2.4.1. jadval. Muammoli, qiyin va nizoli vaziyatda muloqot olib borish bosqichlari
№
Bosqichlarnomi
Zarurma’lumotlar
Zarurharakatlar
1-
Kontakto‘rnatish
yoshi, jinsi, ma’lumoti,
Suhbatdosh haqida
bosqich
Qarshimdagi odam
ijtimoiy mavqei, oilaviy
ma’lumot to‘plash
kim?
sharoiti, sog‘ligiga
shikoyatlari, uddalay
oladigan va uddalay
olamaydigan vazifalar
turkumi va h.k
U qanday holatda
Tananing ochiq yoki yopiq
Kuzatuvchanlik va xodimga moslasha oluvchanlik.
Empatiya orqali xodimga yaqinlashish va uning holatini his etish
holatdaligi, qo‘l va kaftlar
holati, yuz mimikasi
ifodasi, bizga nisbatan
tutgan masofasi va shu
masofani o‘zgartirishimizga
bo‘lgan javobi
2 bosqich
Masalanimuhokamaqilish
Masala bo‘yicha mavjud ma’lumotlarga ega bo‘lish
Faol tinglash,
aniqlashtiruvchi
savollar berish va suhbatdoshi
fikrining asosiy mazmunini takrorlab o‘tish
3 bosqich
Yechimvariantlariniizlash
Suhbatdoshi manfaatini doimo yodda tutish va
imkoniyatlarni sanab o‘tish
Ikkala tomonni koniqtiruvchi yechim variantini izlash
4 bosqich
Qaror qabul qilish
Hamma mavjud yechimlarni sanab o‘tish va xodim uchun maqbulini asoslash
Xodim manfaatiga yo‘nalganlik
Muloqotdaidrokjarayoni.
Muloqot jarayonida boshqalarga ta’sir etish imkoniyati o‘z haqimizda ijobiy taassurot uyg‘ota olishimizga bog‘liq. Ijobiy munosabatlar shakllangan sharoitda o‘zgaga ta’sir etish imkoniyati katta bo‘lib, o‘zimiz haqimizda ijobiy taassurot uyg‘otish mexanizmlariga taalluqli fikrlarni bayon etib o‘tish lozim. Psixologiya fanida o‘zgada ijobiy yoki yoqimli taassurot uyg‘otish simpatiya deb ataladi, salbiy yoki noxush taassurot qoldirish esa antipatiya deyiladi. Xo‘sh, suhbatdoshda biz haqimizda simpatiya uyg‘onishi uchun nima qilish kerak? Buning uchun ikki shaxs muloqotga kirishganda ularning o‘zaro munosabatlaridagi ko‘zga ko‘rinmas ba’zi bir xususiyatlarni tahlil qilib o‘tish o‘rinlidir. Aynan shu «mayda» xususiyatlar ko‘p jihatdan o‘zgada simpatiya uyg‘otish manbaalari bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Mashhur psixolog A.A. Bodalev tanishuv jarayonida o‘zgalar haqida qay tarzda ma’lumot olinishini aniqlash borasida maxsus tajribalar o‘tkazgan. Aniqlanishicha, boshqa odam idrok qilingan paytda birinchi bo‘lib uning soch turmaklashiga e’tibor qaratilar ekan. Sochdan keyin e’tibor insoning ko‘ziga karatiladi. Ma’lumki ko‘z, o‘z navbatida, inson haqida juda ko‘p ma’lumot beradi. Boshqa tadqiqotlar orqali aniqlanishicha, inson ko‘z qorachig‘ining me’yordan ko‘ra salgina kengayishi o‘zga kimsalarda unga nisbatan jozibadorlik ruhini uyg‘otadi. Aksincha, ko‘z qorachig‘inig torayishi esa atrofdagilarni o‘zidan jerkish kuchiga egaligi aniqlangan. Quvnoq va hayotga zavq bilan qaraydigan kimsalar nafaqat tabassum qiladilar, balki ularning ko‘z qorachig‘i ham noxush his uyg‘otuvchi kimsalarga nisbatan kengroq bo‘lar ekan. Demak, insonning aynan yuz ifodasi simpatiya uyg‘otuvchi birlamchi manba hisoblanadi. Shundan so‘ng insonning tana harakatlari, gavdasini tutishi, yurish turishi idrok etiladi. O‘ziga va imkoniyatlariga ishongan kimsa doim qaddi-qomati tek turadi va hatto o‘zidan faxrlanish hissini yog‘dirib turadi.
Navbatdagi e’tibor qaratiladigan jihat muloqot jarayonidagi kimsaning shaxsiy xislatlaridir. Bir-birining tashqi qiyofasiga e’tibor qaratgan
suhbatdoshlar ma’lum vaqtdan so‘ng «Bu qanday kimsa?», «U qanday xislatlarga ega?» degan savollarga javob izlay boshlashadi.
Aytib o‘tilgan idrok bosqichlari muloqot jarayonida o‘ziga nisbatan simpatiya uyg‘otish asoslarini shakllantirish imkonini beradi. Va kezi kelganda o‘zgalarga nisbatan noo‘rin uyg‘onayotgan birlamchi taassurotlarni yengib o‘tish, ularning ta’sirida chalg‘ib qolmaslik uchun ham imkoniyat yaratadi.