Mavzu: Fiziokratlar maktabi



Yüklə 89,91 Kb.
tarix05.06.2023
ölçüsü89,91 Kb.
#125266
Fiziokratlar maktabi

Mavzu:Fiziokratlar maktabi

Fiziokratizm — (fransuzchaPhysiocratieyunonchadan tarjima qilganda „hokimiyat tabiati“ maʼnosini beradi), 18-srdagi fransuz iqtisodchilari hamda klassik siyosiy iqtisod vakillaridir. Fiziokratlar maktabi Fransiyada feodalizmdan kapitalizmga oʻtish davrida vujudga keldi.[1] Bu tasodifiy hol emas edi. Oʻsha davrda Fransiyada manufaktura ancha rivojlangan boʻlsada, ammo mamlakat hali ham agrar holatda edi. Aholining asosiy qismi qishloqlarda yashar, milliy boylikning 2/3 qismi shu sohada yuzaga keltirilar edi. Qishloq xoʻjaligi ahvolini yaxshilash tadbirlari fiziokratlar tadqiqotlarining asosini tashkil etadi. Ular qishloq xoʻjaligini iqtisodiyotning yagona unumli sohasi deb hisobladilar. Ularning fikricha, boylik faqat qishloq xoʻjaligida yaratiladi, sanoat va savdoda esa u qayta ishlanadi va qayta taqsimlanadi, xolos.

  • Fiziokratizm — (fransuzchaPhysiocratieyunonchadan tarjima qilganda „hokimiyat tabiati“ maʼnosini beradi), 18-srdagi fransuz iqtisodchilari hamda klassik siyosiy iqtisod vakillaridir. Fiziokratlar maktabi Fransiyada feodalizmdan kapitalizmga oʻtish davrida vujudga keldi.[1] Bu tasodifiy hol emas edi. Oʻsha davrda Fransiyada manufaktura ancha rivojlangan boʻlsada, ammo mamlakat hali ham agrar holatda edi. Aholining asosiy qismi qishloqlarda yashar, milliy boylikning 2/3 qismi shu sohada yuzaga keltirilar edi. Qishloq xoʻjaligi ahvolini yaxshilash tadbirlari fiziokratlar tadqiqotlarining asosini tashkil etadi. Ular qishloq xoʻjaligini iqtisodiyotning yagona unumli sohasi deb hisobladilar. Ularning fikricha, boylik faqat qishloq xoʻjaligida yaratiladi, sanoat va savdoda esa u qayta ishlanadi va qayta taqsimlanadi, xolos.
  • Ilk fizioktratlar maktabining asoschisi fransuz demokratisti François Quesnay (1694–1774) hisoblanadi.[2] Uning 17-asrda Parijning kichik bir nashriyotida chop etilgan „Tableau économique“ (Iqtisodiy jadvallar) kitobi orqali ushbu fiziokrat maqomida atalgan birinchi insonlardan biri sanaladi.[3] Uning kitobida keltirilishcha xalq boyligining manbasi va mamlakat iqtisodiyotini rivojlanishi bu aholining qishloqxoʻjalik mahsulotlarini ishlab chiqarishiga bogʻliq deb hisoblanilgan.
  • Fiziokratlarning muhim tomoni shuki, ular merkantilistlardan farq qilib, o`z tadqiqotlarini iqtisodiyotning muomala sohasidan ishlab chiqarish sohasiga ko`chirdilar. Olimlar iborasi bilan aytganda ular "zamonaviy siyosiy iqtisodning haqiqiy otalari" edilar. Ularning xizmati shundaki, o`sha davr dunyoqarashi doirasida kapitalning dastlabki tahlilini berishdi. Bu ularni boshqalardan ajratib turuvchi asosiy masala edi. Ammo, fiziokratlar ishlab chiqarish sohasini faqat qishloq xo`jaligi sohasi bilan cheklab qo`ygan edilar (Fransiyaning ta'siri), ular sanoat (hunarmandchilik)ni samarasiz soha deb bilganlar.
  • Bu ta'limot, garchi uning ko`pgina xatolari bo`lsa ham haqiqatga yaqinlashish borasida navbatdagi muhim qadam hisoblanadi. O`sha davrda Fransiyada olib borilgan iqtisodiy siyosat (Kolberning merkantilizmi) qattiq tanqid qilinadi. Ludovik XIV o`rniga kelgan yangi qirol Ludovik XV ham eski siyosatni davom ettirdi, Fransiya Angliya bilan yetti yillik urush olib borib, unda yengildi, Kanadadan va Sharqdagi bir qancha mustamlakalaridan ajraldi, oqibatda Yevropadagi ikkinchi darajali davlatga aylandi. Shu sharoitda bu ahvoldan chiqish yo`li tabiatdan qidirildi. Fiziokratlarning dasturi bo`yicha Fransiyadagi feodalizm qoldiqlari tugatilishi, fiskal (soliq) tizimni ratsionalizatsiya qilib, rentadan yagona soliq olinishi, mayda yer uchastkalari birlashtirilib, don savdosidagi barcha proteksionistik to`siqlar bartaraf etilishi kerak edi, oddiyroq qilib aytganda, Angliyadagi qishloq xo`jaligiga xos ish yuritish taklif etildi.
  • Fransua Kene(1694-1774 yy.) har tomonlama keng bilimli olim bo`lib, Versal yaqinida kambag`al dehqon oilasida dunyoga keldi, u yoshligidan meditsinaga havas qo`ydi, qishloq jarrohidan dars oldi, tibbiyot amaliyoti unga shuhrat keltirdi. Dvoryan unvoniga ega bo`ldi va Versal saroyiga (Ludovik XV qirol saroyiga) o`tdi. 1718 yilda vrachlik kasbini oldi. 1744 yilda meditsina doktori ilmiy darajasiga erishdi, 1752 yildan esa Ludovik XV xonadonida tabiblik qildi (Leybmedik). Tibbiyot va biologiyaga oid ko`pgina asarlar yaratdi. Eng muhimi shuki, u oltmish yoshdan boshlab iqtisodiyot muammolari bilan bevosita shug`ullana boshladi. Shuni ta'kidlab o`tish kerakki, F.Kenyening iqtisodiy g`oyalari qirol saroyida - Versalda yuzaga keldi. Bu yerda u umrining deyarli oxirigacha yashadi va ijod qildi. Bizningcha, bu yerda obyektiv iqtisodiy informatsiya yetarli bo`lgan va olim ulardan yaxshi foydalanib o`z ta'limotlarini yaratgan. 1766 yilda Adam Smit ham uning mehmoni va suhbatdoshi bo`lgan edi. Fiziokratizm g`oyalarini (ayniqsa F.Kenye ta'limotini) Dupon de Nemur, D`Alamber, V.Mirabo, G.Letron va boshqalar keng targ`ib etdilar. Shunday qilib, haqiqiy fiziokratlar maktabi yoki o`sha davr tili bilan aytganda "iqtisodchilar maktabi" tarkib topdi. Uning eng rivojlangan davri XVIII asrning 60-70 yillariga to`g`ri keladi.
  • F.Kenye "tabiiy tartib" konsepsiyasini ilgari surdi, bu olimning uslubiy platformasi edi ("tabiiy huquq" konsepsiyasini eslang), bunda u paydo bo`layotgan va tobora mustahkamlanayotgan dahlsiz xususiy mulkni tushundi, iqtisodiyot erkin raqobat asosida rivojlanishini, bozor bahosining stixiyali o`zgarishi, ya'ni davlatning aralashuvini inkor etadigan jarayonni qo`llab-quvvatladi, boylikning adolatli taqsimlanishini istar edi. Iqtisodiy rivojlanish odamlarning istak xohishiga bog`liq bo`lmagan tabiiy jarayon bo`lib, uning ma'lum qonuniyatlarga bo`ysunishini tan olish fiziokratlarning so`zsiz yutug`i edi. Bu qonunlar ularning fikricha tarixiy bo`lmay, abadiy qonunlar deb qaralgan edi. Shu sababli ishlab chiqarishning kapitalistik (bozor) shakli tabiiy va abadiy ishlab chiqarish shakli deb hisoblangan (hozirgi rivojlanish buni ko`p jihatdan isbotlamoqda). Iqtisodiy jadval (fr. Tableau économique) - bu frantsuz iqtisodchisi Fransua Kening asari bo'lib, u ijtimoiy takror ishlab chiqarishni bir butun sifatida tavsiflashga qaratilgan birinchi urinishlardan biridir. Iqtisodiyotning kategoriyaviy apparatini "takror ishlab chiqarish" atamasi bilan to'ldirgan Kuesniy edi [manba 2984 kun ko'rsatilmagan]. Olim tomonidan 1758 yilda tuzilgan jadval tabiiy, ya'ni moddiy va qiymat, ya'ni pul, ishlab chiqarish elementlari o'rtasida mutanosiblik nisbatlarini o'rnatishga asoslangan. Unumsiz" sektorning sof mahsuloti 0 ga teng, yangi ishlab chiqarish sikli boshlanishi bilan 2 ming pul shaklida yana yer egalariga (renta) beriladi.
  • Barcha aytilgan fikrlar bir yil uchundir, lekin uni oylar bo`yicha ham tahlil etish mumkin. Bu hozirgi davrdagi taniqli iqtisodchi V.Leontyevning "xarajatlar - chiqarishlar" jadvalini eslatadi. Xuddi Leontyev tizimidek ma'lum boylikni yaratish uchun kerakli barcha omillardan cheklangan aniq nisbatda foydalaniladi, mazkur sektorning mahsulot qiymati boshqa sektorning umumiy to`lovlari bilan to`la qoplanadi (1-jadvalga qarang). Bizning misolda uchta sektor mavjud (uning soni ko`p ham bo`lishi mumkin). Bu jadvalda uch tarmoq (sektor)ning o`zaro bog`liqligi ko`rsatib berilgan. Shuni ta'kidlab o`tish kerakki, jadvalning boshqa variantida ham oddiy takror ishlab chiqarish qarab chiqilgan (boshlang`ich va oxirgi holat teng). Hayotda odatda kengaytirilgan takror ishlab chiqarish ro`y beradi. F.Kenyening asosiy vazifasi qirol va yer egalarini jamiyat asosi sifatida saqlab qolish edi. Ammo u mulkdorlar sinfini birinchi o`ringa qo`ya olmas edi, chunki bu olimning dehqonchilikning ustunligi haqidagi fiziokratik konsepsiyasiga qarshi chiqar edi. Bundan tashqari u asosiy tamoyilni sinflarning ishlab chiqarish vositalariga munosabatini inkor etadi.

Yüklə 89,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin