Mavzu: Barglarning morfologik va anatomik tuzilishi



Yüklə 6,81 Kb.
tarix04.12.2023
ölçüsü6,81 Kb.
#172479
Barglarning morfologik va anatomik tuzilishi


Toshkent Farmasevtika Instituti Sanoat farmatsiya yo’nalishi 204-a guruh talabasi Mirsobitova Risolatning Farmsevtik botanika fanidan mustaqil ishi
Mavzu: Barglarning morfologik va anatomik tuzilishi
  • Barg tuzilishi
  • Barg qismlari
  • Barg plastinkasining tuzilishi
  • BARG ANATOMIYASI

Reja:
Barg yuksak o’simliklar uchun xos organ. U poyadan kelib chiqqan. Barg poyada joylashgan bo‘lib, uning o‘sish konusidagi meristema hujayralarining rivojlanishidan hosil bo‘ladi.
Ular poyada o‘ziga xos navbat bilan joylashgan bo‘lib, uning eniga va bo‘yiga o‘sishi bargning asosini va barg yaprog‘ini hosil qiladi. Barg quyidagi funksiyalarni bajaradi. Fotosintez, gazlar almashinuvi, suv bug‘latish, zahira oziq moddalarni saqlash, (karam, piyoz), himoya vazifasi (tikanaklar), vegetativ ko‘payishga, xizmat qiladi(yapon binafshasi, begoniya). Bulardan tashqari, uning shakl o’zgarishidan ko’rinishlari organik moddalarni g’amlash (karamning yoki piyozning etdor barglari va boshqalar), himoya (tikanlar) va vegetativ ko’payish (begoniya, fikus va boshqalar) kabi vazifalarni ham bajarish mumkin. Odatdagi tuzilishli to’liq barg, barg yaproq’i, barg bandi va yonbargchalardan tashkil topgan
BARG MORFOLOGIYASI-Folium
Barg o‘simligining asosiy vegetativ organi bo‘lib hisoblanadi. Barg birinchi marotaba urug‘ embrionidan yoki kurtakdan o‘sib chiqadi. Barg pastki tomoni bilan o‘sadi. Ba’zi o‘simliklarda masalan: qirqquloqsimonlarda barg uchi bilan o‘sadi. Ko‘pchilik o‘simliklar bargi baxorda chiqib kuzda to‘kiladi. Ba’zi o‘simliklarning bargi esa bir necha yil to‘kilmasdan turadi. Masalan: qarag‘ayning bargi 3 yil,archaning bargi 10 yil, velvichiya deb atalgan o‘simlikning bargi 100 yil to‘kilmasdan tura oladi.
Ba’zi o‘simliklarning bargi bandsiz bo‘ladi, (сидячий лист) Masalan, ko‘knorining bargi. Ba’zi o‘simliklarning bargi qinli (Влагалишный лист). Masalan: Falladoshlarning bargi, soyabongullilarning oilasiga kirgan o‘simliklar.
Barg bandli ham bo‘ladi. Bunga chereshkoviy list deyiladi. Ba’zi o‘simliklarning bargining tagida qo‘shimcha bargi ham bo‘ladi. (пилистник) Masalan: no‘xat, g‘o‘za barglari tagida.
Agar barg plastinkasi 1 ta bo‘lsa oddiy barg deyiladi.
Barg plastinkasi butun yoki qirqilgan bo‘lishi mumkin. Agar barg plastinkasi o‘rta tomiriga nisbatan 3/1 qismi qirqilgan bo‘lsa, bo‘lakli barg (лопастной лист) deyiladi: chinor, anjir, g‘o‘za, terak, dub barglari. Agar barg plastinkasi bundan ham chuqurroq qirqilgan bo‘lsa, ammo o‘rta tomirigacha yetmagan bo‘lsa, kesik barg (раздельный лист) deyiladi. Mas:qoqio‘t,jag‘-jag‘.
Agar barg plastinkasi o‘rta tomirigacha qirqilgan bo‘lsa, ajralganbarg (рассеченный лист) deyiladi. Mas: pomidor, kartoshka.
Barg plastinkasining cheti tekis qirrali (сельнокрайный)yoki tishsimon (зубчатий) arrasimon (пилчатий) yoki o‘yiqsimon (городчатий) bo‘lishi mumkin.
BARG ANATOMIYASI
Bargning ichki
tuzilishi
DORZOVENTRAL
IZOLOTERIAL
RADIAL
Dorzoventral bargning yuqori tomoni pastki tomonga o‘xshash bo‘lmaydi.Chunki yuqori tomonda qoziqsimon to‘qimalar, pastki tomonda esa, bulutsimon to‘qimalar joylashgan. Izoloterial bargning yuqori tomoni pastki tomoniga o‘xshash bo‘ladi. Bargning yuqorida ham,pastki tomonida ham qoziqsimon to‘qimalar joylashgan.
Radial bargning tuzilishi novdaga o‘xshash bo‘ladi.Bargning ichki tuzilishi o‘simlikning yashash sharoitiga ham bog‘liqdir. Issiq sharoitda yashaydigan o‘simliklarni Kserofit o‘simliklar deyiladi.
O‘rta iqlimda yashaydigan o‘simliklarni Mezofit deyiladi.
Suv va nam sharoitda yashaydigan o‘simliklarni Gidrofit deyiladi. O‘simliklarning bargi epidermis bilan qoplangan. Ba’zi o‘simliklarning bargi ko‘p yillik bo‘lsa ham, (archa, qarag‘ay) epidermis bilan qoplangan.Epidermisning ustida Kutikula qa-vati yoki mum izlari bo‘ladi. Kserofit sharoitda yashaydigan o‘simliklarning bargining epidermisida kutikula qavat qalin, epidermis bir necha qavat. Bu o‘simliklarda qoziqsimon to‘qima yaxshi taraqqiy etgan.
Mezofit sharoitda yashaydigan o‘simliklarda epidermis 1 qavat, qoziqsimon to‘qima ham bargning yuqori tomonidan odatda bir qavat joylashgan bo‘ladi. Ba’zan 2 qavat ham bo‘lishi mumkin.
Gidrofit sharoitda yashaydigan o‘simliklarda qoziqsimon to‘qima bo‘lmaydi.
Kserofit sharoitda yashaydigan o‘simliklarda ustitsalar fa-qat bargning pastki tomoniga joylashgan bo‘ladi.
Mezofit sharoitda yashaydigan o‘simliklarda ustitsalar barg-ning asosan pastki tomonida, qisman yuqori tomonga joylashgan bo‘ladi.
Gidrofit sharoitda yashaydigan o‘simliklarda esa, ustitsalar bargning yuqori va pastki tomoniga joylashgan bo‘ladi.
E’tiboringiz uchun rahmat
Yüklə 6,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin