Mavzu: Jilvirlash va Sidirish stanoglari



Yüklə 15,88 Kb.
səhifə1/2
tarix16.12.2023
ölçüsü15,88 Kb.
#183087
  1   2
Документ Microsoft Word (5)


Mavzu: Jilvirlash va Sidirish stanoglari
Jilvirlash stanoklari bajaradigan ish turiga qarab quyidagi turlarda bo'ladi:
a) sirtqi yumaloq yuzalarini jilvirlovchi stanoklar;
b) ichki tsilindrlik yuzalarni jilvirlovchi stanoklar;
v) rusumzsiz jilvirlash stanoklari;
g) yassi yuzalarni jilvirlovchi stanoklar;
d) charxlovchi stanoklar.
Sirtqi yuzalarni jilvirlovchi stanoklar universal, universal bo'lmagan, o'yuvchi va maxsus stanoklarga bo'linadi. Universal stanoklar nounversal stanoklardan aylanuvchi babkasi mavjudligi bilan farq qilib, bunday sganoklarda katga konusli yuzalarga ishlov berish mumkin. Quyida biz jilvirlash stanoklarning ayrimlarini tuzilishi va ishlash printsipi bilan tanishib chiqamiz (1-rasm) 3151 – modelli tsilindrik yuzalarni jilvirlash stanogi bu stanok rusumzlarda tsilindrik sirtqi yuzalarga, tores yuzalarga ishlov berishlarda qo'llaniladi. Stanokning texnik xarakteristikasi: jilvirlash yuzasining eng katta diametri — 200 mm; rusumzlar orasidagi eng katta masofa — 780 mm; stolning makismal burilish burchagi — 6°. Jilvirlash babkasining ko'ndalang maksimal surilish kattaligi —200 mm. Jilvir toshning bir minutdagi aylanish soni — 1050 ayl/min. Zagotovka shpindelningtezliklar soni — 3; zagotovka shpindel ning aylanishlar sonining pastki va ustki qiymatlari 75-300; stanok stolining bo'ylama yo'napishdagi maksimal va minimal surilish tezliklari 0,1 — 10 m/min. Jilvirlash babkasining stolini radial yo'nalishlardagi surilish qiymatlari 0,01—0,03 mm. Asosiy elektrodvigatelning quvvati IV - 7 kVt. Stanokning umumiy ko'rinishi quyidagi rasmda ko'rsatilgan. Ishlov berilayotgan detal aylanuvchan plitaga o'rnatilgan qo'zg'almas oldingi va orqa babkalarga markazlar bilan o'rnatiladi. Charx tosh esa jilvirlovchi babkani shpindeliga o'rnatiladi va o'zgarmas tezlikda aylanma. harakat qiladi. Bu stanokda zagotovkaga uch xil usul bilan ishlov berish mumkin:




(1-rasm) 3151 modelli doiraviy jilvirlash stanoklarini umumiy korinishi

1. Bo'ylama surish usuli — bu usul ishlov berilayotgan detal bir marotaba to'la aylangandan keyin, toshning o'qi bo'ylab charx toshi enining 0,25—0,7 kattaligida ilgarilama harakat uzatiladi. Stanok stoli harakatining oxirida jilvirlash babkasi ko'ndalangiga suriladi. Bu usul yuqori ishlov berish aniqdigini ta'minlaydi.


2. Charx toshini zagotovkaga botirib jilvirlash usuli. Bu usulda charx toshining eni zagotovkaning Jilvirlanayotgan yuzasidan katta bo'lishi kerak. Bu usul yuqori unumdor bo'lib, tsilindrik, konussi mon va fason yuzalarga ishlov berishda qo'llaniladi.
3. Katta chuqurlikda jilvirlash — bu usulda charx toshi konussimon o'r qismli bo'lib, birdaniga hamma quyim qapinligiga olishga sozlanadi. 3151 — sganokning kinematik chizmasi quyidagi rasmda keltirilgan. Jilvirlovchi charx toshi, quvvati 6 kVt. bo'lgan elekgrodvigateldan tasmalar yordamida harakatga keltiriladi. Ishlanilayotgan detal esa quvvati N-0,8 kVt bo'lgan elektrodvigateldan pokosimon remenlar va uch pogonali shkiv orqali harakatlantiradi. Bu uzatmalarninguzatish sonlari 0,45; 0,75; 1,51; ga teng. Stanok stolining bo'ylama harakati gidroprivod orqali amalga oshiriladi. Yog'ish unumdorligi 35 l/min bo'lgan nasosdan drossel orqali bo'ylama surish magistraliga qo'yiladi. Bo'yla ma harakat zolotnik orqali ta'minlanadi. Zolotnikning chizmada ko'rsatilgan "Pusk" holatida yog'zolotnikni o'ngga suradi, natijada ishchi tsilindr sistemadan ajratiladi, yog'esa boshqarish zolotnigining chap kanali drossel orqali reverslash zolotnigining chap qismiga o'ta boshlaydi va uni o'ng tomonga suradi. Bu holda yog'zolotnikning chap kanali orqali ishchi tsilindrning chap qismiga o'gaboshlaydi va porj shenni stoli bilan o'ngtomonga harakatlantiradi. Tsilindrning o'ng qismidagi yog'zolotnik ning o'ng kanali, zolotnikning o'rtasidagi o'yiq orqali Bakka quyiladi. Stol o'ng tomonga surilganida sozlanuvchi tayanch richagni buradi. Richag esa o'z navbatida zolotnik ni chapga suradi. Bu holda yog'bosim osgida zolotnikning o'ng kanali, drossel orqali zolotnikning o'ng qismiga kira boshlaydi va uni chap tomonga suradi. Bu holda yog'ishchi tsilindrning o'ng qismiga kira boshlaydi va stolni chap tomonga harakatlantiradi. Tsilindirning chap qismidagi yog'esa zolotnikning chap kanali va zolotnik ning o'rta ariqchasi orqali Bakka quyila boshlaydi. Stolning bo'ylama harakatini to'xtatish uchun zolotnik ni pastga qarab suradi, bu holda yog'bakka qaytarila boshlaydi va natijada magisgraldagi bosim kamayadi.

Yüklə 15,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin