Mavzu: Jismoniy rivojlanganlik darajasi



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə10/12
tarix20.06.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#133070
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Jismoniy rivojlanganlik darajasi

Ketle indeksi yoki og‘irlik – bo‘y indeksi. Bu usul bilan bo‘yning har bir santimetriga qancha gramm og‘irlik bo‘lishi kerakligi aniqlanadi.
Tana og‘irligi, gr
Bo‘y uzunligi, sm
Og‘irlikli (gr) bo‘yga (sm) bo‘lib topiladi, erkaklar uchun o‘rtacha 370-400 gr sm ga aniq bo‘ladi, ayollarda 325-375 gr. sm. Agar berilgan sondan ortiq chiqsa, u holda nima uchunligini aniqlash lozim: muskul hisobigami yoki teri osti yog‘ qavati hisobigami, aniqlash kerak. Erkaklar uchun 350 g/sm, ayollar uchun esa 325 g/sm lardan past bo‘lgan ko‘rsatkichlar tana og‘irligining yetarli bo‘lmaganini bildiradi. O‘smir yigitlar uchun Ketle indeksi 325 g/sm, o‘smir-qizlar uchun esa, 300 g/sm o‘rtacha ko‘rsatkich hisoblanadi.
Oxirgi paytlarda Hayot indeksi keng qo‘llanilmoqda.

Bu indeks nafas olish apparatining funksional imkoniyatlari haqida ma’lumot beradi va O‘TS ni (ml) tana og‘irligiga (kg) bo‘lish orqali aniqlanadi, ya’ni har bir kg og‘irlikka o‘pkadagi qancha havo hajmi to‘g‘ri kelishi aniqlanadi. Masalan: tekshiriluvchining tana og‘irligi 70 kg O‘TS – 5600 ml.


Kuch indeksi: ma’lum bir mushak guruhlari kuchining rivojlanishini tana og‘irligiga nisbati, kuch ko‘rsatkichini og‘irlikka bo‘lib foiz ko‘rinishida hisoblanadi.

Masalan: tekshiriluvchining o‘ng kaft kuchi 60 kg, gavda kuchi 200 kg, tana og‘irligi 70 kg.
Erisman indeksi: ko‘krak qafasining aylanasidan bo‘y uzunligini ayiramiz. Bu ko‘rsatkichning o‘rtachasi:
Sportchi erkaklarda +5,8 sm.,
Sportchi ayollarda + 3,8 sm .
Ko‘krak qafasininig rivojlanish proporsionalligi indeksi: ko‘krak qafasining tinch holatdagi aylanasini bo‘y uzunligiga bo‘lamiz. Bu ko‘rsatkich foizlarda belgilanib, ko‘rsatkichning o‘rtachasi tekshiriluvchi bo‘yining 50-55 %ga to‘g‘ri keladi.
Mabodo, odatdagi antropometrik o‘lchashlar katta qiyinchiliklarni tug‘dirmasa, u holda tananing solishtirma og‘irligi, zichligi va qismlarini aniqlash antropometriyaning nisbatan yangi bo‘limidir.
Tananing zichligini aniqlash maqsadida, havodagi tana massasini (Ma) (kg), uning suvdagi massasi (M omega) bilan solishtiriladi.
Tana massasini suvda o‘lchash paytida tekshiriluvchi dastavval nafasni chuqur chiqaradi va suvga boshi bilan sho‘ng‘iydi.
Tananing zichligini Brozok formulasi bo‘yicha aniqlanadi:

O‘r – o‘pkaladagi qoldiq havoning hajmi;
0,996 - +370C da suvning zichligi.
Formuladan ko‘rinib turibdiki, zichlikni yoki solishtirma og‘irlikni aniqlash uchun qoldiq havoni o‘lchash kerak, bu esa, ma’lum qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi, chunki murakkab asbob zarur bo‘ladi. Shu boisdan ham ayrim tadqiqotchilar empirik (sezgi tajribasi) asosida quyidagi formulani tavsiya etishadi:

Bu formulada,
L – tana uzunligi –bo‘yning balandligi, sm;
M – tana massasi, gr.
Eng ko‘p zichlik –solishtirma og‘irlik gimnastlar (1,043), shtangachilar (1,044), yengil toifali kurashchilar (1, 043).
Ancha past –ayrim basketbolchilarda (1,039), og‘ir vaznli kurashchilarda (1,037), shtangachilarda (1,022) kuzatiladi.
Tananing solishtirma og‘irligi va qismlari (vaznni taqsimlash-fraksionirovat) ma’lum ishlab chiqilgan formulalar asosida teri burmalarini o‘lchash asosida aniqlanishi mumkin. Ayni maqsadda, teri burmasiga bir xildagi bosim (har bir mm=1 mm teri yuzasiga 10 grammdan) ta’sir etishni ta’minlovchi Kaliper yordamida tanadagi teri burmalarining 8 (sakkiz) tasining qalinligi o‘lchanadi:

  1. orqada –kuraklarning pastki burchaklarida;

  2. qorin sohasida –kindikning yaqin o‘ng tomonida;

  3. ko‘krak sohasida – qo‘ltiqosti chizig‘i bo‘ylab;

  4. yelkaning old yuzasida, ikki boshli mushaklar ostida (taxminan yelka o‘rtasida);

  5. yelkaning orqa yuzasida, uch boshli mushaklar ustida (taxminan yelka o‘rtasida);

  6. qo‘l kaftining orqa yuzasida (III-kaft suyagi o‘rtasida);

  7. sonning oldingi yuzasida – sonning to‘g‘ri mushagi ustida, but bog‘lamidan biroz pastroqda;

  8. boldirning orqa yuzasida – boldir mushagining tashqi boshi sohasida.



Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin