Mavzu: Barabanli jihozlar hisobi



Yüklə 1,75 Mb.
səhifə4/5
tarix28.11.2023
ölçüsü1,75 Mb.
#166691
1   2   3   4   5
barabanli jihozlar

Barabanning bir minutdagi aylanishlar soni kritik sonning 85—90foizini tashkil etganda material uzluksiz ravishda yuqoriga ko‘tarilib tushib turadi, shunda, yirik parchalar zarbidan kichikroq bo‘laklar maydalanadi, yirik bolaklarning o‘zi ham plitaga urilib maydalanadi. Lekin ba’zi materiallami maydalaganda 12—25 mm yiriklikdagi (kritik o’lchamli) bo‘laklar ko‘payib ketadi, ular o‘z-o‘zini maydalashga qodir emas, shu bilan birga, mavjud yirik parchalar ulami jadal maydalay olmaydi. Shunday hol ro‘y bermasligi uchun tegirmonga ozgina miqdorda (baraban jami hajmining taxminan 2,5 foizi) metall zoldirlar tashlash tavsiya etiladi.

Tegirmonda namlik darajasi 3—4,5 foiz bo‘lgan materialni tuyish mumkin. Barabanni issiq gaz yuborib tozalaganda materialning namlik

darajasi 12 foizga yetadi. Havo o‘tib turadigan separatorli tegirmon yopiq siklda ishlaydi. Tuyiladigan material barabanga ko‘ndalang

O’lcham i 250—500 mm keladigan bo‘laklar ko‘rinishida kovak sapfalardan biri orqali o‘tadi va tuyilib, 008-raqamli elakdagi qoldig‘i

30—40 foizni tashkil etadigan kukunga aylanadi. “Aerofol” tegirmondan keyin chala mahsulotni tuyib, mayin kukunga aylantiradigan

quvurli tegirmon o‘rnatiladi.

Barabanli g’alvirlar:

G‘alvirlarning bu turi tolqonsimon materiallarni saralashga

mo’ljallangan bo‘lib, qiya o‘rnatilgan silindr, ba’zan esa kesik konus yoki to‘r stakanli ko‘pqirrali kesik prizma ko‘rinishidadir. Ko‘pqirrali barabanli g‘alvirlar burat deb ataladi (22-rasm). Barabanli g‘alvirlarning afzalligi shundan iboratki, ular sekin va ravon aylanadi, sodda tuzilgan, lekin 1,3—3,5 mm yiriklikdagi zarralar uchun foydali ish koeffitsiyenti kichiklik qiladi.

Tegirmon yopiq siklda ishlatilib, xomashyo ho‘l usulda tuyilgan

hollarda yuzasi yoysimon kolosnikli g‘alvirlardan foydalanish mumkin.

Sement zavodlarida xomashyo ho‘l usulda tuyilganda bu agregatdan suyuq holdagi material aralashmasini tayyor mahsulotga va takror tuyiladigan chala mahsulotga ajratish uchun foydalaniladi. U bo‘r yoki gilni ho‘l usulda dastlabki m arta tuyadigan agregatlar ketidan o‘rnatiladi. G‘alvirlar korpus 1 dan iborat bo‘lib, yuzasi yoysimon kolosnikli panjara shu korpus ichiga joylashtirilgan.


Yüklə 1,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin