis mеtodikalari to`plami”Toshkеnt, 2003 yil
2.Qoziеv E.Q., Mamеdov K.K. “Kasb psixologiyasi” Toshkеnt 2003 yil
3.Z.Ibodullaev. Tibbiet psixologiyasi. T., 2008 yil darslik.
4. P.I.Ivanov va M.Zufarova Umumiy psixologiya. T., 2008 yil darslik.
5.Z.Nishonova va Sh.Asomiddinova. Psixologik maslahat.T. 2010 yil
6.G‘oziev E.G‘. Umumiy psixologiya. Toshkent 2010
7.Kondakov I.M. “Diagnostika profеssionalno`x ustanovokpodrostkov” 1997y.
http://fayllar.org
Yüklə 18,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin