Antibiotiklarni qoʻllash Antibiotik moddalar xalq xoʻjaligining turli xil sohalarida hamda ilmiy tadqiqot laboratoriyalarida ishlatiladi. Ular tibbiyotda, qishloq xoʻjaligida, oziq-ovqat va konserva sanoatida ishlatiladi, biologik tadqiqotlarda esa maxsus ingibitor sifatida qoʻllaniladi.
Medisinada – antibiotiklar koʻplab yuqumli kasalliklarni davolashda keng qoʻllanilib kelmoqda, bu kasalliklarning ayrimlarini ilgari davolab boʻlmaydi deb hisoblanar yoki oʻlim bilan tamom boʻlar edi. Bu kasalliklar qatoriga sil kasalligining (tuberkulyoz) ayrim shakllari, ayniqsa miningit sili antibiotik qoʻllanilmasdan oldin 100% oʻlimga olib kelardi. Vabo kasalligi (chuma), Osiyo xolerasi, qorin tifi, buresellyoz, pnevmoniya va boshqa kasalliklarni keltirish mumkin.
Hozirgi vaqtda 100 ga yaqin antibiotiklar tibbiyot amaliyotida qoʻllanilib kelinmoqda (1-jadval).
1-jadval
Medisinada keng qoʻllaniladigan antibiotiklar
Antibiotik
Produsent
Ta’sir etuvchi ob’ekt
Ta’sir mexanizmi
Penisillin
Penicillium sp.
Grammanfiy bakteriyalar
Hujayra devori hosil boʻlishini toʻxtatadi
Sefalosporin
Cephalosporium sp.
Grammanfiy va grammusbat bakteriyalar
Hujayra devori hosil boʻlishini toʻxtatadi
Eritromisin
Streptomyces erythreus
Grammmanfiy bakteriyalar
ribosomal 50S subedinisa faoliyat-ini susaytiradi
Streptomisin
S. griseus
Grammanfiy va grammusbat bakteriyalar
ribosomal 50S subedinisa faoliyatini susaytiradi
Tetrasiklin
S. aureofaciens
Grammanfiy va grammusbat bakteriyalar
ribosoma bilan aminoasil-tRNK bogʻliqligini toʻxtatadi