Mavzu: Bolalarda o‘tkir pnevmoniyaning kechish. Bolalarda o‘tkir pnevmoniyaning kechish xususiyatlari, etiologiyasi, patogenezi, klinikasi, diagnostikasi, kiyosiy tashxisi, davolash va profilaktikasi



Yüklə 52,22 Kb.
səhifə6/12
tarix11.07.2023
ölçüsü52,22 Kb.
#136325
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
bolalarda o\'tkir pnevmoniya

Klinik ko‘rinishi: Kasallik to‘satdan O‘RIsiz, tana haroratining 39-40˚S gacha ko‘tarilishi bilan boshlanadi, bosh og‘rishi, umumiy holatning birdan o‘zgarishi, yo‘tal «zangsimon» balg‘amli bo‘ladi, ko‘krak qafasida og‘riq. Prodromal davri bir necha soatgacha davom etadi. Ko‘pgina bemorlar kasallikning boshlanish davrida o‘ng yonbosh sohasida va kindik atrofidagi og‘riqdan shikoyat qiladi. Pnevmoniyani bu turdagi kechishi o‘ng o‘pkaning pastki bo‘lagidagi zararlanishda kuzatiladi va vissero-visseral refleks bilan bog‘liq. Bolada hansirash, tomir urishi kuchayishi, tana harorati ko‘tarilishi, ko‘krak qafasining bir tomoni nafas olishda orqada qolishi kuzatiladi, qorin ekskursiyasi erkin bo‘ladi, qorin devori tarangligi bo‘lmaydi, bu esa shifokorga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatadi.
Ba’zi maktabgacha bolalarda kasallikning boshlanishida yuqori tana harorati, bosh og‘rishi, qusishdan tashqari, alahlash, ensa mushaklari tarangligi, klonik talvasalar kuzatiladi, bu belgilar meningitni klinik ko‘rinishini eslatadi. Pnevmoniyaning bu kechishi patologik jarayonni o‘ng o‘pkaning yuqori bo‘lagida joylashganida kuzatiladi.
Bemor ko‘rilganda, bosh miya tormozlanishi, teri rangining oqarishi, yonoqlarning qizarishi, ko‘zlarining yaltiroqligi, lablari quruq, lablarida va burun qanotlarida gerpes, hansirash, nafas olishda yordamchi mushaklarning ishtirok etishi kuzatiladi. Pnevmoniyaning boshlanish davrida o‘mrov usti chuqurchasi cho‘kkanga o‘xshaydi, elka oldinga va yon tomonga chiqqan bo‘ladi.
Tekshirib ko‘rilganda ko‘krak qafasining bir tomoni nafas olishda orqada qoladi va o‘pkaning pastki qirralari harakati chegaralangan bo‘ladi, ovoz titrashi pasaygan, bronxofoniya kuchaygan, terisi kerishgan, zararlangan o‘choq ustida qisqargan timpanik tovush aniqlanadi. Kasallikning birinchi soatlarida nafas olish o‘zgaradi, qisqa va og‘riqli yo‘tal, shilamshiq, oynasimon balg‘am ajralishi bilan xarakterlanadi. Bola chuqur nafas olganda yon tomonda og‘riq sezadi. Keyinchalik tana harorati yuqori darajada ushlanadi, yo‘tal kuchayadi, azobli va og‘riqli bo‘ladi, hansirash kuchayadi, sianoz, yuz va lablar shishi aniqlanadi. 2-3 kundan keyin fizikal tekshirilganda bronxial nafas, perkutor tovush qisqarishi, doimiy bo‘lmagan mayin krepitatsiyalovchi xirillashlar aniqlanadi. Ba’zida xirillashlar keyinroq eshitiladi. Krupoz pnevmoniya avj olgan davrida o‘pkadan tashqaridagi o‘zgarishlar ham kuzatiladi: yurak qon-tomir tizimi (yurak tonlari bo‘g‘iqligi, yurak nisbiy chegarasi kengaygan, mayin sistolik shovqin, tomir tonusi pasayishi – gipotenziya); asab tizimi (uyqusizlik, bosh og‘rishi, pay va teri reflekslari o‘zgarishi); jigarda (kattalashish va og‘riq), laborator tekshirishda – zararsizlantirish funksiyasi buzilishi); buyrakda (unchalik katta bo‘lmagan albuminuriya, ba’zida eritrotsituriya va silinduriya).
Klinik qon tahlilida leykotsitoz, neytrofilez, formulaning chapga siljishi, ECHT ortishi kuzatiladi. Rentgenda bo‘lakli o‘choqli soyalar aniqlanadi.
Kechishi.Bolalarda kasallikning davomiyligi o‘tkazilgan terapiya va organizmning reaktivligiga bog‘liq.Bemor holati asta-sekin yaxshilanadi, yo‘tal nam bo‘la boshlaydi, ammo kattalarga xos bo‘lgan «zangsimon» balg‘amli yo‘tal bolalarda kam uchraydi. Kasallikning boshida eshitilgan krepitatsiyalovchi xirillashlar (crepitatio indux) yo‘qoladi, keyin pnevmoniyani tuzalish davrida (crepitatio redux) eshitiladi.
Krupoz pnevmoniya atipik kechishi mumkin, yaqqol rivojlanmagan asosiy klinik simptomlari yoki jarayonni ikki tomonlama rivojlanishi bilan kechadi. Kattalarda va bolalarda so‘nggi yillarda antibiotiklar bilan erta davolash natijasida klassik krupoz pnevmoniya kam uchramoqda.

Yüklə 52,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin