Mavzu: Bolalar psixologiyasining metadolog prinsiplari. Yeksperement metodining moxiyati Reja



Yüklə 134,69 Kb.
səhifə8/8
tarix24.04.2023
ölçüsü134,69 Kb.
#102020
1   2   3   4   5   6   7   8
Bolalar psixologiyasining metadolog prinsiplari.

So‘rovdagi bir sa­vol keyingisi bilan bog`lik xolda idrok etiladi. Shu tufayli quyidagi xolatlarga so`rov jarayonida aloxida e’tibor berish lozim:
1. Bir savol va unga beriladigan javob keyingi savollarga beri­ladigan javoblarga ta’sir o`tkazmasligi kerak.
2. Muayyan savoldan keyingi savol umuman boshqa mavzularga o`tib ketgan bo`lmasligi, bir savoldan boshqasiga o`tishda mavzu keskin o`zgartirilmasligi lozim.
Z. Savollarning tashqi ifodalanishi sinaluvchilarni u bilan ish­lashga jalb eta olishi kerak (simmetrik to`gri bo`lishi, yozuv yoki og`zaki murojaat orqali beriladigan savollar chiroyli va tushunarli bo`lishi zarur).
4. Sinaluvchilarning individual xususiyatlari va surovning uzun­ligi bir-biriga mos bo`lishi (masalan, ota-onalar bilan so`rov o`tkazishda 5-6 savoldan iborat kichik anketalardan foydalanish) zarur.
5. So`rov so`ngida sinaluvchiga nisbatan minnatdorchilik va tashak­kur izxor etilishi - «Javoblaringiz uchun tashakkur» , «Yordamingiz uchun raxmat» kabi ifodalarning keltirilishi maqsadga muvofiqbo`ladi.
Sinaluvchiga beriladigan savollar bir-biridan alohida va ajral­gan emas.
Proektiv metodlar. Proektiv metod – shaxsni o`rganishning metodlaridan biri. Unda shunday eksperimental vaziyatlar yaratiladiki, bu vaziyatlar sinaluvchi­lar tomonidan turlicha talqin etilishi mumkin bo`ladi. Aynan sinaluv­chining bergan talqinini taxlil etish orqali uning shaxsi xakida mu­ayyan xulosalar chiqariladi. Chunki muayyan eksperimental vaziyatni talqin etar ekan proeksiya mexanizmi tufayli sinaluvchi ichki ke­chinmalari, uy xayollari, orzulari, qo`rquv va xavotirlarini tashqariga chiqaradi. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ishlaganda qo`llaniladigan odatdagi proektiv metodikalar quyidagilardan iborat: «Bola apper­sepsiya testi», «Oilaviy ustanovkalarning Jekson testi», «Dyucc ertaklari metodikasi» va xokazolar. Ushbu metodikalarni qo`llash asosan individual ish jarayonida amalga oshirilib, ancha kun vaqt talab etadi. Proektiv metod bilan o`tkazilgan tadqiqot natijalarini talqin etishda tadqiqotchidan katta maxorat talab qilinadi.
Test. Test – shaxsga xos muayyan psixologik sifatning rivojlanish da­rajasini o`lchash uchun xizmat qiladigan topshiriqlar yig`indisi. Test metodida muayyan standart topshiriq va vaziyatlar (testlar) qo`llaniladi. Ushbu metod Bir qator ustun tomonlar gazga: Tadqiqotni sinaluvchi­larning katta guruxi bilan o`tkazish mumkin natijalarni xisoblash va qayta ishlash ancha yengil va sodda. Metodning asosiy kamchiligi shunda­ki, u bolaning kelajakdagi rivojlanishi xaqida ma’lumot berolmay­di.Test metodi. Test – inglizcha so‘z bo‘lib, sinash, tekshirish, demakdir. Shaxsning aqliy o‘sishini, qobiliyatini, irodaviy sifatlari va boshqa psixik xususiyatlarini tekshirishda qo‘llanadigan qisqa standart masala, topshiriq, misol, jumboqlar test deb ataladi. Test ayniqsa odamning qanday kasbni egallashi mumkinligini, kasbga yaroqliligini yoki yaroqsizligini, istedodlilar va aqli zaiflarni aniqlashda, kishilarni saralashda keng qo‘llanadi. Test metodining qimmat tajribaning ilmiylik darajasiga, tekshiruvchining mahoratiga va qiziqishiga, yig‘ilgan psixologik ma’lumotlarning ob’ektivligi va ularni ilmiy tahlil qila bilishga bog‘liqdir. 1905 yildan, ya’ni fransuz psixologi A.Binevauning shogirdi A.Simoninsonning aqliy o‘sish va is’tedod darajalarini o‘lchash imkoniyati borligi g‘oyasini olg‘a surganidan keyin psixologiyada test metodi qo‘llana boshlandi.
Chet el psixologlari testlarni shaxsning is’tedod darajasini aniqlash vositasi deb biladilar. Biroq test tekshirilayotgan xodisalarning psixologik mezoni hisoblanmaydi. Ma’lumki, bir muammoning yechimini izlash turli psixologik vositalar bilan amalga oshiriladi. Chet el testologlari tadqiqot ob’ektlarini o‘zgartirib turadilar va qobiliyat, tafakkur, bilim, ko‘nikma hamda malakalarni aralash holda o‘rganishga intiladilar. Sinash jarayonida sinaduvchilarning emotsional holati va salomatligiga bog‘liq ruhiy kechinmalarni inobatga olmaydi. Psixologlar K.M. Gureviya, V.A.Krutuskiy va boshqalar qo‘llaydigan testlar tubdan boshqacha prinsip asosida tuzilgan. Ular testlarning tafakkur ko‘rsatkichi (indikatori) bo‘lishi uchun harakat qiladilar va muayyan yutuqlarga erishdilar. Shuningdek, tafakkur jarayonining sifat xususiyatlarini bilmay turib, qobiliyatning mohiyatini yoritib bo‘lmaydi, degan qoidaga amal qilgan holda testlardan foydalanmoqdalar. Hozirgi davrga oid testlar qatoriga psixologlardan Rorshax, Rozensveyg, Kettel, Vartegg, Veksler, Meyli, Ayze, Anastaze, Raven va boshqalar ijodining namunalarini kiritish mumkin. Eng keng tarqalgan testlar qatoriga yutuqqa erishish (maqsadga yetish) testlar (ular darslardan berilgan va bilim, malaka darajalarini baholashga qaratilgan), intellekt testlar (aqliy rivojlanish darajasini o‘lchashga mo‘ljallangan), shaxs testlari (inson irodasi, emotsiyasi, qiziqish, motivatsiyasi va xulqini baholashga yo‘naltirilgan diagnostik usullradan iboratdir). shaxs “loyihasi” (proektiv) testlari (savollarga bitta aniq javob berish talabqilinadi, javoblarni tahlil qilib shaxs xususiyatining “loyihasi” ishlab chiqiladi) kiradi. Psixologiya fanida xozirda maktabgacha yoshdagi bola shaxsiga xos xususiyatlar, uning emotsional-irodaviy soxasiga xos sifatlar, moti­vatsion soxasiga tegishli xususiyatlar, individual tipologik xususiyat­lari, bolaning bilish jarayonlariga xos xususiyatlarni aniqlaydigan maxsus testlarning to`plamlari mavjud.
Yüklə 134,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin