Mavzu. Axborot xurujiga qarshi yoshlarda ogohlik tuygularini tarbiyalash kirish I bob. Axborot xuruji va ogohlikning nazariy-metodologik asoslari



Yüklə 340,5 Kb.
səhifə14/26
tarix07.06.2023
ölçüsü340,5 Kb.
#126351
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26
G`olib disertatsiya eng yangi

Birinchidan, Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlarida – demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish, davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish, jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirish ishlari amalga oshirildi.
Ikkinchidan, qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlari – sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash, sudning nufuzini oshirish, sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlash, ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo‘jalik qonunchiligini takomillashtirish, jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini takomillashtirish, sud-huquq tizimida qonuniylikni yanada mustahkamlash, yuridik yordam va xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratildi.
Uchinchidan, iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishari – makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish, tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning etakchi tarmoqlarini modernizatsiya va difersifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish, qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulkning huquqlarini himoya qilish va uning istiqbolli rolini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xusuiy tadbirkorlik rivojlanishini rag‘batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish, viloyatlar, tumanlar va shaharlarning kompleks va muvozanatli ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ularning salohiyatidan samarali va optimal foydalanish, turizm sohasini kengaytirish ishlari mustahkamlandi.
To‘rtinchidan, ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari – aholining bandligi va real daromadlarini bosqichma-bosqich oshirish, aholini ijtimoiy himoya qilish va sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, arzon uy-joylar qurish bo‘yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, aholining hayot sharoitlari yaxshilanishini ta’minlovchi yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish, ta’lim va fan sohasini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish jarayonlari mustahkamlandi.

Yüklə 340,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin