Mavzu: Epelepsiya kasalligida uchraydigan ruhiy o’zgarishlar


Bosh miya jarohatida uchraydigan ruhiy o‘zgarishlar



Yüklə 26,58 Kb.
səhifə2/3
tarix16.03.2023
ölçüsü26,58 Kb.
#88221
1   2   3
Mavzu..6666

Bosh miya jarohatida uchraydigan ruhiy o‘zgarishlar.
Bosh miya jarohati deganda kalla suyagi, miya pardalari, uning qobig‘i, miya moddalari va qontomirlarining tashqi kuch ta’sirida jarohatlanishiga aytiladi. Asosan, yopiq va ochiq jarohatlarga bo‘linadi. Yopiq bosh miya jarohatida miya bo‘shlig‘i butunligi buzilmaydi, miya moddasiga tashqi muhit ta’sir qilmaydi.Miyaning yumshoq qavati (teridan apanevrozgacha)
butun bo‘ladi.Bosh miyaning ochiq jarohatida miya bo‘shlig‘i tashqi muhit ta’siriga uchraydi. Bunda miya jarohati kuzatilib,miya moddasiga kirib boradi.Miyaning yumshoq qavati aponevroz, suyaklar sinishi miyaning qattiq qobig‘i va miya moddasi zarar ko‘radi. Tashqi kuchning miyaga ta’siri natijasida miyaning chayqalishi,lat yeyishi va ezilishiga olib keladi.Miya jarohatining rivojlanishida,asosan,to‘rtta davr bo‘ladi:1. Boshlang‘ich yoki o‘ta o‘tkir davr. 2. O‘tkir davr. 3. Tiklanish yoki tuzalish davri.4.Kechki asoratlar yoki surunkali davr. Ruhiy o‘zgarishlar shu to‘rtta davrga asoslangan bo‘ladi. Boshlang‘ich davridagi ruhiy o‘zgarishlar hushning buzilishi, karaxt,sopor,koma,somnolensiya ko‘rinishida bo‘ladi.Miya jarohatidagi o‘tkir psixozlar tashqi ta’sirdan so‘ng boshlang‘ich yoki o‘tkir davrda paydo bo‘ladi. O‘rtacha yoki cho‘zilgan psixozlar jarohatdan keyin bir ikki oy o‘tgach va bir yil davomida rivojlanadi.Kechki asoratlar davrida ruhiy o‘zgarishlar bir necha yil o‘tgandan keyin paydo bo‘ladi.O‘tkir davrning ruhiy o‘zgarishlari bosh miyada qon aylanishining buzilishi,kislorod yetishmasligi natijasida paydo bo‘ladi.Bunda qontomirlarning o‘tkazuvchanligi oshadi va miya shishiga olib keladi.Ruhiy o‘zgarishlar sinapslar o‘tkazuvchanligi, mediatorlar almashinishi,retikular va gipotalamus ishining buzilishga bog‘liq. Kechki asoratlar davridagi ruhiy o‘zgarishlar bosh miya jarohatining og‘irligiga, bemorning yoshi,kasallikdan oldingi hulq-atvoriga bog‘liq bo‘ladi. Bunda orqa miya suyuqligining o‘zgarishi katta ta’sir qiladi. Boshlang‘ich va o‘tkir davrdagi ruhiy o‘zgarishlar miya jarohatlanganda hushning yo‘qolishi bo‘ladi.Faqat yengil miya chayqalishida hushning bulutsimon ko‘rinishi paydo bo‘ladi.Qolgan turlarida es-hushning o‘zgarishi koma holatigacha boradi. Bemor hushiga kelganidan so‘ng o‘tkir davr boshlanadi. Unda xotiraning yo‘qolishi kuzatiladi,retrograd amneziyada bemor hushdan ketishdan oldingi voqea va hodisalarni eslay olmaydi.Antegrad amneziya — bunda hushdan keyin bo‘lgan voqealarni eslay olmaydi.O‘tkir davrida asteniya belgilari ham uchraydi. Miya chayqalishida vestibular o‘zgarishlar: bosh aylanish, ko‘ngil aynish, qusish, asab tizimidagi o‘zgarishlarda nistagm,konvergensiyaning susayishi, pay reflekslarining oshishi, mushaklarning bo‘shashishi, vegetative o‘zgarishlar qontomir ishining buzilishi, tomir urishning sekinlashishi, qon bosimining o‘zgarishi, terlash, ko‘karib ketish, haroratning oshishi, yuzning qizarib ketish belgilari kuzatiladi. Miya lat yeyishida falajlik, sezgining yo‘qolishi yoki kamayishi kuzatilishi mumkin. Yuzning bir tomonga qiyshayib qolishi,eshitish, ko‘rish, ko‘z harakatlarining buzilishi hamda meningial belgilar paydo bo‘ladi. Miya lat yeganida miyaga va miya bo‘shliqlariga qon quyiladi. Bu miyaning qisilib qolishiga olib keladi. Miya jarohatidagi o‘tkir davr bir ikki oy davom etadi. O‘tkir davrdagi psixozlar dastlabki kunlarda yoki bir ikki hafta ichida hushning o‘ziga kelishi bilan boshlanadi. Bunda turli qo‘zg‘alishlar, gallutsinatsiya, vasvasalar bo‘lib turadi.Deliriyda ko‘rish gallutsinatsiyalari bunda bemorning ko‘ziga qo‘rquv,vahimalar ko‘rinadi. Oneyroidda bemorlar o‘zini fazoda uchayotgandek sezadi.Karsakov alomatida xotiraning saqlanib qolishi buziladi. Amneziyalar, konfabulatsiya, affekt o‘zgarishlari kuzatiladi. Affekt alomatida bemorlar ko‘zlari ochiq holda qimirlamasdan yotadilar, atrofga befarq qarab, gapirmaydilar, himoya reflekslari yo‘qolgan, hech narsa bajarmaydilar. Bemorlarda siydik va ahlat tutilmaydi,yutinish saqlangan, uyqu kecha-kunduzga bog‘liq bo‘lmaydi. Bunday hollarda bemorlar tezda o‘lib qolishlari mumkin. Akinetik mutizmda harakatsizlik va gapirmaslik holatlari namoyon bo‘ladi. Bunda ko‘zlardagi harakatlar saqlangan, lekin ular berilgan savollarga javob bermaydi. Kasallikning o‘tkir yoki kechki davrida paydo bo‘lgan ruhiy o‘zgarishlar uzoq vaqt davom etishi mumkin. Astenik holatda qo‘zg‘aluvchanlik, holdan toyish, tez jahli chiqish, chidamsizlik, ish qobiliyatining pasayishi,xafa bo‘lish belgilari kuzatiladi.Bemorlarda bosh og‘riq,bosh aylanish, uyqusizlik holatlari namoyon bo‘ladi.Bemorlar ahvoli ob-havoga,issiq sovuqning almashinuviga, charchashlikka, havo bosimining o‘zgarishiga va boshqa kasalliklarning qo‘shilishiga bog‘liq bo‘ladi. Psixopatsimon o‘zgarishlar astenik hamda isterik holatlar bilan birga kechadi. Bu holat 10—20 yilgacha saqlanib qoladi.Bunda kayfiyatning pasayishi,ko‘z yosh qilish,tezda xafa bo‘lish,o‘z sog‘lig‘i haqida xavotirlanish belgilari namoyon bo‘ladi. Asab sohasidagi o‘zgarishlar kam rivojlangan bo‘ladi.Bularga pay reflekslarining oshishi,qo‘llarda titrash,Romberg holatida chayqalish belgilari namoyon bo‘ladi.Paraksizmal o‘zgarishlar miya jarohatidan keyin bir yil yoki 20—25 yil o‘tganidan keyin ham paydo bo‘lishi mumkin. Bu o‘zgarishlarda tutqanoq xurujlari, absanslar uchraydi. Depressiya holatlari asta-sekin rivojlanadi. Bunda yig‘loqilik,o‘ta qimmatli fikrlar, vasvasalar, ipoxondrik holatlar bilan birga davom etadi.Moniakal holatlarda kasallikning yengil turida achchiqlanish, ko‘ngil bo‘shlik,jahldorlik kuzatilsa,og‘ir turida aql pastlik, vasvasa, yolg‘on gapirish gallutsinatsiya va qo‘zg‘aluvchanlik qo‘shilib keladi.

Yüklə 26,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin