Mavzu: "boshlang’ich sinflarda tekshiruv diktanti va uni tashkil qilish"



Yüklə 94,65 Kb.
səhifə1/9
tarix19.12.2023
ölçüsü94,65 Kb.
#184652
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Ro\'zmetova Sabohat OTO\'M Kurs ishi


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

Urganch Davlat Universiteti Pedagogika fakulteti Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi (sirtqi) 20/13-guruh talabasi Ro‘zmetova Sabohatning Ona tili o’qitish metodikasi fanidan tayyorlagan
Kurs ishi
MAVZU: “BOSHLANG’ICH SINFLARDA TEKSHIRUV DIKTANTI VA UNI TASHKIL QILISH”.
Topshirdi : Ro‘zmetova Sabohat
Qabul qildi : Sapayeva Boljon
Baholash : ________________


Urganch -2023

MUNDARIJA:
Kirish..................................................................................................................3
I BOB. SAVOD O’RGATISH DAVRIDA O`QUVCHILARNI DIKTANT YOZISHGA O`RGATISH MASALALARI……………………………….5
1.1. Savod o'rgatish davrida o'quvchilarni o'qish va yozishga o'rgatish masalalari……………………………………………………………….. ……5
1.2. Diktant turlari haqida ma’lumot…………………………………… …...10
II BOB. BOSHLANG`ICH SINFLARDA TEKSHIRUV DIKTANTI VA UNI TASHKIL ETISH……………………………………………………..21
2.1 Diktantni tahlil qilish………………………………………………. ……21
2.2 Diktantlarni baholashda foydalaniladigan me’yorlar…………………….26
XULOSA...........................................................................................................28
FOYDALANGAN ADABIYOTLAR.............................................................29

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Mamlakatimizda ilm-fanni yanada ravnaq toptirish, yoshlarimizni chuqur bilim, yuksak ma’naviyat va madaniyat egasi etib tarbiyalash, raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirish borasida boshlagan ishlarimizni jadal davom ettirish va yangi, zamonaviy bosqichga ko‘tarish maqsadida muhtaram prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan yurtimizda 2020-yilni “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”deb e’lon qilindi. Yangi asr o`qituvchisini tayyorlashda uning pеdagogik-psixologik va intеllеktual salohiyat bo`yicha chuqur bilimga egaligi, innovatsion ta'lim tе bo`yicha chuqur bilimga egaligi, innovatsion ta'lim tеxnologiyalari, ta'limning intеrfaol usullari va ilg`or samarali mеtodlariga oid ijodiy faollikni oshirishning samarali usullaridan xabardor bo`lishi muhim ahamiyat kasb etadi. Ta’limning quyi bosqichida bolalarni o'qish, yozishga o'rgatish, nutqini o‘stirishga, tafakkur qilish faoliyatlarini kengaytirishga alohida e ’tibor berish zarur.
Bolalarning eshitish, ko'rish qobiliyatlarini rivojlantirishda ularni diktant yozishga o'rgatish foydalidir. Ish avval doskadan yoki kitobdan ko'chirib yozishga o'rgatishdan boshlanadi. So‘ng bo'g'in, so'z va gaplarni eshitib yozish, to'g'ri yozilganligini o'qib tekshirish vazifasi beriladi. Birinchi sinf o'quvchilari bir nechta tovushlarni o'rganib olganlaridan so'ng, dastlab ular ikki yoki uch tovushdan iborat so'zlarni eshitib yozishga o'rgatiladi. Imloni o'rgatishda diktant yozdirib turish — o'quvchilarning savodxonligini oshirishga yordam beradi. Yozuv mashqlari bolalarning ruhiy holatlari bilan bog'liq bo'lib, bu murakkab ishni tezda amalga oshirish qiyin kechadi. Tovushlarni yozganda harfga aylantirib yozish jarayonida bolalarda turg'unlik alomatlari seziladi. Jumladan, ular bosma harflarda o'qiganlarini xotirlab, ularni yozmacha qilib yozish mashaqqatini boshdan kechiradilar. O'quvchida diktant yozishda paydo bo'lgan malaka keyinchalik bayon, insho yozishga zamin hozirlaydi. Diktant uchun tanlanadigan so'z, gap va matnlar sodda, tushunarli bo'lishi bilan birga ta’limiy ahamiyatga ega bo'lib, bolaning qiziqishlarini oshirishga xizmat qilishi lozim. Diktant yozishda bola husnixat qoidalariga ham to'la rioya qilishi kerak.


Yüklə 94,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin