Mavzu: Jizzax tarixini o‘rganishda "Iqtidor-Shou" intellektual o‘yinlaridan foydalanish. Reja: I bob. Ta‘lim jarayonida o‘yinli texnologiyalarning o‘rni



Yüklə 248 Kb.
səhifə1/19
tarix07.05.2023
ölçüsü248 Kb.
#109115
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
For Mr Max



Mavzu: Jizzax tarixini o‘rganishda "Iqtidor-Shou" intellektual o‘yinlaridan foydalanish.
Reja:
I BOB. Ta‘lim jarayonida o‘yinli texnologiyalarning o‘rni
1.1. Intellektual shou o‘yinlarining paydo bo‘lishi va ta‘lim jarayonida tutgan o‘rni.
1.2. Tarix fanini o‘qitishda intellektual shou o‘yinlarining ahamiyati.
II BOB. Jizzax vohasi tarixini intellektual o‘yinlar orqali o‘rganish
2.1. Qadimgi Ustrushona davlati tarixi bo‘yicha "Zakovat" intellektual o‘yini tashkil etish
2.2. Jizzax vohasining o‘rta asrlar davr tarixini intellektual o‘yinlar orqali o‘rganish.
2.3. Yangi va eng yangi davrlarda Jizzax vohasi tarixi
III BOB. Qadimgi Ustrushona va Jizzax vohasi tarixi mavzusini tarix darslarida o’qitishning interfaol usullari
3.1.

KIRISH.
Mavzuning dolzarbligi. O‘zbеkiston Rеspublikasi o`z mustaqilligiga erishgach, zamonaviy davlatchilik tizimini barpo etish va rivojlantirishga alohida e'tibor qaratdi. Ushbu ustivor yo`nalishdagi jadal harakatlarni amalga oshirishidan o`zbеk xalqining davlatchilik sohasida to`plagan ko`p asrlik boy tarixiy tajribasini atroflicha o`rganish va undan samarali foydalanish masalasi o`zining dolzarbligi bilan ajralib turadi. Shu nuqtai nazardan, birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov takidlaganlariidek, o‘zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi. Isbot talab bo‘lmagan ushbu haqiqat davlat siyosati darajasiga ko‘tarilishi zarur1.
Birinchi Prezidentimiz har bir o‘zbek farzandi mening ajdodlarim kimlar bolgan, millatimizning ibtidosi qayda, uning oyoqqa turushi, tiklanish, shakllanish jarayoni qanday kechgan2. Ayniqsa mustabid tuzum davrida Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur, Bobur Mirzo va boshqa ulug‘ bobokalonlarimizning buyuk nomlari qaysi tuproqlarda qorishib yotgan edi?3 degan savollarni o‘ziga-o‘zi berishi kerakligini qayta-qayta uqtirardilar. Bu masalada O‘zbekistonning, o‘zbek xalqining bugun keng ommaga yetkazishga arziydigan haqqoniy tarixi yaratildimi-yo‘qmi?4 degan zaruriy savolni beradi va sho‘rolar davrida o‘zgalar yozib bergan soxta g‘oyalar asosida yozilgan tarixni qayta ko‘rib chiqish lozimligini ta‘kidlardilar.
Jizzax vohasi o‘zining boy tarixi, go‘zal tabiati bilan alohida ajralib turuvchi hududdir. Birinchi Prezidentimiz I.Karimov Jizzax haqida: "Jizzax ikki ming yildan ko‘proq tarixga va go‘zal tabiatga ega bo‘lgan qadimiy maskan... O‘zbek xalqining ko‘p-ko‘p asl farzandlari mana shu zaminda tarbiya topgan, o‘z fidoiyligi bilan el-yurtimizning obro‘siga obro‘, salohiyatiga salohiyat qo‘shgan, tarixda o‘zlarining pok nomlarini qoldirgan"5 deya ta‘rif bergan edi. Ustrushona Turon zaminining qadimgi va o`rta asr tarixida muhum o`rin egallagan bir bo`lagi, ajralmas qismidir. Sirdaryo va Jizzax viloyatlarining tog` va tog` oldi mavzelari qadimdan aholi zich joylashgan madaniy o`lkalar qatoriga kirgan. Ko`plab chashma, buloq, soy va daryolar havzasida hosil bo`lgan katta kichik bu vohalarda lalmikorlikdan tashqari sun‘iy sug`orish tizimlariga asoslangan dehqonchilik va o`troq hayot ancha qadimdan boshlangan. Bu esa Ustrushonaning mazkur hududlarida muqim istiqomat qiluvchi qadimgi aholining ilk tarqalish davri jarayonlari o`sish dinamikasi va xo`jalik faoliyatida muhim ahamiyat kasb etgan6.
O‘rta Osiyoda qadimgi davrlardan dehqonchilik vohalari atroflari bo‘ylab aholi sonining ortib borishi, yangidan-yangi yerlarning o‘zlashtirilishi va u yerlarning obod dehqonchilik vohalariga aylanib borishi kuzatiladi. Yevroosiyo dashtlaridan ko‘chmanchi chorvador aholilarning kirib kelishi va janubiy mintaqalarga o‘tib borishi Ustrushonadagi madaniy jarayonlarga katta ta‘sir ko‘rsatgan. Shunga bog‘liq holda, o‘lkada qadimgi (antik va ilk o‘rta asrlar) davrga oid juda ko‘p arxeologik yodgorliklari mavjud bo‘lib, ularning aksariyati yaxshi saqlangan7.
Qadimgi davrdan o‘rta asrlarga o‘tish, ya‘ni Qang‘ davridagi barqaror ijtimoiy siyosiy vaziyat tufayli Ustrushonada ham o‘troq va ko‘chmanchi aholining bir-biriga uyg‘un va bir-birini to‘ldiruvchi madaniyati shakllanib, sayqal topib borgan. Bu kabi jarayonlar ilk o‘rta asrlarda ham davom etib, qadimdan mavjud bo‘lgan ikki til sohiblari chegarasi Sirdaryodan Amudaryoning o‘rta havzalariga ko‘chib, VI-VII asrlarda turk so‘g‘diy etnomadaniy madaniyatining shakllanishiga olib kelgan. Endi, Ustrushona (Farg‘ona va Choch) madaniyatiga xos xususiyatlarning Baqtriya, So‘g‘d va Xorazm kabi tarixiy madaniy vohalar madaniyatidan farqli ko‘rinishlari ham kamayadi. Bir necha asr davomi sodir bo‘lgan ijtimoiy siyosiy va etnomadaniy jarayonlarning mahsuli fanda umumiy tarzda, Qovunchi madaniyati nomi bilan atalmoqda. Tarixni o‘rganish davomida, Qovunchi madaniyatini o‘rganishning ilmiy ahamiyati tobora ortib bormoqda va uning Ustrushona xalqlari madaniyati tarixida tutgan o‘rnini aniqlash va ko‘rsatib berish ham dolzarb hisoblanmoqda8.
Bugungi global davrda, dunyoda kechayotgan ommaviy madaniyat ko‘rinishidagi tahdidlar, xalqlarning milliy qadriyatlari va ma‘naviy merosiga ham rahna solmoqda. Unga qarshi kurashishning eng samarali usuli madaniyatimiz, milliy qadriyatlarimizni targ‘ib qilish orqali, yoshlarimizda ma‘naviy immunitetni shakllantirish, boy moddiy va ma‘naviy merosimizga nisbatan yuksak hurmat va sodiqlik ruhini shakllantirish zarur9. Bunda xalqimizning haqiqiy tarixi, jumladan uning ajralmas qismi bo‘lgan Ustrushona xalqlari qadimiyati, urf-odat va marosimlarini tadqiq qilish va shu orqali, azaliy qadriyatlarimiz va yuksak ma‘naviyatimizni targ‘ib qilish dolzarb vazifalarimizdan biri hisoblanadi.

Yüklə 248 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin