Mavzu: Ijtimoiy Pedagogik Tadqiqotlar. Asosiy savollar: Ilmiy tadqiqotning mohiyati. Ijtimoiy pedagogika fanining vazifalari



Yüklə 39,06 Kb.
səhifə2/7
tarix13.01.2023
ölçüsü39,06 Kb.
#79158
1   2   3   4   5   6   7
Mavzu Ijtimoiy Pedagogik Tadqiqotlar. Asosiy savollar

Ijtimoiy falsafa falsafa, etika, sotsiologiya va pedagogika fanlarining to’qnashuvidan kelib chiqadi. Unda amaliy, uslubiy va dunyoqarashga oid masalalar o’rganiladi. Xususan, ijtimoiy tarbiya va uning vazifalariga ta’rif beriladi: inson obrazini muayyan tushunish asosida rivojlanish, ijtimoiylashuv va tarbiyaga nisbatan umumiy yondashuvlar ishlab chiqiladi; ijtimoiy tarbiyaning qadriyat sifatida tamoyillari ishlab chiqiladi.


Ijtimoiy tarbiya sotsiologiyasi ijtimoiylashuvni ijtimoiy tarbiya konteksti va ijtimoiy tarbiyani ijtimoiylashuv tarkibi sifatida o’rganadi. Olingan bilimlar ularning tarbiya salohiyatlaridan foydalanish, ijtimoiylashuv jarayonida inson rivojiga ta’sir etish mumkin bo’lgan ijobiy ta’sirlarni kuchaytirish, salbiy ta’sirni kamaytirishning usullari va yo’llarini izlab topish imkonini beradi. Umuman olganda, ijtimoiy tarbiya sotsiologiyasi tomonidan o’zlashtirilgan bilimlar jamiyatdagi tarbiyaviy kuchlarni birlashtirish yo’llarini qidirishga asos bo’lishi mumkin.


Ijtimoiy tarbiya nazariyasi ijtimoiy tarbiyaning faoliyat yuritishini tavsiflaydi, tushuntiradi va bashorat qiladi. Ijtimoiy tarbiya nazariyasi ijtimoiy tarbiya filosofiyasidan kelib chiqib, ijtimoiy tarbiya sotsiologiyasi hamda ma’lumotlarini inobatga olib individual, guruhli, ijtimoiy sub’ektlar nima ekanligini va ular o’zaro qanday munosabatda bo’lishlarini o’rganadi.
Ijtimoiy tarbiya psixologiyasi guruh va insonlarning ijtimoiy psixologik tavsiflari, ularning turli yoshlardagi xususiyatlari asosida ijtimoiy tarbiya sub’ektlarining o’zaro munosabati samaradorligining psixologik sharoitlarini aniqlaydi.
Ijtimoiy tarbiya metodikasi ijtimoiy tarbiyani maqsadga muvofiq tashkil qilishning yangi usullari va metodlarini ishlab chiqadi.
Ijtimoiy tarbiya menejmenti va iqtisodiyoti bir tomondan jamiyatning “inson kapitali”ga bo’lgan ehtiyojini, boshqa tomondan ijtimoiy tarbiyani tashkil qilishda foydalanishi mumkin bo’lgan jamiyatning iqtisodiy resurslarini tadqiq etadi. Bundan tashqari bu bo’limda ijtimoiy tarbiya boshqaruvi ham ko’rib chiqiladi.



Yüklə 39,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin