Mavzu bo‘yichaamaliy mashg‘ulot


Bilakning orqa gurux yuzaki mushaklari



Yüklə 466,24 Kb.
səhifə5/9
tarix05.04.2023
ölçüsü466,24 Kb.
#93475
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Yelka kamari va yelka mushaklari. Bilak mushaklari va fassiyalari. Qo‘l kaft mushaklari. Qo‘l kaftining pay qinlari. 11

Bilakning orqa gurux yuzaki mushaklari.


1. M. brachioradialis - yelka-bilak mushagi. Yelka suyagining tashqi yuzasidan boshlanib, bilak suyagi pastki uchidagi bigizsimon o‘simta ustiga birikadi. Vazifasi: bilakni tirsak bo‘g‘imida bukadi. Innervatsiyasi: n. radialis(C5 – C6)
2. M. extensorcarpiradialislongus – qo‘l panjasini yozuvchi bilak tarafidagi uzun mushak. Yelka suyagining epicondyluslateralis o‘simtasidan va yon yuzasidan boshlanib, II kaft suyagi asosining orqa yuzasiga birikadi. Vazifasi: qo‘l panjasini bilak tarafga yozadi. Innervatsiyasi: n. radialis(S5 – S8)
3. M. extensorcarpiradialisbrevis - qo‘l panjasini yozuvchi bilak tarafidagi kalta mushak. Yelka suyagining epicondyluslateralis o‘simtasidan boshlanib, III kaft suyagi asosining orqa yuzasiga birikadi. Vazifasi: qo‘l panjasini bilak tarafiga yozadi. Innervatsiyasi: n. radialis(S5 – S7)
4. M. extensordigitorum - barmoqlarni yozuvchi mushak. Yelka suyagining epicondyluslateraliso‘simtasidan boshlanib, II-V barmoqlar o‘rta falangasi va tirnoq falangalarining orqa yuzasiga birikadi. Vazifasi: barmoqlarni yozadi. Innervatsiyasi: n.radialis(S6 – S8)
5. M. extensordigitiminimi - jimjiloqni (V barmoq) yozuvchi mushak. Barmoqlarni yozuvchi mushak paylaridan ajraladi va V barmoqga birikadi. Jimjiloqni yozadi va tirsak tarafga uzoqlashtiradi. Innervatsiyasi: n.radialis(S6 – S8)
6. M. extensorcarpiulnaris - qo‘l panjasini yozuvchi tirsak tarafdagi mushak. Yelka suyagining epicondyluslateraliso‘simtasidan va tirsak suyagining orqa yuzasidan boshlanib, V kaft suyagining bo‘rtig‘i tuberositasossismetacarpiV ga birikadi. Mushakda caputhumerale va caputulnare boshchalari bo‘ladi. Vazifasi: qo‘l panjasini yozadi va tirsak suyagi tarafga buradi. Innervatsiyasi: n.radialis(S7 – S8)

Bilak orqa guruxining chuqur mushaklari.


7. M. supinator - bilakni tashqariga buruvchi mushak. Yelka suyagining epicondyluslateralis o‘simtasidan, tirsak suyagining yuqori uchidan boshlanib, bilak suyagining yuqori uchiga birikadi. Vazifasi: bilakni tashqi tarafga buradi (supinatsiya). Innervatsiyasi: n.radialis(S5 – S6)
8. M. abductorpollicislongus - bosh barmoqni uzoqlashtiruvchii uzun mushak. Bilak suyagining orqa yuzasidan boshlanib, I kaft suyagining asosiga birikadi. Vazifasi: bosh barmoqni uzoqlashtiradi. Innervatsiyasi: n.radialis(S7 – S8).
9. M. extensorpollicisbrevis - bosh barmoqni yozuvchi qisqa mushak. Bilak suyagining orqa yuzasidan boshlanib, bosh barmoqning (I) asosiga birikadi. Vazifasi: bosh barmoqni yozadi. Innervatsiyasi: n.radialis(S8 – Th1)
10. M. extensorpollicislongus - bosh barmoqni yozuvchi uzun mushak. Tirsak suyagining orqa yuzasidan boshlanib, bosh barmoqning tirnoq falangasiga birikadi. Vazifasi: bosh barmoqni yozadi. Innervatsiyasi: n.radialis(S7 – S8)
11. M. extensorindicis - ko‘rsatgich barmoqni yozuvchi mushak. Tirsak suyagi orqa yuzasining pastki qismidan boshlanib, ko‘rsatgich barmoqning (II) o‘rta falangasiga birikadi. Vazifasi: ko‘rsatgich barmoqni yozadi. Innervatsiyasi: n.radialis(S6 – S8)

Yüklə 466,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin