Mavzu: Fizika o’qitishning To’rt shakli


Kurs ishining dolzarbligi



Yüklə 32,49 Kb.
səhifə2/2
tarix23.11.2022
ölçüsü32,49 Kb.
#70154
1   2
ikrom

Kurs ishining dolzarbligi: O’quvchi va talabalarga o’qitishning bunday 4 shakli juda muhim ro’l o’ynaydi sbabi ularni to’g’ri bilim olishi va bilimni to’g’ri yo’naltirish uchun o’qtuvchi buo’qitish shakllarini mukammal bilishi zarur va buning oqibatida o’quvchida fanga bo’lgan qiziqish va fanni o’rganishga intilish paydo bo’ladi.

Asosiy qism


1. Fizikadan ma’ruzada asosiy material aniq, ketma-kel, tushunarli, sodda tilda, yozib olishga qulay holda bayon qilinishi lozim, konspektni o‘qiganda talabaga hammasi tushunarli bo'lsin.
Fizikani o ‘rganishda talaba ta’riflarni, formulalarni yodlabgina qolmay, ularni qo‘llay oladigan bo'lishlari ham sluirl, Buning uchun, ularni tushunishlari lozim. Shuning uchun vaqt yetishmay qoladigan bo ‘lsa, ham masini yuzaki aytib o‘tgandan ko‘ra asosiylarini to‘la tushuntirib, ba’zi masalalarni tashlab ketgan yaxshidir.
Ma’ruzaning muvaffaqiyatli bo‘lishi faqat mazmuni va shakliga bog'liq bo‘lib qolmasdan tinglovchilarning tayyorgarligiga, marusachining kayfiyatiga, ularning oralaridagi munosabatlarga, o ‘quv vositalaridan foydalanishlariga ham bog'liqdir. Bir o ‘qituvchi bir guruhda yaxshi taassurot hosil qilsa, boshqa guruhga yoqmasligi mumkin. Darsni bir ma’ruza bilan baholab bo'lmaydi, uni ko‘p ma’ruzalardan keyin, talaba mutaxassis bo‘lib yetishgandan keyin baholash yaxshidir.
Ma’ruzaning sam aradorligini oshirish pedagogikaning asosiy vazifalaridan biridir.
Talabalarning ma’ruza vaqtida fikrlash faoliyatlarini rivojlantirib borishning bir yo‘li bu ma’ruzani muammoli bayon qilishdan iborat. Muammoli o‘qitish muammoli vaziyat hosil qilishdan boshlanadi. Muammoli vaziyat shunday topshiriqki (savol yoki masal1, uni bajarish talabada qiyinchiliklar tug‘diradi; bu qiyinchilikni bartaraf qilishda ular yangi bilim olishlari lozim bo‘ladi. Muammoli vaziyat talabada ijodiy bilish faolligini rivojlantirishi, qiziqarli va ahamiyatli bo‘lishi lozim.
Muammoli o'qitish asosan quyidagicha amalga oshiriladi:
1. 0 ‘qituvchi muammoli vaziyat hosil qilib, uni hal qilish yo‘llarini ko'rsatib, o ‘zi muammoni hal qiladi.
2. 0 ‘qituvchi muammoni qo‘yib, o‘zi suhbat orqali talabalar bilan birga hal qiladi yoki o ‘qituvchi o‘zi hal qilib, keyin shunga o‘xshash muammoni talabalarga mustaqil hal qilishga beradi.
3. 0 ‘qituvchi muammoni va uni hal qilish yo‘lini izlashni, yetishmovchi bilimlarni aniqlashni talabalarga topshiradi. Talabalar o'zlari mustaqil ravishda muammoni hal qiladilar.
4. 0 ‘qituvchi talabalami mustaqil qidirish ishiga jalb etuvchi vaziyatni vujudga keltiradi. Talabalar muammoni o‘zlari hal qiladilar.
Muammoli o ‘qitishni ma’ruza davrida qo'llab bo‘lmaydi, chunki guruh katta bo ‘lishi, talabalarning hamm asini jalb qilish qiyinligi, vaqtning kamligi katta ta ’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun o ‘qituvchi birinchi usuldan, ya’ni o ‘zi muam - moni qo‘yib, o ‘zi hal qilish usulidan ko‘proq foydalanadi. Talabalar muammoni hal qilish yo‘lini, undagi qaram aqarshiliklarni tinglab, o ‘zi ham faol fikrlab boradi.
Har bir katta va m uhim mavzuni o ‘tishda oldindan nimani aniqlashim izni, qanday m unosabatlam i olish talab etilishini va unga qanday vositalardan foydalanishimiz lozimligini aytib o ‘tish maqsadga muvofiqdir. Talaba m a’ruza m aqsadini bilib olsa, uni tushunishi ancha oson bo‘ladi, qaysi yo‘nalishda hal qilinayotgani va qanday vositalardan (m atem atik apparat, form ula) foydalanilayotganini to ‘g‘ri tasavvur qilib boradi.
0 ‘qituvchi m a’ruzaga tayyorlanishni ishchi reja tuzishdan boshlashi lozim. Dastur m aterialini soatlarga bo'lib chiqadi. Buning uchun o ‘qituvchi aw al kurs bilan tanishib chiqishi kerak, keyin reja tuzadi. Adabiyotlar ro ‘yxatini berishda o ‘qituvchi ko ‘proq kutubxonada bor kitoblarga ahamiyat berishi lozim.
Talabalarga matematik almashtirishlarni eslab qolish ancha oson bo‘lib, ularni talqin qilish ancha qiyinlik qiladi. Ko‘pgina o ‘qituvchilar matematikasiga ahamiyat berib, uning m a’- nosini ochib berishga va boshqa masalalarga kam e ’tibor beradilar (vaqt kamligi sababli). M a’ruzada asosiy masalalar o ‘z aksini topishi, ularni talabalar konspektida belgilashlari shart. Formulani yozib, uning m a’nosini qoldirmasliklari lozim. Buni o'qituvchi kuzatib borishi kerak.
Ma’ruza davrida matematik amallar ko‘p bo‘lsa, uni yozib, aytib borish va tushuntirishga to\‘g‘ri keladi. Shuning uchim bunga yetarli vaqt ajratilishi lozim.
Agar yangi o‘qiladigan m a’ruza kursi o'quv yili oldidan berilsa, unda darslikdagi reja asosida m a’ruza qilish lozim. chunki u kurs bilan hali tanishishga ulgurmagansiz. Kitobdn keltirilgan isbotlashga yangisini kiritmaslik lozim.
Agar standart o ‘quv qo'llanm asi b o ‘lmasa, dasturdagi m aterialga mos keluvchi qaysi kitoblar borligi aniqlanadi. Keyin birinchi m a’ruzalarga konspekt tuzishga kirishiladi. 0 ‘qituvchi o ‘qitiladigan bo‘lim dan, ya’ni o ‘rganilishi talab e tilad ig an m ateriald an k o ‘p ro q bilishi lozim , chunki adabiyotlarda b a’zi masalalar yuzaki bayon etilgan bo ‘lishi m um kin, ularni to‘ldirish lozim bo'ladi.
Shuni ham aytish kerakki, nim ani va qanday taqdim etish ustida ham o ‘ylash kerak. A lbatta bayon qilishni darslikdagi tartibda am alga oshirish m um kin, lekin bu yetarli em as. K o‘pchilik o'q itu v ch ilar konspektni reja tariqasida em as, to ‘la bayon qilgan holda yozadilar. U kitobdagidan ham to ‘laroq beriladi. Shuni ham esdan chiqarm aslik kerakki, b o ‘lajak mutaxassislikka m os keluvchi m isollar keltirilishi va ular konspektda o ‘z aksini topishi lozim , chunki darslik o ‘sha mutaxassisga m oijallanm agan b o ‘lishi m um ­ kin. K onspektda qanday tajriba, k o ‘rgazm ali qurol, texnika vositasidan foydalanilishi ham ko‘rsatilishi maqsadga muvofiqdir.
Konspektda bo‘sh joylar qoldirilishi lozim, chunki keyingi yillarda yangi adabiyotlardan olingan m a’lum otlar bilan to ‘ldirib boriladi. M a’ruza konspektini bir kun oldin yoki ertalab o ‘qib chiqib, o ‘qituvchi unga to ‘la tayyorlanadi. Uni qiynalmay bayon qilishni, tushuntirishni, matematik amallarni bajarishni eslab oladi. M a’ruza vaqtida o ‘qituvchining adashishi yaxshi bo‘lmaydi. 0 ‘qituvchi birinchi ma’ruzaga juda puxta tayyorlanishi lozim, unda bu kursning ahamiyati, flzikada tutgan o ‘rni, mutaxassislikdagi ahamiyatini aytib, uni o'rganishga qiziqish uyg‘otishi lozim.
Yuqorida aytilganlardan ko'rinib turibdiki, konstpektda asosan quyidagilar o ‘z aksini topishi lozim: m a’ruza mavzusi, maqsadi va rejasi, adabiyotlar, m aterialning asosiy m azm uni (to‘la yoki reja asosida), unda foydalaniladigan tajriba, ko‘rgazmalar, texnika vositalari ro‘yxati beriladi.

2. Frontal laboratoriya ishlarida hamma o'quvchilar bir xil-


dagi asboblar bilan bir xildagi topshiriqni bajaradi. Frontal
uslub materialni laboratoriya ishlari, kuzatish va tajriba bilan
uzviy bog‘lashga imkon beradi.
Frontal laboratoriya ishlarining ahamiyati shundaki,
o'quvchilar sekin-asta bilim olish bilan birga malakalari ham
ortib boradi.
Frontal laboratoriya ishlarining eng yaxshisi didaktik
maqsadlarga ko‘ra tasniilash (guruhlash)dir.
Frontal laboratoriya ishini bajarish sxemasi asosan qu-
yidagicha: kirish suhbati, o ‘quvchilar tomonidan tajribani
bajarish, olingan natijalarni ishlab chiqish, is'hga yakun
yasash.
Kirish suhbati. Laboratoriya ishlarini ongli ravishda ba-
jarishlarini ta’minlash maqsadida frontal so‘rash orqali tajri-
baga oid bilimlar o‘quvchiIarning eslariga tushiriladi, bundan
tashqari o ‘qituvchi asboblar bilan muomala qilish, materi-
allardan foydalanish qoidalari, o ‘lchash aniqligiga ahami-
yat berish, o'lchash xatoliklari va ularning oldini olish, texnika
xavfsizligiga rioya qilish, hisobot yozish haqida ko‘rsatmalar
beradi. Natija aniqligini orttirish uchun har bir kattalikni
3—5 marta o ‘lchab o ‘rtachasini olish lozimligini uqtirib
o ‘tadi.
Tajribani bajarish. 0 ‘quvchilar tajribani bajarishdan ol-
din asboblar bilan tanishadilar va stol ustida tajriba uchun
kerakli asboblarning hammasi borligini aniqlab, keyin ishni
bajarish rejasi asosida mustaqil ravishda tajriba va o‘lchashlarni
bajaradilar, o’lchash natijalarini jadvalga yozib boradilar.
0 ‘qituvchi aylanib yurib, o ‘quvchilarga ko‘rsatmalar bera­
di, ba’zi qiynalayotganlarga individual yordam ko‘rsatadi.
Olingan natijalarni ishlab chiqish.Olingan natijalarga ko‘ra
0 ‘quvchilar hisoblash ishlarini bajaradilar yoki xulosa
chiqaradilar. Keyin ular hisobot yozadilar. Unda ishning raqa-
mi va nomi, bajarilgan vaqti, nazariy qismining qisqacha
mazmuni, qurilmaning rasmi yoki sxemasi, o'lchash nati-
jalarining jadvali, xatoligi va xulosa yoziladi. 0 ‘quvchilar
ko‘rsatmadan foydalanib ishni bajargan bo‘lsalar, u holda
hisobotga ishni bajarish tartibini yozmasalar ham bo‘ladi.
Ishga yakun yasash. Dars oxirida ko‘pchilik o‘quvchilar
o‘lchash va hisoblash ishlarini bajarib bo‘lganlaridan keyin
olingan natija va xulosalarni o‘qituvchi rahbarligida muhoka-
ma qilishadi. 0 ‘quvchilar o ‘z xatolarini ko‘radilar. Bu yerda
o‘quvchilarning ishdan oladigan xulosalariga va kattaliklar
orasidagi bog‘lanishlarni aniqlashlariga katta ahamiyat berish
lozim.
Laboratoriya ishiga har bir o ‘quvchiga alohida baho
qo‘yiladi. Baho qo‘yishda o ‘quvchining mustaqil bajarish
darajasi, to‘g‘ri o ‘lchash, hisoblash va hisobot yoza olish
qobiliyati, yakunlovchi suhbatda javobining chuqurligi va
aniqligi hisobga olinadi.
Labaratoriya amaliyoti frontal ishlarning yuqoriroq shak-
li bo‘lib, u o‘quvchilardan mustaqillikni va murakkab tajriba
bazasini talab qiladi. Amaliyot katta bo‘lim o'tilgandan keyin
yoki o‘quv yili oxirida o ‘tkaziladi. Amaliyotni tashkil qilish-
da kerakli asbob va qurilmalarning yetarliligi, ularni ratsio-
nal va xavfsiz holda qoMlash mumkinligi asosiy roi o‘ynaydi.
Amaliyotning samaradorligi o‘quvchilarning nazariy va
amaliy jihatdan tayyorgarligiga bog‘liq bo‘lib, u mustaqil
ishlarning muhim bir ko‘rinishlaridandir. 0 ‘quvchilarning
o‘quv faoliyatlarini samarali ravishda boshqarish uchun har
bir ishga yetarli ko‘rsatma yozish lozim. Unda kerakli rasm,
chizmalar va yordamchi adabiyotlar ko‘rsatilishi kerak.
Ko‘rsatmada asosan quyidagilar aks ettiriladi:
1. Ko‘riIayotgan ishning qisqacha nazariyasi va izlanayot-
gan kattalikni aniqlashning biror usuli haqida qisqacha
ma’lumot.
2. Kerakli asboblar ro‘yxati va o ‘quvchilarga tanish
bo‘lmaganlari haqida qisqacha tushuntirish.
3. Ishni bajarish tartibi.
4. 0 ‘lchash natijalarini yozish tartibi va xatolikni hisob-
lash usuli haqida ko‘rsatma.
Amaliyotni bajarishdan oldin uning vazifasi, mazmuni,
bajarish grafigi, o ‘quvchilar ularni bajarish vaqtida o ‘zlarini
qanday tutishlari haqidagi qoida, har bir ishning qisqacha
tahlili, o‘lchash usullari, o ‘lchov asboblaridan foydalanish
qoidalari, xatoliklarning tahlili, texnika xavfsizligi, hisobot
shakli va o ‘qituvchiga topshirish haqida qisqacha kirish suh-
bati o ‘tkaziladi. Keyin o‘quvchilarni zvenolarga bo‘lib chiqi-
ladi.

3. Fizika o‘qitishda masala yechish muhim ahamiyatga ega.


Masala yechish — fizika o ‘qitish jarayonining ajralmas qismi
bo‘lib, u fizik tushunchalarni shakllantirishga katta hissa
qo'shadi, fizik fikrlarni rivojlantiradi, bilimni amalda qo‘llash
malakasini orttiradi. Fizika masalalarini yechish quyidagi
hollarda keng qo‘llaniladi:
a) yangi axborotlar berishda;
b) muammoli vaziyat hosil qilish vao'quvchilarga muam-
mo qo‘yishda;
d) amaliy malaka va ko‘nikmani shakllantirishda;
e) o ‘quvchilar bilimining mustahkamligi va chuqurligini
sinashda;
f) materialni mustahkamlash, umumiashtirish va takror-
lashda;
g) texnika yutuqlari bilan tanishtirishda va politexnik ta’lim
berishda;
h) o ‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda.
Masala yechish orqali o ‘quvchilarning mehnatsevarligi,
sinchkovligi, mustaqil mulohaza yuritishi, o‘qishga qiziqishi
va hulqi, qo‘yilgan maqsadga erishishdagi qat’iyligi tarbiya-
lanadi.
Fizikadan masala yechish o‘quvchilarning dunyoqarash-
larini shakllantirishga ijobiy ta’sir ko'rsatadi, ularni olim-
larning ishlari, fan va texnikaning yutuqlari bilan tanishtirib
boradi.
Masala yechish ko‘p hollarda fizika darslarining tarkibiy
qismi bo‘lib keladi. 0 ‘qituychi yangi mavzuni bayon qilishda
va uni mustahkamlashda, o ‘tilganlarni takrorlashda,
o‘quvchilarning mustaqil ishlarida va bilimlarini sinab ko‘rishda
masala yechishdan foydalanadi.
Fizikaga qiziquvchi o ‘quvchilar bilan sinfdan tashqari
mashg‘ulotlarda ham masalalar yechiladi, ular olimpiadaga
tayyorlanadi.
Olimpiadaga yechilishi qiyin va yangilik elementlarini o ‘z
ichiga olgan masalalar tanlanadi.
Masala yechish — olingan nazariy bilimni amaliyotga
qo‘llashdir. Bu esa o‘quvchilarning fizik tafakkurini (fikrlashi-
ni) rivojlantirishda, jumladan hodisalarni tahlil qilishda,
ular haqidagi m a’lumotlarni umumlashtirishda, o ‘xshash
tomonlarini va farqini aniqlashda katta ahamiyatga egadir.
Fizika masalalari: 1) mazmuniga ko‘ra, 2) shartiga ko‘ra va
3) yechish uslubiga ko'ra bir necha turga bo‘linadi.
1) Mazmuniga ko‘ra masalalar mexanik, molekular fizika,
elektr, optika, atom va yadro fizikasiga doir masalalarga
bo‘linadi. Bundan tashqari konkret va abstrakt mazmunli ma­
salalar ham mavjud. Abstrakt masalalarning mazmuni umu-
miylikka ega bo‘lib, hodisalarning mohiyatini ochib berishga
qaratilgan. Konkret mazmunli masalalar esa amaliyot va
o‘quvchilarning hayotiy tajribalari bilan bog‘langanligi uchun
katta ko‘rgazmalilikka ega. Konkret masalalar texnik mazmunli
(politexnik ta’lim), tarixiy mazmunli (tarbiyaviy), qiziqarli
mazmunli (qiziqishni uyg‘otuvchi) masalalarga bo‘linadi.
Sodda masala yechish deganda uni yechish vaqtida bitta-
ikkita formula ishlatiladigan, bitta-ikkita xulosa chiqariladi-99
gan, formulaning mazmunini izohlashga, sodda tajribani
bajarishga mo‘ljallangan masalalar tushuniladi.
Murakkab masalalar — uni yechish vaqtida bir necha
fizik qonuniyatlar qo‘llanadigan, fizikaning turli bo‘limlariga
oid bilimlardan foydalaniladigan, bir necha xulosalar chiqa-
riladigan, tajribani bajarishda yetarli malakaga ega boMishni
talab etadigan masalalardir. Bu masalalar muammoli vaziyat
hosil qilishni va yangilik elementlarini o ‘z ichiga olishi lozim.
Ijodiy masalalar ikki xil bo'ladi: qidiruv va konstruktor-
lik masalalari.
2) Masala shartiga ko‘ra matnli, eksperimental (tajribali),
grafik va rasmli masalalarga bo‘linadi.
3) Yechish usuliga ko‘ra masalalar sifat, hisoblash, grafik
va eksperimental masalalarga ajratiladi.
Sifat masalalarning mohiyati shundaki, ular hodisalar-
ning fizik mohiyatini ochib berishga qaratilgan bo‘ladi.
Hisoblash masalalari bir necha matematik operatsiyalar-
ni qo’llash orqali yechiladi. Matematik apparatning qo‘l-
lanilishiga qarab masalalarni yechish usullari arifmetik,
algebraik va geometrik usullarga bo‘linadi.
Masala yechishdagi mantiqiy uslublar — analitik va sintetik
yoki analitik-sintetik uslublardir.
Analitik uslubda masalani noma’lum kattalikning topili-
shidan boshlab yechiladi. Uni bir necha sodda masalalarga
bo‘lib yuboriladi.
Sintetik uslubda masalada berilganlar orasidagi bog‘-
lanishlarni aniqlab borib, oxiri topilishi kerak bo‘lgan bitta
noma’lumga ega bo‘lgan tenglikka boriladi.

4. Sinfdan tashqari o ‘tkaziladigan (uy) kuzatish ishlari va


tajribalar nazariya bilan amaliyotning bog‘lanish sohasini
kengaytiradi, o‘quvchilarni mustaqil izlanish ishiga o'rgatadi,
fizika va texnikaga qiziqishlarini orttiradi.
Uy tajribalarining 6-7-sinflarda bajarilishi muhimdir, ular
sodda bo'lishi va o‘quvchilarning yoshiga mos tushishi lozim.
6—7-sinf ô‘quvchilarining uylarida quyidagi asboblar bo‘lishi
yetarlidir": masshtab chizg'ichi, menzurka, voronka, shayn-
li tarozi (toshlari bilan), dinamometr, termometr, magnit,
ternir qipiqlari, ulagich simlar, rezinavashishanaychalar.
0 ‘quvchilarga, masalan, quyidagicha topshiriqlar berish
mumkin:
Fanerning qalinligini, simning diametrini aniqlash.
Yurakning har bir urishi orasidagi vaqtni aniqlash.
Menzurka yordamida idishning hajmini aniqlash.
Suvning qaynashini kuzatish. Suyuqlikning sirt tarangligini kuzatish.
Uyda va tabiatda yorug'lik dispersiyasi, interferensiyasi va
difraksiyasini kuzatish.
Uyga tajriba va kuzatishni vazifa qilib berayotganda uning
maqsadi va bajarish usullari aniq berilishi kerak. 0 ‘quvchilarga
oldindan savollar berib qo‘yilsa, ular tajribadan javoblar
topadilar. Bajargan ishlari haqida qanday hisobot yozishlari
tushuntiriladi. 0 ‘quvchilarning uy tajriba va kuzatish islilarini
muntazam ravishda tekshirib, baholab borilsa, u yaxshi
yutuqlarga olib keladi.
Xulosa: fizika o’qitish bunday shakli o’quvchilarni tushunishga ularni fikrini bilishga undan tashqari mustaqil ishlarini bilishga qo’l keladi buning oqibatida o’quvchini fanga nisbatan qiziqishi ortadi bunig barchasi o’qtuvchiga bog’liq o’qtuvchi qanchalik yaxshi tushuntirsa shuncha o’quvchi tushunadi va o’quvchida yuksalish bo’ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:



  1. I.A.Karimov Barkamol avlod.O’zbekiston taraqqiyotining

Poydevori Т: Sharq 1997.


  1. Fizika o’qitish metodikasi darslik

N. Sadriddinov, A. Rahimov,
A. Mamadaliyev, Z. Jamolova
Toshkent 2006
Yüklə 32,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin