Mavzu: Akademik litseylar reja



Yüklə 27,64 Kb.
səhifə2/2
tarix13.12.2023
ölçüsü27,64 Kb.
#174958
1   2
Mavzu1

Kasb-hunar kolleji - oʻrta maxsus, kasb-hunar oʻquv yurti. Oʻzbekiston Respublikasida 1997-yil 29-avgustda kabul qilingan „Kadrlar tayyorlash milliy dasturi“ va „Taʼlim toʻgʻrisida“gi qonunga muvofiq, umumiy taʼlim maktablari (9-sinf)ni tugatgan oʻquvchilar qabul qilinadi. Taʼlim muddati 3-yil K.-h. k. oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi beradi; oʻquvchilarning kasb-hunarga moyilligi, bilim va koʻnikmalarini chuqur rivojlantirish, tanlab olingan kasbhunar boʻyicha bir mutaxassislik va 2—3 ishchi-kasb malaka koʻnikmalarini egallash imkonini yaratadi. K.-h. k.larida taʼlim olish oʻquvchilarga oʻz bilimlarini chuqurlashtirish va tanlagan ixtisosliklariga ega boʻlishni taʼminlaydi. K.-h. k.larida oʻquv dasturlari oldingi oʻquv bosqichi — umumtaʼlim maktablari va keyingi pogʻonada turgan oliy oʻquv yurtlarining oʻquv dasturlari bilan oʻzaro mutanosiblikda boʻlib, taʼlimning uzluksizlik va izchillik prinsipiga amal qiladi. K.-h. k.lari zamonaviy asbob-uskunalar, oʻquv-uslubiy qurollar, koʻrgazmali vositalar, axborot texnologiyalari va kompyuterlar bilan jihozlanadi.

  • K.-h. k.larida ishchi kadrlar emas, balki keng ixtisoslikdagi kichik mutaxassislar tayyorlanadi va ularni tayyorlashda har bir hududning oʻziga xos geografik va demografik shart-sharoitlari va mutaxassislarga boʻlgan mahalliy ehtiyojlari hisobga olinadi. Oʻquvchilarga beriladigan i.ch. taʼlimi oʻquv muassasasining zamonaviy jihozlangan ustaxonalarida va korxonalarida i.ch. amaliyoti bilan uzviy bogʻliq holda olib boriladi. Shu bilan bir qatorda umumiy bilimlar asoslarini berish, yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish, ularni har tomonlama rivojlantirish va zamon talablariga javob beruvchi mutaxassis boʻlib yetishishi uchun berilayotgan taʼlim milliy qadriyatlarga hurmat, mustaqil davlatimizga sodiqlik va iftixor tuygʻulari ruhidagi tarbiya bilan mushtaraklikda amalga oshiriladi

  • . K.-h. k.larining bitiruvchilariga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplomlar beriladi. 

  • Bu diplomlar taʼlimning keyingi bosqichlarida oʻqishni davom ettirish yoki egallangan kasb-hunar boʻyicha mehnat faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beradi. 2001/2002 oʻquv yili boshida Oʻzbekistondagi 303 K.-h. k.da 217 mingga yaqin oʻquvchi oʻqidi.[1]


Xulosa

  • Oʻrta maxsus oʻquv yurti. Oʻzbekiston Respublikasida 1997-yilda qabul qilingan „Kadrlar tayyorlash milliy dasturi“ va „Taʼlim toʻgʻrisida“gi konunga muvofiq umumiy oʻrta taʼlim maktablari (9sinf)ni tugatgan oʻquvchilar qabul qilinadi. Taʼlim muddati 2 yil Akademik litsey oʻrta maxsus maʼlumot beradi. Oʻquvchilarning intellektual qobiliyatlarini jadal oʻstirishni, ularning chuqur, tabaqalashtirilgan va kasb-hunarga yoʻnaltirilgan bilim olishlarini taʼminlaydi. Akademik litseyda oʻquvchilar oʻzlari tanlab olgan taʼlim yoʻnalishi (gumanitar, texnika, agrar va boshqa sohalar) boʻyicha bilim saviyalarini oshirish hamda fanlarni chuqur oʻrganishga qaratilgan maxsus bilim olish imkoniyatiga ega boʻladilar. 



Foydalanilgan adabiyotlar
Arxiv uz
Fayllar org
MySlide
Hozir org
Yüklə 27,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin