Mavzu: Epelepsiya kasalligida uchraydigan ruhiy o’zgarishlar



Yüklə 26,58 Kb.
səhifə3/3
tarix16.03.2023
ölçüsü26,58 Kb.
#88221
1   2   3
Mavzu..6666

Davosi. Kasallikning o‘ta o‘tkir va o‘tkir davrida davolanish jarohatning
og‘irligiga bog‘liq. Bemor bir hafta o‘rnidan turmasdan yotishi kerak. Ikki hafta shifoxonada davolanishi lozim. Bosh miyaning yopiq jarohatlari asab kasalliklar bo‘limida davolanishi, agar ruhiy o‘zgarishlar paydo bo‘lsa, psixiatriya shifoxonasida davolanishi tavsiya etiladi. Bemorlarga degidratatsion terapiya 25 % 10,0 ml magneziy sulfat, laziks, 40 % 20,0 ml glukoza tomir ichiga, seduksen, fenazepam buyuriladi. Agar bemor ruhiy bezovta bo‘lsa —aminazin; vasvasalar bo‘lsa —galoperidol; paroksizmal o‘zgarishlar bo‘lsa —benzonal, fenobarbital, depakin, finlepsin tavsiya etiladi. Kasallikning tiklanish davrida trankvilizatorlar sidnokarb, neuleptin, nootropil; uyquni yaxshilovchi dorilar — eunoptin, dimedrol; jahldorlikda elenium, aminazin neuleptin; holsizlik va tez charchash bo‘lganda jenshen, eleutorokok, sidnokarb; vegetative o‘zgarishlarda seduksen;diensefal o‘zgarishlarda esa belloid, betaserk,bellospan, bellataminal dorilaridan berish tavsiya etiladi.
Psixogeniyalar ruhiy jarohatlar natijasida paydo bo‘ladigan kasallikdir. Bunga psixogen kasalliklar: reaktiv psixozlar va nevrozlar kiradi. Odam ruhiy jarohatlanishga kutilmaganda to‘satdan yoki asta-sekin uchrashi mumkin. Masalan, bunga yer qimirlashi, suv toshqini, fojialar, bosqinchilik,yaqin kishilarning kutilmaganda vafot etganligi to‘g‘risida xabar kelishi sabab bo‘lishi mumkin. Nevrozlar markaziy asab tizim faoliyatining psixogen yo‘l bilan kelib chiqqan funksional buzilishidir. Nevrozlarning kelib chiqishida uzoq vaqt tez-tez takrorlanib turuvchi ruhiy ezilish sabab bo‘ladi. Bundan tashqari, ruhiy iztiroblar, shaxsning asosiy xususiyatlari, nasl-irsiyat ham muhim ahamiyatga ega. Nevrozlarning rivojlanishi zamirida bosh miyaning tormozlanishi va qo‘zg‘alish jarayonlarining zo‘rayishi, susayishi, ular orasidagi muvozanatning buzilishi (nevrasteniya) yoki bosh miyada qo‘zg‘alish o‘choqlarining paydo bo‘lishi (yopishqoq fikrlar) va miya po‘stlog‘i, po‘stloq osti jarayonlari muvozanatining buzilishi (isteriya) yotadi.
Nevrasteniyada markaziy asab tizimining holdan toyishi, o‘ta chidamsizlik, serjahllik, tutaqib ketish alomatlari bo‘ladi. Giperstenik turida serjahllik tutaqib ketish; oraliq turida serjahllik va holdan ketish; gepostenik turida esa lanjlik, behollik, uyquchanlik alomatlari kuzatiladi. Yopishqoq fikrlar nevrozida xayoldan ketmaydigan fikrlar, miyaga o‘rnashib qolgan g‘oyalar,
xotiralar, ikkilanishlar, qo‘rquv, harakat va qiziqishning paydo bo‘lishi bilan davom etadi. Bulardan tashqari, vegetativ va ipoxondrik belgilar ham kuzatiladi. Bemorning kayfiyati pasayib, umidsizlik, o‘z-o‘zidan qoniqmaslik belgilari kuzatiladi. Bu nevrozlar uzoq vaqt saqlanib qoladi va surunkali kechadi. Nevrozning isterik turi esa isterik alomatlar bilan harakat, sezgi,
vegetativ va ruhiy buzilishlar bilan birga davom etadi. Bunda isterik giperkinezlar, tutqanoqlar, isteriyaga sabab bo‘ladigan kar-soqovlik, ko‘rlik, sezgi buzilishi, og‘riq, qusish, havo yetishmaslik belgilari bilan kechadi.
Psixoterapiya, fizioterapiya, jismoniy tarbiya usullari va gipnoz yaxshi samara beradi. Uyquni yaxshilash hordiq chiqarish, toza havoda sayr qilish lozim. Giperstenik turida brom dorilari, meprobomat 200—2000 mg dan, seduksen 2,5 mg dan, tazepam 30—40 mg dan; gipostenik turida quvvatga kirgizuvchi dorilar pantokrin, eleutorokok, jenshen, sidnokarb buyuriladi. Yopishqoq fikrlar nevrozi va isteriyada trankvilizatorlar va antidepressantlar
birga qo‘llaniladi: elenium 20—50 mg, seduksen 10—20 mg, eglonil 200mg, meprobomat 400—1200 mg, fenazepam, tazepam, glitsin; uyqusizlikda ivadal 10 ml dan uyqudan oldin, radedorm 5 mg dan, propazin 25—100mg, teralen 5—25 mg, melleril 10—75 mg dan tavsiya etiladi.
Yüklə 26,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin