Mavzu: 5-6-sinflarda qo’shiq kuylash va musiqa savodi faoliyati kirish I bob. 5-6 Sinflarda kuylash malakalarini shakllantirish orqali ularni kasbga yo‘naltirish


Vokal-xor malakalarini shakllantirishning maqsadi



Yüklə 42,9 Kb.
səhifə5/6
tarix23.05.2023
ölçüsü42,9 Kb.
#120225
1   2   3   4   5   6
5-6-SINFLARDA QO’SHIQ KUYLASH VA MUSIQA SAVODI FAOLIYATI

2.2. Vokal-xor malakalarini shakllantirishning maqsadi

Musiqa ta'limining katta e'tibor bergan O‘rta Osiyolik mashhur musiqachilar orasidagi olim Al-Farobiy yosh avlodni tarbiyalash o‘qitish masalalariga ko‘plab ilmiy va amaliy g‘oyalar bildiradi. U shuningdek, musiqa nazariyasining asoschisi hamdir. Taniqli olim, faylasuf, musiqashunos Jomiyning “Risolai dar ilmi musiqa” nomli kitobida kompazitsiya, lad, ritm nisbatlari haqida yozilgan. O‘zbek shoiri Alisher Navoiy ham musiqa san'ati sohasida nixoyatda katta bilimga ega bo‘lgan edi. Uning musiqaviy estetik qarashlari “Sabbai-Sayyor”,3 “Maxbub-ul qulub”, “Xamsa” kabi asarlarida aks etgan.


Hammamizga ma'lumki, qo’shiq kuylashdan oldin ovoz sozlash mashqlari olib boriladi. Bunda vokal-xor malakalarini shakllantirishning asosiy maqsadi – o’quvchilar ovozlarining tabiiy xususiyatlarini, yengil, yorkin va jarangdorligini saklagan xolda, ovoz apparatini mustahkamlash hamda ovoz diapazonini kengaytirish, shuningdek qo’shiq kuylash malakalarini rivojlantirish. Vokal-xor malakalari oddiydan-murakkabga prinsipi asosida qo’shiq kuylashga asta-sekin tayyorlab boriladi:
1. Eng oddiy mashqlarni ham solfedjio qilib kuylash lozim, chunki notalar nomi yordamida tovush balandligi o’quvchilar xotirasida saklanib koladi.
2. Vokal-xor mashqlari har doim o‘rta tovush sol yoki ishchi diapazondagi tovushlar mi, fa, soldan boshlash maqsadga muvofiq, chunki past yoki baland tovushlarda o’quvchilar sof intonatsiyada kuylay olmaydilar.
3. Mashqlarni ko‘rgazmali vositalar (plakatlar, doskadagi yozuvlar, kartochkalar, rasmlar) yordamida olib borish hamda o’qituvchi tomonidan ijro yetib berilishi o’quvchilarning diqqat, xotira va eshitish qobiliyatini yanada o‘stiradi.
4. O’quvchilarda asta-sekin ikki ovozda kuylash malakalarini rivojlantirib boriladi. Bu ularning garmonik eshitish qobiliyatini, lad-tonal sezgisini shakllantiradi.
5. Vokal-xor mashqlarini olib borish jarayonida har xil didaktik o‘yinlardan, rebus, topishmoq (tushirib qoldirilgan notani topish)lardan foydalanish.
Bu kabi vokal-xor tamoyillarini qo’llash orqali o’quvchilarda sof unisonda uyg‘un va ravon kuylash malakalari shakllanadi. Bunda quyidagi vokal-xor mashqlari qo’llaniladi:
1. Sof unison xosil qilish mashqlari
2. Ovozni rivojlantirish mashqlari
3. Artikulyasiya apparatini rivojlantirish mashqlari
4. Keng nafas xosil qilish mashqlari
5. Ikki ovozda kuylash malakalarini xosil qilish mashqlari
O’quvchilarda vokal-xor malakalarini xosil qilish uchun turli xil mashqlardan foydalanish kata ahamiyatga ega. Chunki, aynan vokal-xor malakalari vositasida o’quvchilar ovozini yoqimli va jarangdor qilib tarbiyalash mumkin.
Vokal-xor malakalari olti turga bo‘linadi:
Qo’shiq kuylash xolati.
Ashulachilik nafasi.
Ovoz xosil qilish.
Sozlanish.
Ansambl.
Talaffuz.
O’quvchilar mashq yoki qo’shiqlarni kuylash vaqtida o’qituvchining qo’l ishoralariga karab nafas olish va uni tejab chiqarish, bir vaqtda boshlab, bir vaqtda tugatishga o‘rgatib borish lozim. Shuningdek bakirmasdan yumshoq va mayin vokal ovozida kuylashlariga e'tibor berib borish muhim sanaladi.
Teatrshunos olim M.Rahmonovning yozishicha “Kishilik tarixining ilk bosqichlarida musiqa ham pantomima va raqs san’ati bilan uzviy bog’liq holda maydonga kelgan. U O’zbekiston hududida yashagan ibtidoiy jamiyat odamlari hayoti va mehnat faoliyatining ajralmas qismini tashkil etgan. Ibtidoiy davrdagi eng ilk qo’shiqlar juda sodda bo’lardi. “Ov o’yini” va turli marosimlarda pantomim raqs o’yinlarini olib boradigan “musiqa” va “qo’shiqlar” asosan so’z va tovushni takror-takror qaytaruvchi ohang va rechitativlardan tashkil topardi”4.
Xor jamoasining asosini undagi vokal xor ishlari tashkil qiladi. Vokal xor kompleks ishlari xorning muvaffaqiyatli faoliyati uchun zamin yaratadi. Xorda vokal ishlarining sifat darajasi xor dirijyorining malakasiga, vokal qobiliyati va pedagoglik mahoratiga bog‘liq. Xorda olib boriladigan vokal ishlarining maqsadi, xonandalarda to‘g‘ri kuylash malakalarini o‘stirishdir. Vokal ishlariga:
- xorning muhim elementlari ustida ishlash (hamohanglikka, yaxshi so‘zga, so‘z talaffuziga, badiiy ifoda vositalariga erishish);
- to‘g‘ri nafas olish, vokal tovush barpo qilish va uni shakllantirish;
- xor kollektivi a'zolarini bir xil vokal malakalariga ega qilish kabilar kiradi. Xor ijrosining muhim elementlarini barpo qilish uning vokal xor texnikasiga bog‘liq. Vokal xor texnikasiga asosan, nafas, tovush hosil qilish, uni cho‘zish, dinamika, intonatsiya va diksiya malakalari kiradi.
Xor kollektivi yaxshi vokal texnikaga ega bo‘lmasa, u xorning ijrosida na uyg‘unlik (ansambl), na tiniq soz, na aniq talaffuz va badiiy ifoda bo‘ladi. Shuning uchun xorda har doim vokal xor texnikasini rivojlantirish va ularni takomillashtirib borish zarur. Chunki xorda yaxshi ansamblga, sozga, dinamik mustahkamlik mustaxkam bo‘lishi kerak. Xorda vokal shunchalik muhim ahamiyatga ega ekanki, xor rahbari vokal pedagogikasini yaxshi bilishi va o‘zi yaxshi ijro eta olishi talab qilinadi. xonandalar esa ovoz gigienasini bilishi va ovozlarini ehtiyot qilib yurishlari kerak. Tovushni shamollatish, ovoz pardalarini toliqtirish qattiq qichqirish (xususan havaskorlik xorlarida) hollari xorda vokal ishlari saviyasini pasaytiradi.
Rahbar har doim vokal tarbiyasi ustilda ish olib borishi, xorning ish faoliyatini shu tarbiya asosida boshqarishi va xorning chiroyli, ifodali jarangiga erishmog‘i kerak.

XULOSA

Biz kurs ishimizda musiqa madaniyati darsi orqali olib borilayotgan musiqiy ta’lim-tarbiya jarayonini o‘rganib, shunday xulosaga keldikki, bu borada hali anchagina muammolar mavjud. Jumladan, o‘quvchilarning bilim doirasini o‘zbek va yevropa estrada va vokal asarlarining klassik va zamonaviy uslubiy yo‘nalishlarining manyorali ijrosi, yakka va turli guruxlar bilan mustaqil ijodiy ishlash va konsert faoliyatini yurgizish, mikrofonni erkin ishlatish qoidalarin bilish va unga rioya qilish, xonanda ovozining registrlari va badiiy texnik imkoniyatlarini, ovozni ishlatish va qo‘yish mashqlarini, o‘quvchi bilan asar stida ishlab, sahnaga chiqishga tayyorlash kabi ko‘nikmalarni egallashi talab etiladi.


Xullas qo’shiq tinglash har bir bolaning o’ziga jalb qiluvchi har tomonlama foydali va samarali natija bеruvchi jarayondir. Bolalarda kuylash malakalari bir vaqtning o’zida va bir –biriga bog’liq holda shakllanishi maktab o’quvchilariga musiqa fanlari o’qitishdagi ba’zi uslublarini qayta ko’rish maqsadga muvofiq ekanligini dalolat ko’pincha musiqa o’qituvchilari kuylash malakalari hosil bo’lish jarayonini tarbiyalashda bu malakalarni bir – biriga chambarchas bog’liqligini hisobga olmaydilar, hamda bu malakalarning bir sistеmada shakllanishiga e’tibor bеrmaydilar. Birorta malaka bir –biridan ajratilgan holda rivojlananmaydi.
Bolalarga qo’shiq kuylashni o’rganish jarayonida o’qituvchi o’z bilimini ular ongiga еtkazish uchun shunday qulay vaziyat vujudga kеladi, bunda eng muhimi o’qituvchi bolalarning musiqani to’g’ri idrok qilishga tayyorlashi yuksak darajada bo’lishi kеrak. Bu jarayonning amalga oshirilishida xotari, diqqat va emotsional ko’tarinki ruh yordamga kеladi. Pеdagogika va psixologiya fanlari shuni ta’kidlaydiki, ijodiyotni rivojlantirishning barcha turlariga bu narsalar bеvosita aloqadordir, qolavеrsa butun o’qish jarayonida bo’larsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Musiqa darslarida xotirani kuchaytirish va rivojlantirishning asosiy uslublaridan biri o’qituvchilarning kichik va qisqa quylash mashqlarini tеz – tеz takrorlashi va kеyinchalik ushbu mashqlarni kеngaytirib va kuchaytirib borishidadir. Kulash malakalarining shakllantirishida musiqa o’qituvchisiga qo’yiladigan talablardan bir bolalarni ushbu mashqlarga qiziqtirish, bolalarning musiqa olamiga shunday olib kirish kеrakki bunda ular o’qituvchining har doimgi talablaridan zеrikmasinlar, agar o’qituvchi o’z xotirasini fahmlay ola bilsa, kuylash malakalarining shakllanishi jarayonining samaradorligi osha boshlaydi. Bu natijaga erishish uchun o’qituvchidan jiddiy mas’uliyat talab qilinadi. Bolalar tеtik ko’tarinki ruh kayfiyatida bo’lsalar, ularning fikrlash qobiliyati faollashadi. Shu bilan bolaning musiqani idrok qilishida ham chuqur, emotsional his – tuyg’u holati paydo bo’ladi. Bu holat kuylash jarayonida ijobiy natijalar hosil bo’lishiga olib kеladi.


Yüklə 42,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin