Mavzu: Buyuk erkinlik hartiyasi va uning tarixiy ahamiyati


Buyuk ozodlik xartiyasining natijalari



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə3/5
tarix01.06.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#121591
1   2   3   4   5
Buyuk erkinlik hartiyasi va uning tarixiy ahamiyati.

Buyuk ozodlik xartiyasining natijalari

  • U davrga qadar hokimiyat mutloq qirolga tegishli degan qarash hukmron edi. Buyuk ozodlik xartiyasi qabul qilingandan soʻng Lordlardan tashkil topgan parlament qirol bilan birga mamlakatni boshqara boshlaydi. Bu ayni paytda cherkovning hukmronligiga ham katta zarba boʻlgandi.

Gʻarb demokratiyasining ibtidosi. Buyuk erkinlik xartiyasi insoniyatga nima berdi?

  • 1215-yil, Angliya. 16 yildan buyon mamlakatni qirol Ioann boshqarib kelmoqda. Angliya tarixidagi eng zolim qirollardan biri hisoblangan Ioaan, Fransiya bilan boʻlgan urushdagi magʻlubiyati bilan tanilgan edi. U baronlarga katta-katta soliqlar solib, ularga tajovuz qilardi. Bunday adolatsizliklarga chiday olmagan zodagonlar va xalq oxir-oqibat qirolga qarshi bosh koʻtardi. Natijada Angliyada fuqarolar urushi boshlanib ketdi.
  • Bu urushda qirol mag‘lubiyatga uchradi. U maʼlum shartlar asosida taxtni o‘zida saqlab qoldi. 1215-yilning 15-iyul kuni Ranimut yaylovida qirol “Buyuk erkinlik xartiyasi” deb nomlangan hujjatni imzoladi. Xartiya qirol hokimiyatini tiyib turuvchi ilk hujjat sifatida tarix zarvaraqlaridan joy oldi. Asrlar oʻtib “Buyuk erkinlik xartiyasi” Gʻarb demokratiyasi uchun tamal toshi boʻlib xizmat qildi.
  • Bu galgi maqolamizda bundan VIII asr oldin Angliyada qirollarni tiyib turish uchun imzolangan Buyuk erkinlik xartiyasi va uning ahamiyati haqida soʻz yuritamiz.

XIII asr boshida Angliya

  • XIII asrning boshlarida Angliyada feodal davlatning yangi tabaqa monarxiyasiga o‘tish uchun qulay va obyektiv shart-sharoitlar vujudga keldi. Biroq qirol hokimiyati o‘z mavqeini mustahkamlab, hukmron tabaqa vakillarining davlat ahamiyatiga molik masalalarni hal etishini unchalik istamasdi. Genrix IIning tashqi siyosatda mag‘lubiyatga uchragan avlodlari davrida monarx hokimiyati haddidan oshib ketdi. Shunday vaziyatda Angliyada ijtimoiy-siyosiy ziddiyatlar kelib chiqdi. Mazkur harakatga baronlar boshchilik qildi.
  • Ularga vaqti-vaqti bilan ritsarlar va frigolderlar (O‘rta asrlarda Angliyadagi feodal yer egalari) qo‘shildi. Qirolga qarshi chiqishlarning ijtimoiy xarakteri XIII asrdagi siyosiy ziddiyatlarning o‘ziga hos xususiyati bo‘ldi. XIII asrdagi ijtimoiy chiqishlar XI-XII asrdagi baronlar isyonlaridan farq qilardi.

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin