Mavzu: gеomеtrik mazmundagi amaliy xaraktеrdagi masalalar yеchishga o`rgatish



Yüklə 0,99 Mb.
Pdf görüntüsü
tarix02.11.2022
ölçüsü0,99 Mb.
#67195
2-amaliy



MAVZU: GЕOMЕTRIK MAZMUNDAGI AMALIY XARAKTЕRDAGI MASALALAR 
YЕCHISHGA O`RGATISH
Reja: 
1. Gеomеtrik mazmundagi amaliy xaraktеrdagi masalalar yеchish. 
2. Shakllarning yuzasi va perimetrini topishga doir masalalar. 
3. Ko‘pyoq modellari va ularning elementlari. 
4. Ko‘pyoqlarning yuzi va hajmiga doir masalalar bajarish. 
 
Bilimlarni oshirishga qaratilgan masalalar bilan ishlash. 
1.Sariqamish ko'lining sathi 3600 km
2
. Toshkent suv omborining sathi Sariqamish ko'lidan 180 
marta kam, ammo Kosonsoy suv omboridan 12 km
2
ko'p. Kosonsoy suv omborining sathi qancha? 
2.Jizzah suv omborining sathi taxminan 14 km
2
ga teng. Dengiz- ko'lning sathi Jizzah suv ombori 
sathidan 24 marta katta ammo Aydarko'ldan 3 664 km
2
kam. Aydarko'lning sathini toping. 
3. 1) Xo'jalik 16 ga yerni hududidagi oilalarga bo'lib berdi. Har bir oila 8 sotixdan yer maydoni 
oldi. Nechta oila yer maydoni olgan? 
2) Xo'jalik 100 ta oilaning har biriga 6 sotixdan yer ajratdi. Xo'jaliklarga jami qancha yer 
ajratilgan? Javoblarni ga; ar; kv.m larda ifodalang. 
4.Ma’lumotlar asosida jadvalni to'ldiring (a va h - to'g'ri to'rtburchakning asosi va balandligi): 
5.Agar to'g'ri to'rtburchakning bo'yi 3 marta uzaytirilsa, yuzi qanday o'zgaradi? Bo'yi 2 marta 
kamaytirilib, eni 2 marta uzaytirilsa-chi? Misollar tuzing va xulosa chiqaring. 
6.Kvadrat tomoni: 1) 2 marta; 2) 5 marta; 3) 10 marta orttirilsa, uning yuzi necha marta ortadi? 
Misollar tuzing va xulosa chiqaring. 
7. Topshiriqlarni bajaring. 
 
 

8sm 
15dm 
?m 
?sm 
5dm 4sm 
?sm 

6sm 5mm 
?dm 
800sm 
6sm 
?sm 
25sm 

?sm 
400sm 
?m 
?sm 
?sm 
14dm 

?mm

?dm

16m

6dm

810sm

?sm



Bilimlarni oshirishga qaratilgan masalalar bilan ishlash. 
1.Isbotlang. 
1) 20 ta gugurt cho'pidan ularni sindirmay eng katta yuzli to'g'ri to'rtburchak yasalgan. Shu to'g'ri 
to'rtburchakning yuzini toping. U qanday to'gri to'rtburchak bo'ladi? 
2) «Perimetrlari teng bo'lgan to'g'ri to'rtburchaklarning yuzlari ham teng», degan xulosa chiqarish 
mumkinmi? Javobingizni misollarda tushuntiring. 
3) «Yuzlari teng bo'lgan to'g'ri to'rtburchaklarning perimetrlari ham teng», degan xulosa chiqarish 
mumkinmi? Javobingizni misollarda tushuntiring. 
2. Tomonlari 56 sm va 14 sm bo'lgan to'g'ri to'rtburchak yuziga teng yuzli kvadratning perimetrini 
toping. 
3.Fermerning yer maydoni to'g'ri to'rtburchak shaklida bo'lib, uning bo'yi 600 m, eni esa 400 m. U 
bu maydonga paxta ekib, gektaridan 45 sentnerdan hosil yig'ib oldi. rmerning shu maydonda 
qancha paxta yetishtirganini toping. 
4.To'g'ri to'rtburchakning balandligi 16 sm, asosi esa undan 9 sm uzun. Yuzi shu to'g'ri 
to'rtburchakning yuziga teng bo'lgan kvadratning perimetrini toping. 
5.Tennis stolining bo'yi 2740 mm, eni esa 1525 mm bo'ladi. Tennis stolining yuzini toping. 
6.Tomonlari 250 m va 600 m bo'lgan to'g'ri to'rtburchak shaklidagi maydonning yuzi necha gektar? 
7.To'g'ri to'rtburchakning yuzi 560 sm
2
ga, asosi esa 28 sm ga teng. Perimetri shu to'g'ri 
to'rtburchakning perimetriga teng kvadratning yuzini toping. Perimetrlari teng bo'lsa-da, 
kvadratning yuzi katta ekaniga e'tibor bering. 
8. Topshiriqlarni bajaring. 
 
 


 
 
 
 
 


 

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin