Mavzu: Fizika o’qitishning To’rt shakli



Yüklə 32,49 Kb.
səhifə1/2
tarix23.11.2022
ölçüsü32,49 Kb.
#70154
  1   2
ikrom

Mavzu: Fizika o’qitishning To’rt shakli


Reja
I Kirish
II Asosiy qism
1. Fizikadan maruza
2. Fizikadan labaratoriya mshg’uloti
3. Fizikadan masalalar yechish
4. Fizikadan sinfdan tashqari mashg’ulot
III Xulosa
IV Foydalanilgan adabiyotlar

KIRISH
Bugun Vatanimizga nafaqat yuqori malakali mutaxassislar, balki umumbashariy meros va kadriyatlarni zamonaviy bilim va tafakkur bilan boyitishga qodir huquqiydemokratik jamiyatda odamlarning ozod va erkin yashashini mustaqil fikr yuritib, har tomonlama asoslangan qarorlar qabul qilishini hayotiy zarurat deb biladigan barkamol yoshlar kerak.


I.A.Karimov.
Mamlakatimizda sog’lom va barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarning o’z ijodi va intellektual salohiyatini ro’yobga chiqarib, mamlakatimiz yigit-qizlarini XXI asr talablariga to’liq javob beradigan har tomonlama rivojlangan shaxslar etib voyaga yetkazish uchun shart-sharoitlar va imkoniyatlarni yaratish bo’yicha keng ko’lamli aniq yo’naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida O’zbekiston Respublikasida davlat ta’lim dasturi ishlab chiqilgan. Unda quyidagilar asosiy vazifalar etib belgilangan [1]. Kishilik jamiyati necha ming yillar davomida evolyustion rivojlanish davrlarini boshdan kechirdi. Bu rivojlanishlarning asl negizini faylasuflar aytganidek qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonuniyati tashkil qiladi va belgilaydi. Madomiki shunday ekan, qarama-qarshiliklarsiz taraqqiyot bo’lmaydi. Falsafaning o’zida ham bir-biriga qarama-qarshi g’oyalar kurashi barcha jabxalarda, narsa va hodisalarga ob’yektiv va sub’ektiv baho berishda ko’rinadi. Insoniyatning jamiyatni rivojlantirish yo’lidagi hatti-harakatlari ham mana shu qonuniyatdan kelib chiqqan holda bajarilgan. Barcha hatti-harakatlar zamirida «Manfaat» tushunchasi yotadi va jamiyat manfaatlar qarama-qarshiligiga asoslangan holda rivojlanadi. XX asr insoniyat taraqqiyotining evolyutsion rivojlanish darajasini nihoyatda tezlashtirib yubordi. Insoniyatning necha ming yilliklar jarayonida erishgan fan texnika sohasidagi yutuqlar shu bir asr davomida misli ko’rilmagan darajada taraqqiy topdi. Buning boisi esa, ijtimoiy tuzimlar o’rtasidagi qarama-qarshilik edi. Barcha fanlar rivoji zamirida ham qaramaqarshilik yotadi va bu esa, fanlarning o’sishi, rivojlanishi va taraqqiy etishi uchun bosh omil bo’lib hisoblanadi. Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so’ng jamiyatimizning taraqqiyot yo’li va bosh maqsadi belgilandi. Ya’ni, rivojlangan, demokratik huquqiy jamiyat qurish jamiyatning asosiy ko’zlagan maqsadiga aylandi. Bu jamiyatni qurish uchun shu jamiyat quruvchilarini, ya’ni har tomonlama rivojlangan barkamol avlodni, komil insonni tarbiyalab etishtirish zaruriyati paydo bo’ldi [2,3].
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek: «…Ta’lim-tarbiya – ong mahsuli, lekin ayni vaqtda-ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan omildir. Binobarin, ta’lim-tarbiya tizimini o’zgartirmasdan turib ongni o’zgartirib bo’lmaydi. Ongni, tafakkurni o’zgartirmasdan turib esa biz ko’zlagan oliy maqsad – ozod va obod jamiyatni barpo etib bo’lmaydi… . Lo’nda qilib aytganda, bugungi kunda oldimizga qo’ygan buyuk maqsadlarimizga, ezgu niyatlarimizga erishishimiz, jamiyatning yangilanishi, hayotimizning taraqqiyoti, uning quruvchilari bo’lgan barkamol avlod, komil insonni tarbiyalash, jamiyat istiqboli amalga oshirilayotgan islohatlarimiz, rejalarimizning samarasi, taqdiribularning barchasi, avvalom bor, zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali, ongli mutaxassis kadrlar tayyorlash muammosi bilan chambarchas bog’liqligini barchamiz anglab yetmoqdamiz» [1].
Shuning uchun ham mustaqillikning dastlabki yillaridanoq butun mamlakat miqyosida ta’lim-tarbiya, ilm-fan, kasb-hunar o’rganish sohalarini isloh qilishga nihoyatda katta zaruriyat sezila boshladi. Busiz jamiyatimizning biron-bir sohasini o’zgartirishga kirishib bo’lmasdi. Islohatlarning taqdiri va samarasi birinchi navbatda kadrlarning saviyasiga, ularning zamon va taraqqiyot talablariga nechog’lik javob berishiga taqalib qolar edi. Yurtimizning ertangi hayoti va taqdirishu muammolarni yechish bilan bog’liqligini har qaysi fikrlovchi odam anglashi qiyin emas.
Ushbu muammolarni yechish uchun ta’limdagi yuzakichilikdan voz kechish, har bir soha, xar bir fanni zamon talabi darajasida aniq, ravon, tushunarli tarzda o’qitish, buning uchun esa, ta’lim berishdagi ilg’or ish tajribalaridan, dars o’tishning samarali metodlaridan va zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda mahorat bilan dars o’tadigan o’qituvchi kadrlar zarur. Har bir soha, har bir fan bo’yicha dars beruvchi o’qituvchi o’z fanini mukammal bilishi, uni yosh avlodga o’rgatish uchun bo’ladigan barcha qiyinchilik va muammolarga bardoshli bo’lishi, chigalliklarni oqilona hal qilmog’i kerak. Eskicha ishlash, erishilgan natijalarni oshirib ko’rsatish, sifat o’rniga son ketidan quvish endilikda o’z-o’zimizni aldashdan, ko’z bo’yamachilik qilishdan boshqa narsa emasligini hammamiz bilib oldik.



Yüklə 32,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin